Davlatova Sayyora Toshpulatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish strategiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8636.
Ilmiy rahbar: Imanov Baxtiyor Berdievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzakovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xolmurodov Maxmatkarim Pattaevich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyati tuzilmasi ekologik madaniyatning axloqiy-ekologik, onglilik, mas’uliyatlilik, irodaviylik kabi komponentlari mazmuniga fanlararo aloqadorlik tamoyillarini tasvir vositalari umumiyligi asosida  singdirish orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda fanlararo aloqadorlik  strategiyasi ilmiy bilishning metodologik va epistemik turlariga ekologik xavfsizlikning kognitiv, akmeologik, aksiologik omillari ta’sirini integrativ determinatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlikda talabalarning ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli ekopedagogik yondashuvga muvofiq ekologik xavfsizlik madaniyatinining motivatsiyali, kognitiv, amaliy-faoliyatli, kreativ-refleksiv komponentlarini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga doir mashg‘ulotlar mazmuni Blum kubigi, SCAMPER, brainstorming, fikrlashning oltita shlyuzlari kabi metodlardan fanlararo aloqadorlik tamoyillariga muvofiq foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyati tuzilmasi ekologik madaniyatning axloqiy-ekologik, onglilik, mas’uliyatlilik, irodaviylik kabi komponentlari mazmuniga fanlararo aloqadorlik tamoyillarini tasvir vositalari umumiyligi asosida  singdirish orqali aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019–2022–yillarda bajarilgan 574099–EPP–1–2019–1–IT–EPPKA2–CBHE–SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-noyabrdagi 02/01-01-154-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik ta’lim- tarbiyaning integratsiyalashgan innovatsion tizimini yaratishga xizmat qilgan;
talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda fanlararo aloqadorlik  strategiyasi ilmiy bilishning metodologik va epistemik turlariga ekologik xavfsizlikning kognitiv, akmeologik, aksiologik omillari ta’sirini integrativ determinatsiyalash orqali takomillashtirilganligiga oid  tavsiyalaridan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida            2019–2022–yillarda bajarilgan 574099–EPP–1–2019–1–IT–EPPKA2–CBHE–SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-noyabrdagi 02/01-01-154-son ma’lumotnomasi).  Natijada, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”  fanini o‘qitish samaradorligi hamda o‘qituvchilarning tayyorgarligi metodik jihatdan takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlikda talabalarning ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli ekopedagogik yondashuvga muvofiq ekologik xavfsizlik madaniyatinining motivatsiyali, kognitiv, amaliy-faoliyatli, kreativ-refleksiv komponentlarini tatbiq etish orqali takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019–2022–yillarda bajarilgan 574099–EPP–1–2019–1–IT–EPPKA2–CBHE–SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-noyabrdagi 02/01-01-154-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda olamning yaxlit tabiiy-ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlar shakllantirilgan hamda ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga doir mashg‘ulotlar mazmuni Blum kubigi, SCAMPER, brainstorming, fikrlashning oltita shlyuzlari kabi metodlardan fanlararo aloqadorlik tamoyillariga muvofiq foydalanish asosida takomillashtirilganligiga oid  tavsiyalaridan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2019–2022–yillarda bajarilgan 574099–EPP–1–2019–1–IT–EPPKA2–CBHE–SP raqamli PAWER – “Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 8-noyabrdagi 02/01-01-154-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda atrof-muhitga bo‘lgan shaxsiy mas’uliyatini oshirish, ekologik qonunchilikka og‘ishmay rioya qilish ruhida tarbiyalash samaradorligi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish