Sultanov Sardorbek Azadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda portal gipertenziya xirurgiyasida splenosuprarenal anastomoz», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib515.
Ilmiy rahbar: Devyatov Andrey Vasil`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Maxmud Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.M.Kirov nomli harbiy-tibbiyot akademiyasi oliy ta’lim federal davlat byudjet harbiy ta’lim muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: portal gipertenziya bilan bemorlarda ikkilamchi venalar qo‘llanilgan markaziy parsial splenorenal shuntlash natijalarini yaxshilash maqsadida portokaval havza qon tomirlari variantli anatomiyasi va gistostrukturasi xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taloq va chap buyrak venalari variantli angioarxitektonikasining xususiyatlari o‘rganilgan hamda PSShni rejalashtirishda ikkilamchi vena tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlangan;
SSRA darvoza vena tizimining adekvat parsial dekompressiyasini ta’minlashi, QOVKVning regressiga olib kelishi va shuntlashdan keyingi maxsus asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishi isbotlangan;
portal havzasi qon tomirlari va chap buyrak venasi gistostrukturasining morfometrik xususiyatlari tadqiq etilgan va ularning avj olayotgan PG sharoitida o‘zgarishlari aniqlangan;
tabiiy kollateral portokaval anastomozlarning yuqori kompensator funksional faolligi hisobiga darvoza venasi bilan bog‘liq boshqa vena tizimlarida, xususan, chap buyrak venasi tizimida, gemodinamik yuklama kuchayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
JS bilan bemorlarga yuqori texnologiyali xirurgik yordam ko‘rsatishni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Portal gipertenziya bilan bemorlarda taloq va chap buyrak venalari havzalari qon tomirlarining angioarxitektonika xususiyatlariga bog‘liq holda portosistem shuntlashning N-simon turini tanlashni optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/188-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarga binoan PGli JS bilan bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirish, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va QOVKVdan qon ketish residivi xavfini kamaytirish hamda yashab qolish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
PGli JS bilan bemorlar diagnostikasi va davolash sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/188-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning olingan natijalari PGli JS bilan bemorlar diagnostikasi sifatini yaxshilash, QOVKVdan qon ketish residivlari xavfini 4,5%dan 0,8%gacha, anastomoz trombozlarini 17%dan 11,5%gacha hamda kasalxonadagi o‘lim ko‘rsatkichini 7,6%dan 0,8%gacha pasaytirish imkonini bergan.