Sirojitdinov Abdulxamid Alimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indilarining taqsimotlari uchun ba’zi limit teoremalar», 01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.4.PhD/FM795.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Formanov Shakir Kasimovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Rasmiy opponentlar: fizika-matematika fanlari doktori, professor Xamdamov Isakjon Mamasolievich (O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti); fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Mamurov Igamnazar Narbaevich (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indisining taqsimoti va standart normal taqsimot orasidagi farqni baholash uchun Lindeberg va Rotar sonli xarakteristikalarining aniq bahosini qurish va tartibli moment mavjud bo‘lganda Berri-Esseen tengsizligini analogini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig'indisi uchun Lindeberg-Feller tipidagi markaziy limit teorema isbotlangan;
moment shartlari mavjud bo‘lmagandagi Feller teoremasi uchun markaziy limit teoremada yaqinlashish tezligi bahosi olingan;
bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar seriyasi uchun markaziy limit teorema o‘rinli bo‘lishi uchun hech qanday parametrga bog‘liq bo‘lmagan umumlashgan Rotar sonli xarakteristikasi keltirilgan;
bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun olingan asimptotik baholarni bog‘liqsiz tasodifiy vektorlar yig‘indisi uchun umumlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishda amaliyotga joriy qilingan:
Markaziy limit teoramada olingan yaqinlashish tezligidan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan “Oʻlchovli funksiyalar sinfida indekslangan integral empirik prosesslarning asimptotik xossalarini tadqiq etish” mavzusidagi №OT-F4-40-sonli loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, 2024-yil 27-iyuldagi 04/11-5900-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Indekslangan integral emperik jarayonlarning siljimagan va asosliligini isbotlash imkonini bergan;
Lindeberg-Feller tipidagi MLTini isbotlash metodidan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan “Ikkinchi va yuqori tartibli aralash tipdagi tenglamalar uchun toʻgʻri va teskari masalalarning tadqiqi” mavzusidagi №OT-F4-88-sonli loyihada aralash tipdagi tenglamalar uchun lokal va nolokal chegaraviy masalalarni yechishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, 2024-yil 26-iyuldagi 2/296-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijaning qo‘llanilishi ikkinchi tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun lokal va nolokal chegaraviy masalalarining echimi yagona ekanligini isbotlash imkonini bergan.