Kamishov Sergey Viktorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘yni va tuxumdonlar saratonini kompleks davolashda ekstrakorporal immunofarmakoterapiya», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib201.
Ilmiy maslahatchi: Tillyashayxov Mizargoleb Nigmatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Grisay Anatoliy Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Gofur-Oxunov Mirza Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxanova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekstrakorporal immunofarmakoterapiya usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish yo‘li bilan II–III bosqichdagi bachadon bo‘yinchasi va tuxumdon saratoni bilan bemorlarni kompleks davolash samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon bo‘yinchasi va tuxumdon saratonida o‘sma jarayonining endogen ko‘rinishlarining og‘irlik darajasini baholash uchun insonning qon zardobida aylanib yurgan immun komplekslarni aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
o‘smaning hajmi, differensiallashish darajasi va proliferativ faolligi, p53, VEGF va Ki-67 markerlari ekspressiyasi darajasini hisobga olgan holda bachadon bo‘yinchasi va tuxumdon saratoni bilan bemorlarda ekstrakorporal immunofarmakoterapiya o‘tkazish xususiyatlari aniqlangan;
bachadon bo‘yinchasi va tuxumdon saratonida immunologik siljishlar xususiyatlari o‘rganilib, T-xelperlar/induktorlar sonining kamayishi va T-sitotoksik va aktivatsion limfotsitlarning hamda IgG, IgA va aylanib yurgan immun komplekslarning zardobdagi konsentratsiyasining ortishi hisobiga immunoregulyator indeks susayishi aniqlangan;
ekstrakorporal immunofarmakoterapiyani immunotrop dori vositalari bilan birga qo‘llash T-hujayralarni faollashtirishga va immunitetning asosiy gumoral omillarini me’yorlashtirishga ijobiy ta’sir qilishi isbotlangan;
II–III bosqichli bachadon bo‘yinchasi va tuxumdon saratoni bilan bemorlarda gemopoez, immun tizim va hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashuvchi kombinatsiyalashgan o‘smaga qarshi terapiyaning eng samarali usullari aniqlangan;
toksiklik darajasi, fizik holat (ECOG) va hayot sifati (SF-36) ko‘rsatkichlarini aniqlab, immunostimulyasiya bilan birga o‘smaga qarshi davoga kompleks yondashuv fonida kimyoterapevtik ta’sir xususiyatlari aniqlashtirilgan;
bachadon bo‘yinchasi va tuxumdon saratoni bilan bemorlar besh yillik yashab qolish ko‘rsatkichlarining onkomarkerlar darajasi (p53, VEGF va Ki-67) va o‘smaning proliferativ faolligi bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan, ularning yuqori darajasi esa hamroh ekstrakorporal immunoterapiya o‘tkazish uchun asos bo‘lishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
BBS va TS bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Odam qoni zardobida aylanib yurgan immun komplekslarni aniqlash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 20180218-son patent, 2018 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash BBS va TS bilan ayollar immun tizimi holatini baholash va korreksiyalovchi davo taktikasini tanlash borasida tashxislash sifatini yaxshilash imkonini bergan;
«Bachadon bo‘yinchasi va tuxumdonlar saratoni bilan bemor ayollarda hamroh ekstrakorpral immunofarmakoterapiya usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 iyuldagi 8n-r/181-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar BBS va TS bilan bemorlarda tashxislash dasturini optimallashtirish, bemorlarning eng murakkab guruhlarini aniqlash va kompleks davolash taktikasini tanlashning ob’ektiv mezonlarini aniqlash imkonini bergan;
bachadon bo‘yinchasi va tuxumdon saratoni bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining autogemoterapiya va kimyoterapiya bo‘limlari, markazning Samarqand va Jizzax filiallari amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 8n-d/163-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tadqiqot natijalari asosida BBS va TS bilan bemorlarga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish miqyosi sezilarli kengaytirilgan, davolash sifati va ijobiy natijalar chastotasini yaxshilash, kimyoterapiya ta’siridan keyin III va IV darajali toksiklik belgilarini bartaraf etish hamda umumiy besh yillik yashab qolish ko‘rsatkichini 58,7%dan 69,3%gacha oshirish imkonini bergan.