Nizamov Xushnud Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigon fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan fallo tetradasing patologik anatomiyasi va molekulyar genetik jihatlari”, 14.00.15 - Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD/Tib4299.
Ilmiy raxbar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samrqand davlat tibbiyot unversteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Reyimnazarova Gulsara Jamalovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan Fallo tetradasini gistokimyoviy jixatlarini o‘rganish va davolash taktikasi uchun algoritm ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor fallo tetradasining patologik anatomiyasi va morfologik, gistologik, gistokimyoviy, morfometrik va statistik tahlil usullar yordamida olingan ma’lumotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Fallo tetradasida morfologik jixatdan, o‘tkir yurakka aloqador o‘limga olib keluvchi xolatlarda, bo‘lmacha va qorinchalar markazi o‘qidan o‘tgan Giss tutami yo‘llarining etishmaganligi oqibatida yuzaga kelish sabablari aniqlangan; 
Fallo tetradasida bo‘lmacha va qorinchalar markazidan o‘tuvchi Giss tutami yo‘llari tarmoqlarining bo‘kishi asosan o‘ng tomonda 2,5 barobarga oshganligi va tipik kardiomiotsitlarning shu soxada 1,5-2,5 barobarga kattalashganligi aniqlangan;  
ilk bor Fallo tetradasida asosan kumush  impregnatsiyasi orqali o‘tkazuvchi yo‘llar Giss tutami va Purkin`e tolalarida rivojlanish displaziyasi mavjudligi isbotlandi va kasallikni erta tashxislash mumkinligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalari Fallo tetradasining patologik anatomiyasi va morfologik, gistologik, gistokimyoviy, morfometrik va statistik tahlil usullar yordamida olingan ma’lumotlarga asoslanib, uslubiy tavsiyalar nashr etildi. «Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar fallo tetradasini patomorfologik va gistokimyoviy usulda baholash» uslubiy tavsiyalari amaliy sog‘liqni saqlash va o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.10.2024 yildagi 7-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi bilan tasdiqlangan), (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2024-yil 7-maydagi №100-son xulosasi bilan tasdiqlangan).
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Fallo tetradasi mavjud bemorlarda klinik anamnestik taxlil bo‘yicha o‘rganilgan ma’lumotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologoanatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.10.2024 yildagi 7-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Fallo tetradasi mavjud bemorlarda klinik-anamnestik tahlil asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar yordamida patologiyani erta aniqlash va samarali davolash imkoniyati orqali bemorlarda nafas etishmasligi va yurak-qon tomir asoratlarini kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish va ularning hayot sifati hamda umr ko‘rish davomiyligini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Yangi diagnostik usulni amaliyotga joriy etilganda xarajatlar 750000 dan 1200000 so‘mgacha kamayadi. Xulosa: Fallo tetradasi mavjud bemorlarda klinik anamnestik taxlil bo‘yicha olingan ma’lumotlar kasallikni to‘g‘ri va o‘z vaqtida davolashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. «Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar fallo tetradasini patomorfologik va gistokimyoviy usulda baholash» mavzusida olingan natijalar Respublika patologo-anatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Fallo tetradasida morfologik jixatdan, o‘tkir yurakga aloqador o‘limga olib keluvchi xolatlarda, bo‘lmacha va qorinchalar markazi o‘qidan o‘tgan Giss tutami yo‘llarining etishmaganligi sababli yuzaga kelishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologoanatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.10.2024 yildagi 7-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. ilmiy yangilik yordamida o‘tkir yurak asoratlari xavfini pasaytirish, yurak ish faoliyatini yaxshilash, profilaktika va reabilitatsiya strategiyalarini takomillashtirish shuningdek, bemorlarning hayot sifati va umr davomiyligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Yangi diagnostik usulni amaliyotga joriy etish orqali 750.000 so‘m xarajatlar iqtisod qilinadi. Xulosa: Fallo tetradasida morfologik jixatdan, o‘tkir yurakga aloqador o‘limga olib keluvchi xolatlarda, bo‘lmacha va qorinchalar markazi o‘qidan o‘tgan Giss tutami yo‘llarining etishmaganligini o‘z vaqtida aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. «Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar fallo tetradasini patomorfologik va gistokimyoviy usulda baholash» mavzusida olingan natijalar Respublika patologoanatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor Fallo tetradasida bo‘lmacha va qorinchalar markazidan o‘tuvchi Giss tutami yo‘llari tarmoqlarining bo‘kishi asosan o‘ng tomonda oshganligi va tipik kardiomiotsitlarning shu soxada kattalashganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologoanatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.10.2024 yildagi 7-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Fallo tetradasida morfologik jihatdan o‘tkir yurakga aloqador o‘lim holatlarining asosiy sababi bo‘lgan bo‘lmacha va qorinchalar markazi o‘qidan o‘tgan Giss tutami yo‘llarining etishmasligi haqidagi ma’lumotlar profilaktik tadbirlar samaradorligini yaxshilab, o‘tkir yurak asoratlarini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifati va davolanish natijalarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Yangi diagnostik usulni amaliyotga joriy etilganda xarajatlar miqdori 750000 dan 1200000 so‘mgacha kamayadi. Xulosa: Fallo tetradasi mavjud bemorlarda morfologik, gistologik, gistokimyoviy, morfometrik, taxlil bo‘yicha olingan ma’lumotlar kasallikni to‘g‘ri va o‘z vaqtida davolashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. «Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar fallo tetradasini patomorfologik va gistokimyoviy usulda baholash» mavzusida olingan natijalar Respublika patologoanatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor Fallo tetradasida asosan kumush  impregnatsiyasi orqali o‘tkazuvchi yo‘llar Giss tutami va Purkin`e tolalarida rivojlanish displaziyasi mavjudligi isbotlandi va kasallikni erta tashxislash mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologoanatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.10.2024 yildagi 7-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Ilmiy yangilikning qo‘llanilishi yordamida yurak nuqsonlarini tug‘ilishdan oldin aniqlash orqali jarrohlik davolash samaradorligini oshirishga, shuningdek, bu texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishi tug‘ma nuqsonlarga bog‘liq bolalar o‘limini kamaytirish, ayollar salomatligini yaxshilash va jamiyatda tibbiy xavfini pasaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Yangi diagnostik usulni amaliyotga joriy etish orqali 750000 so‘m xarajat tejaladi. Xulosa: Fallo tetradasida biopsiya materialini kumush  impregnatsiyasi orqali o‘tkazuvchi yo‘llar Giss tutami va Purkin`e tolalarida rivojlanish displaziyasi mavjudligi isbotlandi va kasallikni erta tashxislash mumkinligi isbotlangan. 
 Fallo tetradasi rivojlanishidagi ahamiyati o‘rganildi. Ilmiy yangilikdan keng foydalanish. «Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar fallo tetradasini patomorfologik va gistokimyoviy usulda baholash» mavzusida olingan natijalar Respublika patologoanatomik markaz va Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi amaliyotiga joriy etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish