Asqarov Ixtiyor Baxtiyorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasi”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped256.

Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Xalilova Shaxnoza Turg‘inovna, pedagogika fanlari doktori; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadibo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kasb ta’limi yo‘nalishlarida tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish algoritmining izlanish, yo‘naltirish, tizimlilik, texnologik va umumlashtirish kabi tuzilmaviy xususiyatlarini innovatsionlik tamoyili asosida differensiallash orqali talabalarning kasbiy pedagogik faoliyati komponentlari tashkiliy funksiyalari takomillashtirilgan;

 kibernetik, ehtimoliy va modellashtirish kabi texnik yondashuvlar asosida talabalarning integrativlik va raqobatdoshlilik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ijodiy-yaratuvchanlik hamda tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash bosqichlari (motivatsion-yo‘naltirish, tahliliy-prognostik, kasbiy-izlanish, refleksiv-baholash) mazmuni ishlab chiqilgan;

tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashda talabalarning maqsadli, mazmunli va faoliyatli amaliy ko‘nikmalarini blok-modulli yondashuv asosida o‘quv-metodik ta’minoti va umumkasbiy fanlarini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;

kompleks pedagogik tajribalar va ijodiy kasbiy topshiriqlarni kompyuterli modellashtirish asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari (reproduktiv, variativ, qisman-izlanuvchi va izlanuvchi-kreativ) optimallashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Zamonaviy ta’lim sharoitida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarini tadqiqotchilik faoliyatga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:

bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilari tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish algoritmi tuzilmasi komponentlari, faoliyat xususiyatlari, tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash bosqichlari, o‘qitishning jamoaviy usullari, didaktik imkoniyatlaridan foydalanishga oid takliflardan kasb ta’limi ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 sentyabrdagi 89-03-3321-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar oliy ta’lim muassasalari kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini yagona yondashuv asosida tashkil etish, talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlik darajasi mezonlari, murakkab pedagogik tajribalar va kasbiy topshiriqlarni kompyuterli modellashtirish, integrativlik, raqobatdoshlilik, majmuaviylik, tizimlilik va mantiqiylik tamoyillariga oid takliflardan “Talabalarni tadqiqotchilik faoliyatga tayyorlash metodikasi” maxsus kursini ishlab chiqishda va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy qilishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 sentyabrdagi 89-03-3321-son ma’lumotnomasi). Mazkur maxsus kurs oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda, ularda shaxsiy va kasbiy muhim sifatlarini rivojlantirishga va tadqiqotchilik, texnologik va kreativ kompetensiyalarini shakllantirishga imkon bergan;

o‘qitishning blok-modulli yondashuvi, o‘quv materiallari va ijodiy-intelllektual topshiriqlar hamda hisob-grafik ishlarini bajarishga va umumkasbiy fanlarini o‘qitishda talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash kompetensiyalarini shakllantirishga mo‘ljallangan “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tadqiqotchilik faoliyatga tayyorlash metodikasi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi hamda o‘quv uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 sentyabrdagi 89-03-3321-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv uslubiy ta’minot kasb ta’limi yo‘nalishlari talabalarini ijodiy kasbiy topshiriqlarni kompyuterli modellashtirish asosida tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash jarayonida foydalanish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish