Suyarov Nurbek Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda “paxta ishi” qatag‘oni siyosati va uning oqibatlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1684.
Ilmiy rahbar: To‘raeva Matluba Xoliqulovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Otamurodovich tarix fanlari doktori, professor, Yunusova Xurshida Erkinovna tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan “Paxta ishi” qatag‘on siyosati va uning oqibatlarini Qashqadaryo viloyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Paxta ishi” qatag‘oni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati eng ko‘p jabr chekkan hududlardan biri bo‘lganligi, rahbar xodimlarni tergovga tortish jarayonida ayblanuvchilarga nisbatan g‘ayriqonuniy usullarning qo‘llanganligi hamda g‘ayritabiiy tergov vositalari bilan (tan jarohati etkazish, ayoli, qizlari, yaqinlari orqali qo‘rqitish, bir necha kun suvsiz va och qoldirish, yashash og‘ir bo‘lgan xona va erto‘lalarda saqlash, yolg‘on ko‘rsatma berishga majburlash va hokazo) majburiy ravishda ayblash holatlarining bo‘lganligi dalillar asosida isbotlangan.
Qatag‘on siyosatini amalga tatbiq etish jarayonida viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlariga asosiy e’tibor qaratilganligi, kolxoz, sovxoz rahbarlaridan tortib, mazkur jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkilotlar rahbarlari hatto oddiy ishchilarning soxta ayblovlar asosida jinoiy javobgarlikka tortilganligi, mol-mulklarining musodara etilganligi, boquvchisiz qolib ketgan oilalarning nochor turmush kechirishi, ma’naviy tazyiq va azoblarga duchor qilinishi jarayonlari ilmiy jihatdan isbotlangan.
Paxta yakkahokimligi siyosatining ta’lim tizimiga ta’siri, o‘rta maxsus, oliy o‘quv yurtlari hattoki maktab o‘quvchilarining paxta yig‘im-terim ishlariga jalb qilinganligi, paxta qo‘shib yozish bilan bog‘liq holatlarda o‘qituvchilarning nohaq ayblanishi, turli sohalarda mehnat qilayotgan ayollarning “Paxta ishi” qatag‘oni bo‘yicha tergov jarayonlariga jalb etilganligi, ularning jinoiy javobgarlikka tortilishi holatlari aniq misollar asosida tavsiflangan;
XX asrning 80-yillari oxirida “Paxta ishi” asosan bo‘htondan iborat uydirma bo‘lganligi, tergov guruhlarining noqonuniy harakatlariga nisbatan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining “Paxta ishi” bo‘yicha komissiyasining faoliyat yuritishi bilan nohaq ayblangan qashqadaryolik qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilinishi va ularning keyingi taqdirlari haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda “Paxta ishi” qatag‘oni siyosati va uning oqibatlari (Qashqadaryo viloyati misolida) mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
“Paxta ishi” qatag‘oni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati eng ko‘p jabr chekkan hududlardan biri bo‘lganligi, rahbar xodimlarni tergovga tortish jarayonida ayblanuvchilarga nisbatan g‘ayriqonuniy usullarning qo‘llanganligi hamda g‘ayritabiiy tergov vositalari bilan majburiy ravishda ayblash holatlarining sodir etilganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars ko‘rsatuva” ssenariysini shakllantirish va ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 23-maydagi 06-48-994-sonli maʼlumotnomasi). Natijada SSSR Prokuraturasi tergov guruhining XX asrning 80-yillarida Qashqadaryo viloyatida “Paxta ishi” kompaniyasi davrida olib borgan noqonuniy faoliyati va uning fojeaviy oqibatlari haqida teletomoshabinlarga to‘laroq ma’lumot olish imkonini berdi.
Qatag‘on siyosatini amalga tatbiq etish jarayonida viloyat qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlariga asosiy e’tibor qaratilganligi, kolxoz, sovxoz rahbarlaridan tortib, mazkur jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkilotlar rahbarlari hatto oddiy ishchilarning soxta ayblovlar asosida jinoiy javobgarlikka tortilganligi, mol-mulklarining musodara etilganligi bo‘yicha og‘zaki tarix uslublari asosida suhbatlar amalga oshirilganligi, suratlar, video yoki audio yozuvlarning to‘planganligi, ularning keying taqdirlari, davrning fojiali asoratlari haqidagi ma’lumotlardan Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi eksponatlarini boyitishda xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining 2023 yil 1 iyundagi №144 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi, jamoatchilik ongida “Paxta ishi” tufayli qatag‘on qilinib, nohaq jabr chekkan insonlarning keyingi taqdiri, uning fojiali asoratlari haqidagi qarashlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Paxta yakkahokimligi siyosatining ta’lim tizimiga ta’siri, o‘rta maxsus, oliy o‘quv yurtlari, hattoki maktab o‘quvchilarining paxta-yig‘im terim ishlariga jalb qilinganligi, ta’lim sohasidagi ziyolilarning va shuningdek, turli sohalarda mehnat qilayotgan ayollarning, “paxta ishi” doirasida tergov jarayonlariga tortilganligi, ularning jinoiy javobgarlikka tortilishi holatlariga oid ekanligi dalillangan yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirish va ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 23-maydagi 06-48-994-sonli maʼlumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv faktik maʼlumotlarga boy bo‘lib, teletomoshabinlarning viloyatning “Paxta ishi” qatag‘onligi bilan bogʻliq tarixini shuqurroq tushunishlariga imkon bergan.
XX asrning 80-yillari oxirida sovet hokimiyatining O‘zbekistonda olib borgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati oqibatlari, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” qatag‘onligining Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilishi jarayonlari uning oqibatlari, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining “paxta ishi” bo‘yicha komissiyasining faoliyat yuritishi bilan nohaq ayblangan qashqadaryolik qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilinishi va ularning keyingi taqdirlari haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” ko‘rsatuvining senariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 27 maydagi №06-28-671 sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga XX asrning 80-yillarida Qashqadaryo viloyatida “Paxta ishi” qatag‘onligining amalga oshirilishi jarayonlari uning salbiy oqibatlari va o‘ziga xos jihatlari xususida kengroq ma’lumot olish imkonini yaratdi.