Eshtemirov Jasurbek Suyunkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «XX–XXI asr boshlarida Qarshi shahar madaniyati», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar105.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:XX–XXI asr boshida Qarshi shahrining madaniy hayoti tarixini, shahar tarixida ushbu davrning tutgan o‘rni, xususiyati va o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligi davrida Qarshi shahri madrasalarining funksiyalari va faoliyati mexanizmi, shuningdek, talabalarning moddiy ta’minoti, ta’lim usuli va dasturlarini o‘zlashtirishga yondashuv, madrasalarda o‘qitiladigan fan bloklari hamda shaharning taniqli mudarrislari aniqlangan;
xalq amaliy san’ati vakillari sulolalari (kulollar, kashtado‘zlar, gilamchilar, zargarlar, kandakorlar), ularning san’at buyumlarini yasash usullari, Buxoro amirligi, sovet davri va mustaqillik davrlaridagi faoliyati ochib berilgan;
sovet davrida “madaniy inqilob” va “yagona sovet madaniyati” siyosati natijasida shaharda ta’lim, madaniy-ma’rifiy sohalarda rus madaniyatining ustuvor xarakterga ega bo‘lganligi aniqlangan;
Shahar aglomeratsiyasi va urbanizatsiya jarayonlari, o‘troq voha va chorvador dasht an’analarining shahar madaniy hayotiga ta’siri aniqlangan;
Qarshi shahar madaniy hayotida mustaqillik yillaridagi transformatsiya jarayoni ta’sirida sodir bo‘lgan ijtimoiy adaptatsiyaning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri qiyinchiliklari bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qarshi shahrining XX–XXI asr boshlaridagi madaniyati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
shaharsozlik sohasida hududlarni madaniy rivojlantirishning davlat dasturlari tadbirlari tavsifi, shahar ta’lim tizimi misolida O‘zbekistonda ta’limdagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’lim sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni ta’rifi, globallashuv sharoitida shahar madaniyati yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishda asosiy omillardan biri sifatidagi talqini, mustaqillik sharoitida shaharsozlik va me’morchilik san’atining rivojlanishida shahar madaniyatining yuksalishiga oid natijalaridan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 12 oktyabrdagi FTA-02-11/865-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekistonning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shakllanish sharoitida shaharsozlikni, madaniyatini rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirishga, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligini ta’minlashda xizmat qilgan;
Qarshi shahridagi madrasa va masjidlar qurilishiga oid tarixiy ma’lumotlar tavsifi, Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyiga doir, mustaqillik yillarida Qarshi me’moriy qiyofasidagi o‘zgarishlar tavsifi, shaharning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni kabi xulosalardan Qashqadaryo viloyat o‘lkani o‘rganish muzeyining “Qarshi shahar me’moriy yodgorliklari”, “Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyini nishonlash yuzasidan YuNESKO tadbirlari”, “Qarshi mustaqillik yillarida” mavzuidagi ekspozisiyalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 27 martdagi 01-11-08-2038-son ma’lumotnomasi). Bu Qarshi shahrining XX asrdagi tarixi, xususan, an’anaviy maktablari, shahar qal’asi, uning devorlari va darvozalari, Qashqadaryo ko‘prigi, hozirgi zamon sharoitida shahardagi o‘zgarishlarni tasvirlashda muzey fondlari materiallari hal qiluvchi tarixiy manbalardan biri ekanligini asoslab berishga xizmat qilgan.