Hamroeva Orzigul Jalolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr boshlari o‘zbek matnshunosligi taraqqiyotida Fitrat majmualarining o‘rni», 10.00.10–Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil167.
Ilmiy rahbar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filolgiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Rahmonov Nasimxon Asqarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr boshlari o‘zbek matnshunosligi va manbashunosligida Fitratning matnshunos va manbashunos sifatidagi mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Fitratning «O‘zbek adabiyoti namunalari» majmuasiga kiritilgan mumtoz adabiyot namunalarining manbalari aniqlanib, olimning manba tanlash va matn ustida ishlash tamoyillari ochib berilgan;
Fitrat e’lon qilgan toshbitiklar matni mavjud nashrlarga qiyoslangan holda ularning erkin nasriy bayon ekanligi, «Chistoni(y) elig begining hikoyasi» asari Fitrat tomonidan ilmga taqdim qilingani asoslangan;
«Eng eski turk adabiyoti namunalari» majmuasini tadqiq qilish orqali Fitratning «Devonu lug‘otit turk» asari asosida «fihrist – lug‘at» tuzgani aniqlangan;
«O‘zbek adabiyoti namunalari» majmuasida muallifi ko‘rsatilmagan «Miftoh ul-adl» asarining Xojaga tegishli ekani, qo‘lyozma nusxalaridan birini Fitrat fanga taqdim qilgani isbotlangan;
«O‘zbek adabiyoti namunalari»dagi Alisher Navoiy va Bobur asarlaridan olingan namunalar ilmiy-tanqidiy matnlar bilan qiyosiy o‘rganilgan holda ularning manbasi aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fitratning «Eng eski turk adabiyoti namunalari» va «O‘zbek adabiyoti namunalari» majmualarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abdurauf Fitrat ijodiy faoliyati va adabiy qarashlaridan, dissertatsiyaning «Temuriylar davri adabiyoti namunalarining majmuada aks etishi», «Navoiydan keyingi davr adabiyotining matniy tadqiqi» kabi ilmiy xulosalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2007–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-151 raqamli «Adabiyot ensiklopediyasi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3384-son ma’lumotnomasi). Natijada «Adabiyot ensklopediyasi» fundamental loyihasining 1-jildidagi mavzuga oid materiallar majmualarning yuzaga kelish ehtiyoji tadqiqi asosida boyitilgan;
«Alpomish» va «Qo‘rqud ota kitobi» dostonlarining qo‘lyozma va mavjud nusxalariga oid faktik materiallardan, «Alpomish» dostoni matni «O‘zbek adabiyoti namunalari» majmuasida keltirilgan matnga doir ilmiy xulosalardan 1922 yil hamda 1928 yilda yozib olingan variantlarining qiyosan tadqiqi keltirilgan ma’lumotlardan FA–A1–G031 raqamli «O‘zbek fol`klorshunosligi tarixi» ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 3/1255-2599-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar tatbig‘i dostonlarning qo‘lyozma, toshbosma va mavjud nashrlarining qiyosiy tekstologik tadqiqot qonuniyatlarini oydinlashtirishga xizmat qilgan;
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari, Atoiy, Lutfiy, Husayniy lirik merosi, manbalari, matniy tafovutlar, matn va mazmuni mutanosibligi kabi masalalarga oid ilmiy xulosalardan «Madaniyat va ma’rifat» telekanalining «Bugunning gapi», «Bir bayt sharhi», «Odoblar xazinasi» kabi ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 24 sentyabrdagi 01-16/444-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.