Xamroeva Shahlo Mirdjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari)

Dissertatsiya  mavzusi  ro‘yxatga  olingan  raqam: B2018.3.PhD/Fil504.

Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat  universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor;  Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.  

Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga  molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: korpus, uning o‘ziga xos xususiyati, ijtimoiy, leksikologik, ta’limiy va boshqa sohalardagi ahamiyati, korpus lingvistikasi tarixi, korpus turlari, mualliflik korpusining lingvistik qimmatini o‘rganish, o‘zbek tili mualliflik korpusini yaratishning lingvistik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:

o‘zbek tilshunosligida korpus, uning lingvodidaktika va lingvistikada ma’lumotlarni markazlashtirish, qayta ishlash imkoniyati hamda korpusdan foydalanish ahamiyati ochib berilgan;

korpus yaratish uch bosqichda taraqqiy etganligi, birinchi avlodi elektron kutubxona shaklidaligi, ikkinchi avlodi matnni qayta ishlay olishi, yangi davrda esa hajman katta, ammo sodda tegli korpuslar yaratilayotganligi, rus va ingliz tili lingvistik korpuslari tarixi, korpus lingvistikasining bugungi holati, zamonaviy rus, ingliz, turk, tojik tili korpuslarining jahon korpuslari orasidagi o‘rni, ularning mushtarakligi korpusning umumiy talablari darajasidaligi, farqli tomonlari esa so‘z miqdori va lingvistik tahlil imkoniyatida ekanligi aniqlangan;

korpusni loyihalash va tuzish texnologik jarayonlari o‘rganilgan, tegning korpusda matnni qayta ishlashni belgilab berishi, teg so‘z shakllarning grammatik belgilarini ko‘rsatishi asoslangan;

mualliflik korpusining ilmiy, amaliy, ta’limiy maqsad va vazifalari, milliy, parallel, ta’limiy, mul`timodal korpuslardan farqi, mualliflik korpusining tuzilishi, tarkibi, hosilasi, rus va ingliz tilida mavjud mualliflik korpuslarining o‘xshash hamda farqli jihatlari ochib berilgan;

mualliflik korpusini tuzishning loyihalash, teglash hamda qidiruv tizimi (korpus menejeri)ni tanlash tamoyillari ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari, korpusni loyihalash va tuzish bosqichining texnologik jarayoni, tegning korpus tuzishdagi ahamiyati va lingvistik vosita ekanligi, korpus menejerining qidiruv, saralash, fil`trlash xususiyati; uning turlari tavsifi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

o‘zbek tilshunosligida korpus, uning lingvodidaktika va lingvistikada ma’lumotlarni markazlashtirish, qayta ishlay olish xususiyati, nazariy asoslari, til korpusining lingvistik, amaliy va ta’limiy ahamiyati haqidagi nazariy ma’lumotlar; korpus lingvistikasining bugungi holati, zamonaviy rus, ingliz, turk, tojik tili korpuslarining jahon korpuslari orasidagi ahamiyati, ularning mushtarak va farqli tomonlari qiyoslanishi natijalaridan “Korpus lingvistika atamalarining qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 89-03-3647-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida korpus lingvistikasi atamalari sirasi mukammallashishiga erishilgan;

dissertatsiyasida so‘z shakllarning teglashtirish, ularning lingvistik modellarini tuzish, lingvistik korpusda yasama so‘zni tahlil qilish tamoyillari borasidagi tahlil va xulosalari natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida 2008–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-062  raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 89-03-3647-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash derivatsiya hodisalarini izohlashda xizmat qilgan;

korpusni loyihalash va tuzish texnologik jarayonlari, tegning korpusda matnni qayta ishlashni belgilab berishi, teg so‘z shakllarning grammatik belgisini ko‘rsatishi; korpus menejerining qidiruv, saralash, fil`trlash vazifasi, uning BONITO, XAIRA, SARA, SQR, DDS turlari tavsifi; mualliflik korpusining elektron lug‘at, elektron kutubxonadan farqli jihatlari qiyosi; mualliflik korpusini tuzishning loyihalash, teglash, korpus menejeri tanlash tamoyillarini belgilash natijalaridan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2014–2016  yillarda bajarilgan  YoA1-FQ-0-07289 raqamli “Milliy amaliy va tasviriy san’at atamalarining qisqacha o‘zbekcha, ruscha, inglizcha izohli lug‘ati” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 89-03-3647-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy va tasviriy san’at atamalarining qisqacha izohli lug‘ati ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyigan;

Abdulla Qahhor korpusi interfeysi loyihalashtirilgan; Abdulla Qahhor asarlari teglari lingvistik modelidan Abdulla Qahhor asarlari mualliflik korpusining off-line varianti fragmentini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 89-03-3647-son ma’lumotnomasi). Natijada “Abdulla Qahhor asarlari korpusi” off-line varianti fragmenti yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish