Anarmatov Jasurbek Jandarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlar qishloq xoʻjaligi ixtisoslashuvini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)” 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” va 08.00.04 – “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2478
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Umarov Abduvaxob Tursunovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nazarov Sharofiddin Xakimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Umarov Suxrob Rustamovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oʼzbekiston hududlari qishloq xoʼjaligida ixtisoslashtirishni takomillashtirish boʼyicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyatining Piskent, Parkent, Bo‘stonliq va Toshkent tumanlarining meva-sabzavotchilikka ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga “Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli yillik 2 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sohalari o‘rtasidagi ixtisoslashuv samaradorligini oshirishga Bekobod, Quyi va O‘rta Chirchiq tumanlarini sholichilik, Yangiyo‘l, Zangiota, Qibray tumanlarini sabzavotchilik va bog‘dorchilik, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Yuqori Chirchiq tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirish orqali erishish taklifi asoslangan;
Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarini sabzavotchilik va kartoshkachilikka ixtisoslashtirishga o‘sha hududlardagi suv tanqisligi, sho‘rlanish va tuproq degradatsiyasining oldini olishda “MRV” (Monitoring, Reporting, Verification)” tizimini qo‘llagan tadbirkorlik sub’ektlarining irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish hamda ularni rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Toshkent viloyati hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida, mintaqa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuv samaradorligining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan pessimistik, bazaviy va optimistik ssenariy lari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyatining Piskent, Parkent, Bo‘stonliq va Toshkent tumanlarining meva-sabzavotchilikka ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga “Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan qisqa muddatli yillik 2 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 oktyabrdagi PQ-387-sonli «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/03-04-498-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi qishloq xo‘jalik korxonalarini uzlyuksiz ishlashi va foydasini oshirishga xizmat qiladi;
Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sohalari o‘rtasidagi ixtisoslashuv samaradorligini oshirishga Bekobod, Quyi va O‘rta Chirchiq tumanlarini sholichilik, Yangiyo‘l, Zangiota, Qibray tumanlarini sabzavotchilik va bog‘dorchilik, Ohangaron, Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Yuqori Chirchiq tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 dekabrdagi PQ-435 sonli “Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/03-04-498-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ushbu hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash imkoniyati ortadi;
Toshkent viloyatining Zangiota, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlarini sabzavotchilik va kartoshkachilikka ixtisoslashtirishga o‘sha hududlardagi suv tanqisligi, sho‘rlanish va tuproq degradatsiyasining oldini olishda “MRV” (Monitoring, Reporting, Verification)” tizimini qo‘llagan tadbirkorlik sub’ektlarining irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish hamda ularni rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 iyundagi PQ-233-sonli «Iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqaror agroekotizimni yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarga moslashuvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini 1-ilovasini 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/03-04-498-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida hududlarda faoliyat yuritayotgan fermerlar, agroklasterlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar er, suv, o‘rmon xo‘jaligi resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi;
Toshkent viloyati hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modelini ishlab chiqish asosida, mintaqa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuv samaradorligining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan pessimistik, bazaviy va optimistik ssenariy laridan Toshkent viloyatini 2024-2028-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazining 2024 yil 11 oktyabrdagi 05/03-04-498-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent viloyatini pessimistik ssenariy bo‘yicha 4,0 foizga, bazaviy ssenariy bo‘yicha 22,7 foizga, optimistik ssenariy bo‘yicha 30,7 foizga oshirish mumkinligi aniqlangan.