Kaxarova Munira Maxamadjanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Huquq falsafasining ilmiy-metodologik jihatlari», 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari (huquq falsafasi) (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal80.

Ilmiy rahbar: Djavakova Karine Vladimirovna, falsafa fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Ahmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: huquq falsafasining ilmiy va nazariy-metodologik masalalarini tahlil etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

huquq falsafasining ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari tahlil etilib, ijtimoiy-gumanitar fanlar klassifikatsiyasidagi o‘rni asoslangan;

Sharq va G‘arbda olib borilgan huquq falsafasini shakllantirishga oid izlanishlarning ilmiy-metodologik jihatlari ochib berilgan;

huquq falsafasi paradigmalarining ma’naviy-axloqiy imperativlar bilan bog‘liqligi asoslangan;

huquq falsafasiga oid ilmiy-nazariy konsepsiyalar, ularning ilmiy-metodologik ahamiyati, ijtimoiy huquqiy borliqni takomillashtirishga pozitiv ta’siri asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Huquq falsafasining ilmiy-metodologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

huquq falsafasining ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari tahlilga hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar klassifikatsiyasidagi o‘rniga oid xulosalardan 1-071 raqamli «Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish» mavzusidagi granti, I-2016-1-33 raqamli «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va chop etish mavzusidagi innovatsion grant loyiha ijrosi yuzasidan «Dunyoning mafkuraviy manzarasi», «Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish» nomli o‘quv qo‘llanma va monografiyani tayyorlashda hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturidagi «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» mavzusida qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 26 dekabrdagi 1324-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosa chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni sifatli bajarilishiga hamda o‘quv qo‘llanma va monografiyani nazariy-metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;

Sharq va G‘arbda olib borilgan huquq falsafasini shakllantirish bo‘yicha izlanishlarning ilmiy-metodologik jihatlariga oid xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018 yil 30 martdagi «Oliy ta’lim muassasalarida tadbirlarni tashkil etish shakllari va ularning mazmunini boyitish yo‘nalishidagi uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 281-son buyrug‘iga asosan tayyorlangan «Talabalarning huquqiy bilim, huquqiy savodxonligi hamda huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 87-03-1378-son ma’lumotnomasi) Ushbu xulosalar qo‘llanmani sifatli tayorlashda hamda talabalarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;

huquq falsafasi paradigmalarining ma’naviy-axloqiy imperativlar bilan bog‘liqligiga oid xulosalardan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika keshgashining 2017 yil 22 fevraldagi 28-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi»ning 3/14-bandi: «Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish» hamda «Fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati to‘g‘risida»gi namunaviy nizom loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqaro-larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika keshgashining 2018 yil 2 martdagi 02-03/145-son ma’lumotnomasi). Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga oid huquqiy hujjatlarni takomillashtirish imkonini bergan;

huquq falsafasiga oid ilmiy-nazariy konsepsiyalar, ularning ilmiy-metodologik ahamiyati, ijtimoiy huquqiy borliqni takomillashtirishiga oid takliflardan 2017 yil davomida O‘zMTRK tizimidagi telekanallardagi ayrim ko‘rsatuv ssenariyalari va uni tashkil etishda hamda mahallalarida istiqomat qilayotgan oilalar ishtirokida tashkillashtirilgan tadbirlar natijadorligiga erishishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 12 fevraldagi 05-15/616-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 16 fevraldagi 965-son, Imom Buxoriy xalqaro markazining 2018 yil 22 fevraldagi 01-03/13-son ma’lumotnomalari). Natijada mamlakatimiz aholisining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yanada yuksalishiga, qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga, olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish