Ergashev Omonboy Turgunbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (san’atshunoslik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4226.
Ilmiy rahbar: Mamatqosimov Jahongir Abirqulovich, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodiev Boltaboy Avazovich, san’atshunoslik fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish texnologiyalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini  rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari art pedagogik vazifalarni shaxsiy va kasbiy faoliyat madaniyatiga proporsional bog‘liqligini ta’limiy-rivojlantiruvchi maqsadlarga ko‘ra badiiy uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning modeli konseptual, kognitiv, operatsional va baholovchi-natijaviy komponentlarni diletant va professional ijro sifatlarining intellektual rivojlanish darajasi bilan differensial integratsiyalash asosida  takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning badiiy tafakkurini  rivojlantirish samaradorligi individual tayyorgarlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan tabaqalashtirilgan mezonlarni individual-kasbiy rivojlantirishga ko‘ra maqsadli belgilash asosida oshirilgan;
talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirishning tizimli-jarayonli, aksiologik va refleksiv, shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan mexanizmlari interaktiv viktorina, gamifikatsiya, podkast, vlog, raqamli kolleksiya usullarining ichki integratsiyasini adekvat faollashtirishi sababli ularda divergent fikrlash ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish texnologiyalari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning modeli konseptual, kognitiv, operatsional va baholovchi-natijaviy komponentlarni diletant va professional ijro sifatlarining intellektual rivojlanish darajasi bilan o‘zaro differensial integratsiyalash asosida  takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan;
innovatsion ta’lim sharoitida talabalarning badiiy tafakkurini  rivojlantirish samaradorligi individual tayyorgarlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan tabaqalashtirilgan mezonlarni individual-kasbiy rivojlantirishga ko‘ra maqsadli belgilash asosida oshirilgan xulosa va takliflardan “Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda empirik baholash samaradorligi aniqlangan;
talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirishning tizimli-jarayonli, aksiologik va refleksiv, shaxsiy faoliyatga yo‘naltirilgan mexanizmlari interaktiv viktorina, gamifikatsiya, podkast, vlog, raqamli kolleksiya usullarining ichki integratsiyasini adekvat faollashtirishi sababli ularda divergent fikrlash ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirishi asoslanishiga oid xulosa va takliflardan “Ssenariynavislik va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 218-son buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirishni “Art intellekt” texnologiyasi asosida tizimli amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirish metodikasining didaktik imkoniyatlari art pedagogik vazifalarni shaxsiy va kasbiy faoliyat madaniyatiga proporsional bog‘liqligini ta’limiy-rivojlantiruvchi maqsadlarga ko‘ra badiiy uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilganga oid xulosa va takliflar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida keng tatbiq etilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 21-avgustdagi 344/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy tadbirlar kontekstida talabalarning badiiy tafakkurini rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish