Kaxorova Komola Azamatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqsil-peptid tabiatli biologik faol moddalarni tavsiflashda hujayra kul`turasi modellarining qo‘llanilishi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/V83  .

Ilmiy rahbar: Xashimova Zaynat Sattarovna, biologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik  kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Xushbaktova Zaynap Abduraxmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Leviskaya Yuliya Vladimirovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatgamolik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Cuscuta europeae o‘simligidan lektinsimon glikoproteidlarni ajratish, tavsiflash va Akat, V-16, KML, Hela, C127, U937 hujayra kul`turasi modellarida sitotoksik faolligini aniqlashdan iborat. 

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yangi sichqon ingichka ichak adenokarsinomasi Akat hujayra kul`turasi olingan va ӯsish faktorlari aniqlangan;

bilogik faol moddalarni keng doirada skrining qilish uchun yangi  Akat liniyasi asosida effektiv test-tizim yaratilgan;

ilk bor Alhagi L o‘simligida parazitlik qiladigan Cuscuta europeae o‘simligidan lektinsimon oqsillar ajratilgan va tavsiflangan;

ilk bor ajratilgan oqsillarning biologik faolligi, jumladan sitotoksikligi, membrana faolligi va antioksidantligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Akat liniyasini olish, kul`tivirlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

sichqon ingichka ichak raki, kul`tivirlanadigan hujayra shtammi, Akat E7 kloniga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05428, 2017 y.). Natijada Akat liniyasi asosida yartilgan test-sistema biologik faol moddalarni skrining qilish imkonini bergan;

Akat  va Saso-2 hujayra liniyalaridan T.4-16 raqamli «Bakteriotsin ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarni ajratish va ularni oziq-ovqat sanoatida ishlatish imkoniyatlarini baholash» ilmiy loyihasida Akat E7 klonidan in vitro sharoitida laktobatsillarning ichakda adgeziyasini baholashda foydalanilgan (Ӯzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24-iyuldagi 4/1255-1946-son ma’lumotnomasi). Natijada laktobatsillalarni oziq-ovqat sanoatida qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish