Abdisalomov Mirzo Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Chigit chiqarish quvuridagi teshiklar va harakat uzatish tizimi parametrlarini asoslash 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/2656
Ilmiy rahbar: Muxammadiev Davlar Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: “Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti”dan texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ruzimurad Xasanovich, “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” dan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Rayimqulov Jahongir Qulto‘raevich.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki qayta ishlash texnologiyasi talablariga javob beruvchi resurstejamkor yangi texnologiyalar asosida takomillashgan arrali tola ajratgichning chigit chiqarish quvuridagi teshiklar va harakat uzatish tizimi parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taqsimlangan parametrlarga asoslangan arrali tola ajratgich teshikli quvurning kritik quvvat sarfi, burchak tezlanishi, tezligi va buralishlari A.E.Levin va M.M.Sokolovlar tavsiya etgan xarakteristikalaridan foydalanib aniqlangan;
koʻchish ko'rinishidagi chekli elementlar usuli (FEM) yordamida teshikli quvur va shnekning mustahkamlik parametrlari va kritik aylanish tezliklari hisoblangan hamda egilish momentlari, ko'ndalang kuchlar, ko'ndalang siljish epyuralari qurilib, havfli kesimlari aniqlangan;
teshikli quvur qurilmasining harakat uzatish tizimi revers sxemali planetar reduktor bilan jihozlanishi uzatma gabarit o‘lchamlarini 30% ga, og‘irligini 25% ga kamaytirib, tishlarning mustahkamlik sharti – 2,96 marta zaxira bilan ta’minlanishi aniqlangan;
xom ashyo valigining zichligi 286 kg/m3, quvurning aylanish tezligi 350 min-1 va quvur yuzasidagi teshiklarning burchagi 62 da chigit chiqarish quvurining ish unumdorligi 332,15 kg/soat, chigitning mexanik shikastlanishi 1,2% va quvvat sarfi 1,44 kVt ni tashkil etishi ko‘p omilli regression modellarini tahlillari asosida aniqlangan;
chigitdan tolani ajratish jarayonida ish unumdorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirish imkoniyatini beruvchi takomillashtirilgan arrali tola ajratgich mashinasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani dastlabki qayta ishlash texnologiyasi talablariga javob beruvchi resurstejamkor arrali tola ajratgich teshikli quvur va shnekni ishlab chiqish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
90 arrali tola ajratgichning takomillashtirilgan konstruksiyasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumani «APK Bo‘ka» MChJ ga qarashli «Bo‘ka paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 11 dekabrdagi 03/22-1009-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan 90 arrali tola ajratgich tatbiq etilishi hisobiga ish unumdorlikni 7,5% oshirishga va energiya sarfini 8,02% kamaytirishga erishilgan.