Toirov Murtoza Shavkidinovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘ning nomi):
«Ichki teshiklarga ishlov berish texnologik jarayonini ta’minlash asosida planetar kesuvchi asboblar nazariyasi tizimini yaratish», 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob-uskunalar va 05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T714.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy maslahatchi: Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, professor
Ilmiy maslahatchi: Karimov Komolxon Abbosovich, texnika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor, Irgashev Amirqul, texnika fanlari doktori, professor, Sherov Karibek Tagaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi - ichki teshiklarga ishlov berish texnologik jarayonini ta’minlash asosida planetar kesuvchi asboblar nazariyasi tizimini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvur devoriga teshik ochish uchun planetar kesuvchi kesgichning yangi geometrik parametrlari kesgich materialining issiqlik ta’sirida kengayish koeffisientining ko‘rsatgichlari asosida issiqlikka chidamli geometriya ko‘rinishida ishlab chiqilgan.
bosim ostidagi quvurga teshik ochish qurilmasining optimallashtirilgan konstruksiyasi Morze №3 konusining markazlashtirish xossasi asosida aniq markazlashuv bilan ishlab chiqilgan.
bosim ostidagi quvurga teshik ochish jarayonida qirindini o‘zakdan tez ajralib chiqish texnologiyasi quvur materialining qovushqoqlik xossasi asosida tezkor chiqindi chiqarish yo‘li bilan ishlab chiqilgan.
magistral quvur tarmog‘iga yangi quvur tarmog‘ini ulash texnologiyasi payvand choklarining mustahkamlik xossasining quvurdagi gidrodinamik kuch ta’siriga mutanosibligi asosida bosimga chidamli ulanish bilan ishlab chiqilgan.
tezkesar po‘latdan tayyorlangan planetar kesuvchi keskich bilan quvurlarni montaj qilish usuli, payvand choklariga mahalliy termik ishlov berish rejimini qo‘llash asosida issiqlik bardoshligi bilan ishlab chiqilgan.
kesgich tig‘larining kesish chuqurligi parametrlari matematik tahlillar asosida optimal kesish chuqurligini asoslash yordamida ishlab chiqilgan.
kesgich qattiqligini oshirishga mo‘ljallangan termik ishlov berish rejimi, kesgich materialining mexanik xossalari muhit ta’siridagi o‘zgarish ko‘rsatgichlari maksimal urinma bardoshlik mezoni asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki teshiklarga ishlov berish texnologik jarayonini ta’minlash asosida planetar kesuvchi asboblar nazariyasi tizimini yaratish bo‘yicha bajarilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
magistral quvur sirtiga shtuser payvandlab mahalliy termik ishlov berish texnologiyasi NKMK DK ga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining kon jihozlarini ta’mirlash sexiga joriy qilingan (NKMK DK ning 20.05.2024 dagi №23/01-01-07/221-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki zo‘riqish kuchi 10-11% kamaygan;
quvur devoriga teshik ochish uchun planetar kesuvchi kesgichning yangi geometrik parametrlari NKMK DK ga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining kon jihozlarini ta’mirlash sexiga joriy qilingan (NKMK DK ning 20.05.2024 dagi №23/01-01-07/221-son ma’lumotnomasi). Natijada teshik ochish uchun sarflanuvchi vaqtni 8-10% ga tejashga erishilgan;
bosim ostidagi quvurga teshik ochish qurilmasining optimallashtirilgan konstruksiyasi NKMK DK ga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining kon jihozlarini ta’mirlash sexiga joriy qilingan (NKMK DK ning 20.05.2024 dagi №23/01-01-07/221-son ma’lumotnomasi). Natijada teshik ochish jarayonida suvning sarfi 7-9% ga kamaygan;
bosim ostidagi quvurga teshik ochish jarayonida qirindini o‘zakdan tez ajralib chiqish texnologiyasi NKMK DK ga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining kon jihozlarini ta’mirlash sexiga joriy qilingan (NKMK DK ning 20.05.2024 dagi №23/01-01-07/221-son ma’lumotnomasi). Natijada energiya sarfi 6-7% ga kamaygan;
magistral quvur tarmog‘iga yangi quvur tarmog‘ini ulash texnologiyasi NKMK DK ga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining kon jihozlarini ta’mirlash sexiga joriy qilingan (NKMK DK ning 20.05.2024 dagi №23/01-01-07/221-son ma’lumotnomasi). Natijada quvurlarni ulash uchun jalb etiluvchi ishchilar sonini kamaytirish asosida ish unumdorligi 12-14% ga oshirilgan;
tezkesar po‘latdan tayyorlangan planetar kesuvchi keskich quvurlarni montaj qilish jarayoniga NKMK DK ga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining kon jihozlarini ta’mirlash sexiga joriy qilingan (NKMK DK ning 20.05.2024 dagi №23/01-01-07/221-son ma’lumotnomasi). Natijada quvurlarni montaj qilish jarayonida sarflanuvchi xarajatlar miqdori 11-12% ga kamaygan.