Umidullaev Qahramon Usmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq, Ma’muriy huquq, Moliya va Bojxona huquqi” ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Yu175.
Ilmiy rahbar: Toshqulov Djuraboy O‘rinboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Y.74.01
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davron Kuvonovich yuridik fanlar doktori, professor; Malikova Gulchexra Rixsixodjaevna yuridik fanlar doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha uslubiyat ishlab chiqishi baholash jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilishi isbotlangan;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash va natijalari yuzasidan ochiq reyting shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi isbotlab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarini rag‘batlantirish hamda lavozim bo‘yicha o‘sishida ularning faoliyati samaradorligini baholash natijasi asos bo‘lishi davlat kadrlar siyosatini takomillashtirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash jarayonlarida tegishli davlat organiga ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z ichki tartibini belgilash bo‘yicha vakolat berish har bir davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini aniq baholashga xizmat qilishi asoslab berilgan.
davlat fuqarolik xizmatchilarining bilimi, ko‘nikmasi va malakasini oshirishda ularning kasbiy kompetensiyalari hamda faoliyati samaradorligini baholash natijalariga asoslanish har bir davlat fuqarolik xizmatchisining malakasini oshirish bo‘ycha aniq qaror qabul qilishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyasi darajasi, ko‘nikmasi va malakasini baholashda inson omili aralashuvini oldini olish uchun baholash jarayonlarini axborotlashtirish adolatni, aniqlikni, xolislikni, shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maxsus vakolatli davlat organi sifatida davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha uslubiyat ishlab chiqishi baholash jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonuni 36-moddasining ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/3-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi sifati va natijadorligini ta’minlashga hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholash jarayonlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash va natijalari yuzasidan ochiq reyting shakllantirish davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonunining 8-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/3-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini samarali baholashga xizmat qilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini rag‘batlantirish hamda lavozim bo‘yicha o‘sishida ularning faoliyati samaradorligini baholash natijasi asos bo‘lishi davlat kadrlar siyosatini takomillashtirishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonuni 36-moddasining birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/3-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash hamda ularning erishgan yutuqlariga asoslanib lavozim bo‘yicha ko‘tarilishning yangi tartibini joriy etishga xizmat qilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash jarayonlarida tegishli davlat organiga ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z ichki tartibini belgilash bo‘yicha vakolat berish har bir davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini aniq baholashga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonuni 36-moddasining birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/3-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash usullarini takomillashtirishga hamda aniq va asosli baholashga xizmat qilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining bilimi, ko‘nikmasi va malakasini oshirishda ularning kasbiy kompetensiyalari hamda faoliyati samaradorligini baholash natijalariga asoslanish har bir davlat fuqarolik xizmatchisining malakasini oshirish bo‘ycha aniq qaror qabul qilishga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonuni 42-moddasining birinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 13 martdagi №3/dn-54-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilarining aynan qaysi sohada malakasi oshirilishi lozimligini aniqlab olishga hamda ularning bilimi va ko‘nikmasini aniq va maqsadli oshirishga xizmat qilgan.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyasi darajasi, ko‘nikmasi va malakasini baholashda inson omili aralashuvini oldini olish uchun baholash jarayonlarini axborotlashtirish adolatni, aniqlikni, xolislikni, shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ–788-son Qonuni 42-moddasining ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 13 manrdagi №3/dn-54-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyasi bilimi, ko‘nikmasi va malakasini baholashda aniqlikni, xolislikni, shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilgan.