Shomirova Lobar Mirzoxitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sabzavot xrizantemasini (Chrysanthemum coronarium) eng kulay etishtirish muddatlarini va serxosil navlarini tanlash (Toshkent viloyati sharoitida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1393.
Ilmiy rahbar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismailova, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Turdieva Feruza Tirkashboevna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tuproq-iqlim sharoitida sabzavot xrizantemasini eng qulay ekish muddatlarini aniqlash va serhosil navlarini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati tuproq iqlim sharoitida sabzavot xrizantemasini morfo-bioligik va xo‘jalik belgilari asosida serhosil (Debyut, Sanna Chunli va Qingxianghua Zhonge navlari), ertapishar (Sanna Chunli, Uzorchataya, navlari) va istiqbolli navlari (Sanna Chunli va Qingxianghua Zhonge navlari) aniqlangan;
ertagi ekinda sabzavot xrizantemasini etishtirishda +5° C dan ortiq faol haroratlar yig‘indisi 356° C va takroriy ekinda 515° C bo‘lishi aniqlangan;
sabzavot xrizantemasining ekish mavsumlarida o‘simlikni biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ertagi ekinda 10 aprel hamda takroriy ekinda 20 avgust eng qulay ekish muddatlari ekanligi isbotlangan;
sabzavot xrizantemasining biokimyoviy tarkibidagi vitaminlar miqdori 100 g mahsulotda B2 – 15,21 mg, B12 – 3,76 mg, PP – 3,31 mg, C – 6,841 mg va aminokislotalar (leysin, glisin, valin, prolin, sistein) miqdori yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sabzavot xrizantemasini etishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
sabzavot xrizantemasini ertagi va takroriy muddatlarda ekish ishlanmasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Yon ariq Muhiddinov Fayziddin” fermer xo‘jaligida 0,30 gektar hamda “Building Rental Qibray” fermer xo‘jaligida 0,25 gektar maydonda, jami 0,55 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-04-596-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur maydonlardan sabzavot xrizantemasini “Debyut” navi bahorgi muddatda etishtirilganda o‘rtacha 8,7-10,2 t/ga hamda takroriy muddatlarda “Jozifina” navi etishtirilganda 8,7-9,7 t/ga sifatli ko‘kat mahsuloti olishga erishilgan;
sabzavot xrizantemasini ertagi va takroriy ekish muddatlarida serhosil navlarini tanlash ishlanmasi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Obid ota” fermer xo‘jaligida 0,25 gektar hamda “Aziz Hurmat mevazori” fermer xo‘jaligida 0,25 gektar maydonda, jami 0,50 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2024 yil 12 noyabrdagi 05/06-04-596-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur maydonlardan sabzavot xrizantemasini “Qingxianghua Zhongye” navi ertagi muddatda etishtirilganda o‘rtacha 8,7-10,6 t/ga hamda “Sanna Chunli” navi takroriy muddatda etishtirilganda o‘rtacha 10,2 t/ga, “Debyut” navidan esa 10,2 t/ga sifatli ko‘kat mahsuloti olishga erishilgan.