Mirzoyoqubov Komronbek Erkinboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat Reestriga kiritilgan g‘o‘za navlarining elita urug‘larini etishtirish uslubini takomillashtirish”, 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1190.
Ilmiy rahbar: Amanturdiev Alisher Balkibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Darmanov Muxtor Muxammadovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Davlat Reestriga kiritilgan g‘o‘za navlarinining elita urug‘larini etishtirish uslubini yuqori texnologik, resurstejamkor ekspress usul yordamida tola sifat ko‘rsatkichlarini baholab tahlil qilish orqali takomillashtirish hamda g‘o‘za navlarining genetik sofligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba elita urug‘chilik xo‘jaligi laboratoriyalarida g‘o‘za navlarining tola sifati - tola mikroneyri, yuqori o‘rtacha uzunligi, solishtirma uzilish kuchi, uzunlik bo‘yicha bir xillilik indeksi, nur qaytarish koeffisienti, va sarg‘ishlik darajasi kabi tola texnologik ko‘rsatkichlari algoritmi orqali hisoblangan ip yigiruvchanlik koeffisienti (SCI) asosida baholangan;
ikkinchi yil urug‘lik ko‘chatzoridan terib olingan oilaviy terimlarining tola namunalari ip yigiruvchanlik koeffisienti bo‘yicha variatsion qatorlar ko‘rinishida guruhlashtirilgan hamda modal ko‘rsatkichli oilalar aniqlangan;
nav populyasiyasida asosiy tola sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zgaruvchanlik koeffisienti aniqlangan va ip yigiruvchanlik koeffisienti bilan ayrim tola sifat ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
g‘o‘za urug‘chiligi laboratoriyalariga mehnat resurslarini tejaydigan, tahlillarning aniqlilik darajasini oshiradigan zamonaviy innovatsion texnologiyadan foydalanilib, tolaning ip yigiruvchanlik koeffisienti asosida tanlov ishlari olib borilgan va oilalar keyingi yil hosili uchun ekishga tavsiya etilgan;
g‘o‘za urug‘chiligi laboratoriyalari mehnat resurslarini tejaydigan, tahlillarning aniqlilik darajasini oshiradigan usul - tolaning ip yigiruvchanlik koeffisienti asosida tanlov ishlarini olib borish natijasida modal qiymatli va unga yaqin bo‘lgan namunalar sonining 90,7 va 94,1 foizga oshishi va navning genetik tozaligini saqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat Reestriga kiritilgan g‘o‘za navlarining elita urug‘larini etishtirish uslubini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Taklif etilayotgan uslub g‘o‘zaning C-8290 navi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi xususiy elita urug‘chilik xo‘jaligida 30 gektar, Jizzax viloyati Sharof Rashidov elita urug‘chilik xo‘jaligi MChJda 32 gektar va g‘o‘zaning C-8286 navi bo‘yicha Samarqand viloyati Ishtixon elita urug‘chilik xo‘jaligi MChJda 40 gektar, jami 102 gektar maydonida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 2 dekabrdagi № 05/01-05/02-05/04-03-432-sonli ma’lumotnomasi). Natijada urug‘chilik laboratoriyalarida yangi uslubdan foydalanilganda namunalar cheklanmagan miqdorda tahlil qilinib, navga xos bo‘lgan namunalarni tanlab olish imkoniyati va tahlillarning aniqlilik darajasi ortgan hamda 8-10% yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Ikkinchi yil urug‘lik ko‘chatzori oilalaridan terib olingan tola namunalarida HVI uskunasi orqali ip yigiruvchanlik koeffisienti bo‘yicha tanlov olib borish usuli Abdukarimxoji o‘g‘li Abduvalixoji xususiy elita urug‘chilik xo‘jaligi, Samarqand-Ishtixon elita urug‘chilik MChJ va Sharof Rashidov elita urug‘chilik xo‘jaligi MChJlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 2 dekabrdagi № 05/01-05/02-05/04-03-432-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, S-8290 va S-8286 g‘o‘za navlari urug‘lik ko‘chatzorlaridan terib olingan sinov namunalarining tola sifat ko‘rsatkichlaridan ip yigiruvchanlik koeffisienti mos ravishda 153-155 va 143-146 ga ortganligi aniqlangan.
G‘o‘za navlarida ip yigiruvchanlik koeffisienti bilan boshqa tola sifati belgilarining o‘zaro ijobiy korrelyasion bog‘liqligi ma’lumotlari asosida elita urug‘chilik xo‘jliklari urug‘lik ko‘chatzorlariga ekish uchun ip yigiruvchanlik koeffisienti yuqori bo‘lgan, ya’ni modal qiymatli va unga yaqin koeffisientga ega bo‘lgan oilarning urug‘lik chigitlari foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 2 dekabrdagi № 05/01-05/02-05/04-03-432-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilgan nav populyasiyalarida modal qiymatli va unga yaqin bo‘lgan oilalar 90,7 va 94,1 foizgacha ortganligi aniqlangan.
G‘o‘za elita urug‘chilik xo‘jaliklarining laboratoriyalarida sinov namunalarining tola sifat ko‘rsatkichlari HVI uskunasi yordamida baholanib, tola ip yigiruvchanlik koeffisienti asosida tanlov o‘tkazish uslubidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 2 dekabrdagi № 05/01-05/02-05/04-03-432-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amalda foydalanilayotgan usulga nisbatan tahlillarning aniqlilik darajasi va tahlil qilinayotgan namunalar soni ortgan hamda qo‘l mehnati kamaygan, ip yigiruvchanlik koeffisientining o‘zgaruvchanligi g‘o‘zaning C-8286 navida 5,79 dan 3,73 foizgacha, g‘o‘zaning C-8290 navida 14,3 dan 2,89 foizgacha qisqarishiga erishilgan.