Saatova Surayyo Ismailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilida lisoniy shaxs shakllanishining ijtimoiy omillari” 10.00.01. – o‘zbek tili (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3297
Ilmiy rahbar: Kurbanova Muxabbat Matyakubovna filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar:   
Yusubova Ra’no Norboevna filologiya fanlari doktori, professor v.b.
Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti                                                                      
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida lisoniy shaxs shakllanishida ijtimoiy omillarning ta’siri va nutqda namoyon bo‘lish xususiyatlarini yoritishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
lisoniy shaxs tushunchasi va uning yondosh hodisalar: nutqiy portret, kommunikativ shaxs, nutqiy shaxs, diskursiv shaxs, etnosemantik shaxs, idiolekt, idiostil kabi tushunchalarga bo‘lgan munosabati aniqlangan;
yosh xususiyatiga ko‘ra lisoniy shaxs 1. Bolalar lisoniy shaxsi: a) yosh bola lisoniy shaxsi, b) o‘smirlar lisoniy shaxsi; 2. Kattalar lisoniy shaxsi a) yoshlar lisoniy shaxsi, b) o‘rta yoshlilar lisoniy shaxsi d) keksalar lisoniy shaxsi tiplari ko‘rinishida tasniflangan va misollar asosida dalillangan; 
gender xoslangan lisoniy shaxs tiplari, ularning o‘ziga xosligini belgilovchi indikatorlar – fonetik, leksik, morfologik, sintaktik birliklar ajratilgan, ayol va erkak nutqidagi farqliliklar tilning barcha sathlari misolida isbotlangan; 
ijtimoiy maqom, ijtimoiy rol va kasb bilan bog‘liq omillarning lisoniy shaxs nutqida namoyon bo‘lishi aniqlangan hamda misollar asosida dalillangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tilida lisoniy shaxs shakllanishining ijtimoiy omillari tadqiqi yuzasidan olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanildi. (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil 5-dekabrdagi 566/2-
sonli ma’lumotnomasi) Natijada mazkur loyihada nazarda tutilgan vazifalarni yoritishda tadqiqot ishi zarur material vazifasini o‘tagan;
Lisoniy shaxs tushunchasining sotsiolingvistik, lingvokulturologik, kognitiv hamda pragmatik xususiyati tadqiqidan olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2024-yil 5-dekabrdagi 565/2-sonli ma’lumotnomasi)
Nutq egalarining lisoniy bilmlaridan kasbiy sohaga foydalana olishi, lisoniy qobiliyatlarini nutqida qo‘llash mahorati yuzasidan olingan xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan suratga olingan 2024-yil “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda, suxandon nutqini tog‘rilashda, kommunikantlar o‘rtasidagi axborot uzatishning samarali kechishiga oid ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 4-dekabrdagi 06-28-1734-sonli ma’lumotnomasi) Natijada tadqiqotda muloqotning samarali kechishida kommunikatsiya jarayonida adresant va adresatning o‘rni haqidagi ilmiy qarashlarga asoslangan xulosalar teleko‘rsatuv ssenariysini mazmunan boyitgan va mukammallashtirgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish