Xusainov Baxtiyor Saparboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Motoblok uchun kartoshka kovlagich ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3994.
Ilmiy rahbar: G‘aybullaev Burxonjon Shermatjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, kata ilmiy xodim Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abdunazarov Elbek Elmuradovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi motoblok uchun kartoshka kovlagichni ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash orqali kichik konturli dehqon xo‘jaliklari va tomorqa erlarida etishtirilgan kartoshkani kam energiya sarflyagan holda sifatli va to‘liq kovlab olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
motoblok bilan ishlatiladigan kartoshka kovlagichning konstruksiyasi kam energiya sarflyagan holda kartoshka hosilini bir o‘tishda to‘liq kovlab olinishini ta’minlashi shartidan ishlab chiqilgan;
motoblok bilan agregatlanadigan kartoshka kovlagichning qazish lemexini parametrlari u orqali kam energiya sarflab kartoshka pushtasining kerakli qismini to‘liq kovlab olish shartidan keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan;
motoblok bilan agregatlanadigan kartoshka kovlagichning elagi uning chiviqlariga kiygizilgan quvur va ular bilan ta’sirlashuvchi barabanlar yordamida kartoshka-tuproq aralashmasining uvalanishini jadallashtirish jarayonlarini ifodalovchi analitik ifodalar asosida aniqlangan;
lemexning gorizontga nisbatan o‘rnatilish burchagi va uzunligi, elak chivig‘iga kiygizilgan quvur va tayanch g‘ildirak diametrining maqbul qiymatlari tuproqning elaklanish darajasi, kartoshkaning yo‘qotilishi va shikastlanishi hamda qurilmaning tortishga qarshiligini ifodalovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Motoblok uchun kartoshka kovlagich ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan kartoshka kovlagich elaklash elevatorining texnik yechimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining foydali modelga patenti olingan (“Ildiz-meva yig‘ishtirish mashinasining elaklash elevatori”, FAP 2460 - 2024 y.). Natijada kartoshka hosilini kam shikastlagan holda yig‘ishtirib oladigan motoblok uchun kartoshka kovlagichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kartoshka kovlagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“BMKB-Agromash” AJ ning 2020-yil 11-noyabrdagi №01-299 son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshka kovlagichni sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.