Irisbekov Ulug‘bek Askarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tovlamachilik jinoyatlarining oldini olishni takomillashtirish”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” hamda “12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar)” ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu382.
Ilmiy rahbarlar: Ismailov Isamiddin yuridik fanlar doktori, professor; Saitqulov Qodirali Abdisalimovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam yuridik fanlar doktori, professor; Otajonov Abror Anvarovich yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tovlamachilikning jinoyat-huquqiy va krimi-nologik jihatlarini tadqiq etish hamda uning oldini olish choralarini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan xulosa, taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jamiyat ijtimoiy-ma’naviy muhitini sog‘lomlashtirish, milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, hududlar bo‘yicha oilalarda sog‘lom tarbiyaviy muhitni yaratish va ota-onalarga tarbiya usullarini o‘rgatishga qaratilgan maqsadli va manzilli targ‘ibot tadbirlari hamda treninglar tovlamachilikning barvaqt oldini olishga xizmat qilishi asoslantirilgan;
shaxsga doir ma’lumotlar qonunga xilof ravishda muomala qilganlik (ularni g‘ayriqonuniy yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish) uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash zarurati asoslantirilgan;
shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash lozimligi isbotlangan;
jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yishni, shuningdek jabrlanuvchini sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitishni tovlamachilikning obektiv belgisi sifatida belgilash lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tovlamachilikning oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, oilalarda sog‘lom tarbiyaviy muhitni yaratish va ota-onalarga tarbiya usullarini o‘rgatishga qaratilgan maqsadli va manzilli targ‘ibot tadbirlari va treninglar o‘tkazishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qarori 21-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 28-iyuldagi 30/1-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi tovlamachiliklarining oldini olish tizimining takomillashuviga xizmat qilgan;
shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish huquqbuzarligi mazmunini aniqlashtirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
29-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi”dagi O‘QR-726-son Qonuni 4-moddasi 3-bandi (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 462-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 17-maydagi 01/q-08-45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi shaxsga doir ma'lumotlardan g‘araz, shu jumladan tovlamachilik maqsadida foydalanishning oldini olish va mazkur huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlashni takomillashtirishga xizmat qilgan;
shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil
21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-829-son Qonuni 3-moddasi 20-bandi (Jinoyat kodeksining 1413-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 17-maydagi 01/q-08-45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi shaxsning sha'nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitib tovlamachilik sodir etishining oldini olishni, shuningdek mazkur qilmish uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlashni takomillashtirishga xizmat qilgan;
jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘zining mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish kabi holatlarni tovlamachilik sifatida baholash haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-899-son Qonuni 1-moddasi 1-bandi (Jinoyat kodeksining 165-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 17-maydagi 01/q-08-45-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi kibertovlamachilikning oldini olishni va mazkur qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik muqarrarligi ta'minlanishini takomillashtirishga xizmat qilgan.