Davronova Dildora Saidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilada voyaga etmagan bolalarning ijtimoiy ongini tarbiyalash tizimini rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.1PhD/Ped.402.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:oilada voyaga etmagan bolalarning ijtimoiy ongini tarbiyalash tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasining hamkorligi yo‘nalishlari (yaxlit, individual, tabaqalashtirilgan) tarkibiga voyaga etmagan bolalar ijtimoiy ongini tarbiyalash funksiyalarini (bilish, farqlash, motivatsiya, baholash, e’tiqodga oid) kiritish asosida aniqlashtirilgan;
voyaga etmagan bolalar ijtimoiy ongining tarbiyalanganligi tahlili jarayonlari “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik faoliyati monitoringi ko‘rsatkichlariga (ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ, moslashuvchanlik) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy ong va ma’naviy muhitga qaratilgan o‘quv jarayonining pedagogik texnologiyalari kompyuter va mobil` texnologiyalarning axborot tahdidlaridan himoyalashga yo‘naltirilgan imkoniyatlari (dasturli, namoyishli, ta’sirli, interfeysli) asosida takomillashtirilgan;
oilada voyaga etmagan bolalar ijtimoiy ongini tarbiyalash tizimini rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti mediatexnologiyalardan foydalanish muammolarini guruhlash (bilim, anglash, munosabat, ta’sir) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilada voyaga etmagan bolalarning ijtimoiy ongini tarbiyalash tizimini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Oilada voyaga etmagan bolalar ijtimoiy ongini shakllantirishning huquqiy negizlari, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi hamkorligi yondashuvlari, ijtimoiy ongni tarbiyalash mezonlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik” to‘g‘risidagi kodeksning 47-(1) va 47-(2) bandiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishni asoslashda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2018 yil 25 iyuldagi 04-5-5-05-son ma’lumotnomasi). Natijada oilada voyaga etmagan bolalarni nazoratsiz qoldirish, sababsiz dars qoldirishlarining oldini olishda ota-onalar mas’uliyatini oshirish, hamkorlik samaradorligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik tizimi, voyaga etmagan bolalar ijtimoiy ongini tarbiyalash mezonlari, mediatexnologiyalardan foydalanish muammolariga oid takliflar Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2017 yil 22 fevraldagi majlisi 28-son bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi” (1/1, 2/8, 3/14, 3/19, 4/33 bandlari) mazmuniga singdirilgan (FO‘O‘BO faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2018 yil 25 yanvardagi 02/01-50-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda ota -onalar va voyaga etmagan bolalar bilan amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlarning samaradorligi oshgan;
oilada voyaga etmagan bolalarni axborot tahdidlaridan himoyalashga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar, ijtimoiy ongni rivojlantirish va ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan kompyuter va mobil texnologiyalarini qo‘llash, ijtimoiy ongni tarbiyalash tizimi axborot-metodik ta’minotiga oid taklif va tavsiyalari “Sog‘lom oila–sog‘lom jamiyat” konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish jarayonlariga tatbiq etilgan (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazining” 2018 yil 4 iyuldagi 2-2-2-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning singdirilishi boy ma’naviy qadriyatlarimiz asosida oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish oilada voyaga etmagan bolalarning ijtimoiy ongini tarbiyalash tizimini rivojlantirishga xizmat qilgan.