Rizaeva Munisxon Maxkamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini loyihalash va metodik ta’minotini   takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6888
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna  p.f.d. (DSc), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjibaeva Hilola Mahmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rivojlanish markazlarida faoliyatlarini loyihalashning metodik ta’minotini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi faoliyatlarni loyihalash va metodik ta’minlash uslubi (Muhit uchinchi pedagog, ko‘p funksiyalilik, variativlik, qulaylik, ekologik xavfsizlik) asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi faoliyatlarni loyihalash va metodik ta’minlashni takomillashtirish individual ta’lim traektoriyalarini qurish, boshlang‘ich, oraliq, yakuniy natijadorlikni baholash komponentlarini loyihalashtirish bosqichlari (tayyorlov, texnologik, yakuniy) asosida takomillashtirilgan;
xorijiy davlatlar tajribasi asosida rivojlantiruvchi muhitni yaratishning asosiy negizlari va variativ jarayonlar asosida rivojlantiruvchi predmetli-fazoviy muhitni faollashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, ota-onalarni ta’limga jalb etishda “Ijodkor tarbiyachi” platforma materiallari doirasida nazariy va amaliy jarayonlarda, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining maktabga tayyorgarligini, tarbiyalanuvchilarining shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, rivojlanish dinamikasi va xususiyatlarini aniqlagan holda muqobil ketma-ketlikda takomillashtirilgan.    
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi faoliyatlarni loyihalashning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
maktabgacha ta’limning muqobil shakllari (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi faoliyatlarni loyihalash va metodik ta’minlashni uslubi (Muhit uchinchi pedagog, ko‘p funksiyalilik, variativlik, qulaylik, ekologik xavfsizlik)  asosida takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Rivojlanish markazlarini loyihalash”, “Alternativ guruhlarda rivojlanish markazlarini loyihalash va metodik ta’minlash”  o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil  4-martdagi 03-03/1-269-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini loyihalashga va metodik ta’minlashga erishilgan;
xorijiy davlatlar tajribasi asosida rivojlantiruvchi muhitni yaratishning asosiy tamoyillari va variativ yondashuvlar asosida rivojlantiruvchi predmetli-fazoviy muhitni faollashtirish konsepsiyasida berilgan xulosa va takliflardan PZ-20170927124-raqamli “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim , Fan va Innovatsiyalar Vazirligning 2024-yil 9-yanvardagi 4/17-4/1-1111-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi faoliyatlarni loyihalash va metodik ta’minlashni takomillashtirish individual ta’lim traektoriyalarini qurish, boshlang‘ich, oraliq, yakuniy natijadorlikni baholash komponentlarini loyihalashtirish bosqichlari (tayyorlov, texnologik, yakuniy) asosida berilgan xulosa va takliflardan PZ-20170927124-raqamli “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligning 2024-yil  9-yanvardagi 4/17-4/1-1111-son ma’lumotnomasi).Natijada, ta’lim va tarbiya jarayonini innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish, tarbiyachining media kompetentligini oshirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi asosida tarbiyalanuvchilarining maktabga tayyorgarligini, shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, rivojlanish dinamikasi va xususiyatlarini aniqlagan holda muqobil ketma-ketlikda takomillashtirilgan xulosa va takliflardan “Syujetdi-rolli va sahnalashtirish rivojlanish markazida ta’limiy faoliyatni takomillashtirish” o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil  27-iyuldagi 03-03/1-269-son ma’lumotnomasi). Natijada, rivojlanish markazlarida ta’limiy faoliyatlarni  samarali tashkil etishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish