Umedjanova Malika Lukmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni aksiologik yondashuv asosida oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3847
Ilmiy rahbar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni aksiologik yondashuv asosida oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy asoslarini o‘rganish va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarini aksiologik yondashuv asosida oilaviy hayotga tayyorlash zamonaviy pedagogik fenomen ekanligi hamda bu zarurat pedagogik-psixologik, jismoniy-fiziologik, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarning muhim omili ekanligi aniqlashtirilgan;
talaba yoshlarni ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi urf-odatlar hamda ta’lim-tarbiya uyg‘unligida maqsadga yo‘nalganlik, vorisiylik, jamoaviylik kabi aksiologik yondashish asosida oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida aksiologik jarayon, motivatsion, kognitiv, faoliyatli hamda refleksiv baholash mezonlari asosida talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashning ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion metodlar tizimini qamrab olgan model mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarni o‘quv-biluv faoliyatlarida aksiologik yondashuv asosida oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarni aksiologik yondashuv asosida oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy natijalar va tavsiyalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida aksiologik jarayon, motivatsion, kognitiv, faoliyatli hamda refleksiv baholash mezonlari asosida talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashning motivatsion, kognitiv, integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion shakl, metod va vositalar tizimini qamrab olgan model mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i; 68-630-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarning aksiologik yondashuv asosida ma’naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirish hamda oilaviy hayotga tayyorlashga erishilgan.
talaba yoshlarni ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi urf-odatlar hamda ta’lim-tarbiya uyg‘unligida maqsadga yo‘nalganlik, vorisiylik, jamoaviylik kabi aksiologik yondashish asosida oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlari takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i; 302-0186-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalarini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarini aksiologik yondashuv asosida oilaviy hayotga tayyorlash zamonaviy pedagogik fenomen ekanligi hamda bu zarurat pedagogik-psixologik, jismoniy-fiziologik, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarning muhim omili ekanligi aniqlashtishga oid ma’lumotlar “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i; 68-630-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kreativ, faollik, reflektiv, empatik yondashuvlardan “Oila pedagogikasi” fanini o‘qitish jarayonida foydalanish orqali talabalarni oilaviy hayotga tayyorlashga erishilgan.