Adizova Nigora Baxtiyorovnaning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped438.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Shirinboy Sharopovich Olimov;  pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Sobirova Mahbuba Yusupdjanovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Hamroev G‘ofur Hasanovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirishning nazariy aspektlari va amaliy tendensiyalari adaptiv uyg‘unligini ta’minlashga erishish hamda ta’lim subektlari faoliyatining oʻzaro integral darajasining tashkiliy-didaktik va induktiv-reproduktiv muvofiqligini maqsadli ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirish mezonlarini qiyosiy darajalar, xalqaro dasturlar kontekstlariga manzilli muvofiqlashtirish hamda ilmiy tadqiqotchilik koʻnikmalarining tashkiliy-uslubiy yaxlitligi aniqlashtiririlgan;
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish paradigmalari ilmiy savodxonlik darajasini dinamik oshirish, tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish mobilligini oshirish didaktik tamoyillarga maqbul moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasiga qaratilgan ijodiy-kreativ faoliyat, tanqidiy-mantiqiy fikrlash koʻnikmalarning ta’lim traektoriyasiga determinatsiyalashganligi aniqlashtirilgan;
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiyalar algoritmik jarayonlarga tashkiliy-uslubiy jihatdan ustuvorlik berish hamda toʻplangan ma’lumotlarni qayta ishlash va taqdim qilishga yo‘naltirilgan uslubiy talablarining refleksiv jihatlariga birlamchi ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirish metodikasi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirishning nazariy aspektlari va amaliy tendensiyalari adaptiv uyg‘unligini ta’minlashga erishish hamda ta’lim subektlari faoliyatining oʻzaro integral darajasining tashkiliy-didaktik va induktiv-reproduktiv muvofiqligini ta’minlashga doir takliflar 60110500-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Ona tili o‘qitish metodikasi” darslik mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №232-259). Natijada, talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya foydalanishning oʻquv-metodik mazmunini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirishga erishilgan;
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirish mezonlarini qiyosiy darajalar, xalqaro dasturlar kontekstlariga manzilli muvofiqlashtirish hamda ilmiy tadqiqotchilik koʻnikmalarining tashkiliy-uslubiy yaxlitligiga doir takliflar 60110500-boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “O‘qish darslarini tashkil etish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i. Guvohnoma №194-421). Natijada, talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish paradigmalari ilmiy savodxonlik darajasini dinamik oshirish, tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish mobilligini oshirish didaktik tamoyillarga maqbul moslashtirishga doir xulosalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining “A1-XT-0-92997-raqamli Yoshlarni umuminsoniy milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini “Talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirishning metodik ta’minoti” qismini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 24-oktyabrdagi 423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiya asosida takomillashtirishga erishilgan.
talabalarda divergent tafakkurni muammoli ta’lim texnologiyalar algoritmik jarayonlarga tashkiliy-uslubiy jihatdan ustuvorlik berish hamda toʻplangan ma’lumotlarni qayta ishlash va taqdim qilishga yo‘naltirilgan uslubiy talablarining refleksiv jihatlariga birlamchi ustuvorlik berishga oid tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda, televidenie jamoasining sohaviy ishlarida, xususan, madaniy, dolzarb hamda ilmiy yo‘nalishdagi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston MTRK Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining  2024-yil 29-noyabrdagi 01-09-166-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda divergent tafakkurini rivojlantirishning amaliy ko‘nikmalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish