Sultanova Gulchexra Ozodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi amaliy san’at asarlarini muzeylashtirish masalalari”, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/San155.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Dilafruz Abdirashidovna, tarix fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, PhD.08/09.07.2020.San.118.01.
Rasmiy opponentlar: Kuryazova Darmon Turaevna, tarix fanlari doktori, dotsent; Seniya Baybosinova Sarsenbaevna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi amaliy san’at asarlarining muzeylashtirilishi jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi amaliy san’at ashyolari Xorazm amaliy-bezak san’atining maishiy turmush bilan bog‘liq: kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kiyim-kechak tayyorlash; me’moriy bezaklar bilan bog‘liq: koshinpazlik, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi turlari rivojlanganligini, amaliy-bezak san’ati rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, savdo-sotiq, ustoz-shogird, qo‘shnichilik munosabatlari, xususan Eron, Buxoro, turkman-qoraqalpoq an’analari ta’sir o‘tkazganligi asoslangan;
muzeyda Xorazm tarixi, madaniyati, urf-odatlari, san’ati, hunarmandchiligi va adabiyotini aks ettirivchi ekspozisiyalar yaratishda – kulolchilik va koshinpazlik, mis kandakorligi, zargarlik, qurol-aslahalar, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi buyumlari, chinni buyumlar, gilamlar, cholg‘u asboblari, liboslar, to‘qimachilik buyumlarining muhim ahamiyati dalillangan;
shaxsiy kolleksiyalarda, xususan O.Sultonov, A. Umarov, Sh.Shoyoqubov, R.Sultonov kabi kolleksionerlarda saqlanayotgan badiiy qiymatga ega bo‘lgan muzeylarda uchramaydigan, taniqli ustalar ijodiga taalluqli Xorazm amaliy san’ati namunalaridan kandakorlik, kulolchilik, yog‘och, ganch, tosh o‘ymakorligi san’ati namunalari va voha ustalari ijodi, faoliyatiga doir ma’lumotlar ilk bora ilmiy muomalaga kiritilgan;
muzeylarda zamonaviy ekspozisiyalar, ko‘rgazmalar tashkil etish bugungi kunning talabi ekanligi, zamonaviy texnologiyalar joriy etish orqali sayyohlar uchun xizmatlar sifatini oshirish lozimligi, shu maqsadda “Ichan-qal'a” davlat muzey- qo‘riqxonasidagi amaliy san’at asarlarining muzeylashtirishga oid hujjatlarini raqamlashtirish, ilmiy pasportlarini mutaxassislar yordamida to‘liq shakllantirish, amaliy san’at asarlarini saqlash hamda ommalashtirish va targ‘ib qilish masalalari muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi amaliy san’at asarlarini muzeylashtirish masalalari mavzuda olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida amaliy san’at asarlarining tadqiqi Xorazmda amaliy-bezak san’atining maishiy turmush bilan bog‘liq: kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kiyim-kechak tayyorlash; me’moriy bezaklar bilan bog‘liq: koshinpazlik, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi turlari rivojlanganligini, amaliy-bezak san’ati rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, savdo-sotiq, ustoz-shogird, qo‘shnichilik munosabatlari, xususan Eron, Buxoro, turkman-qoraqalpoq an’analari ta’sir o‘tkazganligi kabi ma’lumotlaridan zamonaviy muzeylashtirish tamoyillari asosida yangi ekspozisiya va ko‘rgazmalar tashkil etishda foydalanilgan. Xorazm amaliy san’ati tarixi, an’analari, maktablari, o‘ziga xos xususiyatlari, ustalar ijodi, amaliy san’at asarlari taxlili materiallaridan, muzey ekspozisiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqotlaridan “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatida qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari materiallaridan  “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasining Amaliy san’at bo‘limini boyitishda, muzey-qo‘riqxona ilmiy xodimlari tomonidan maktablarda ochiq darslar, ekskursiyalar o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 22-oktyabrdagi 02-05/3970-son ma’lumotnomasi). Natijada tashrifchilar va keng aholida, ayniqsa yoshlarda madaniy merosga hurmatni shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi noyob eksponatlarning 3D animatsiyali virtual galereyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida ham qo‘llanilgan. Loyihada tadqiqot ishiga doir muzeyda Xorazm tarixi, madaniyati, san’ati, hunarmandchiligi va adabiyotini aks ettirivchi ekspozisiyalar yaratishda – qurol-aslahalar, kulolchilik va koshinpazlik, mis kandakorligi, yog‘och, ganch va marmar o‘ymakorligi buyumlari, zargarlik, chinni buyumlar, gilamlar, cholg‘u asboblari, liboslar, to‘qimachilik buyumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan foydalanilgan hamda loyiha samaradorligiga xizmat qilgan. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi faoliyatida Xorazm amaliy san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy va madaniy hayotidagi o‘rni, mazkur hududga xos bo‘lgan milliy kiyimlar, voha do‘ppilari, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, zargarlik, kandakorlik buyumlaridagi badiiy bezaklar tahlili, milliy kiyimlar tikuvchi hunarmandlar va bugungi kunda ushbu san’at turlarini davom ettirib kelayotgan ustalar hamda ularning ijodiy ishlari borasidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2024-yil 21-noyabrdagi 03-09/135-1664-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan xulosalar mazkur loyihaning ilmiy ahamiyatini oshishiga xizmat qilgan;
keyingi yillarda Hukumatimiz tomonidan hunarmandlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, berilgan imtiyozlar natijasida amaliy-bezak san’atining yuksalayotganligi, usta-hunarmandlar sonining ortganligi, bularning natijasida sayyohlar sonining ko‘payib borayotganligi, san’at bozorining rivojlanganligi xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, muzey fondida saqlanayotgan noyob eksponatlar xorijda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda namoyish qilish, muzeylashtirilgan obektlarda sayyohlikning takomillashtirish mezonlari hamda taraqqiyot omillarini aniqlash madaniy turizmni rivojlanishiga asos bo‘lishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Ibtido” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston telekanalining 2024-yil 13-dekabdagi 02-31-1291–son ma’lumotnomasi). Natijada madaniy merosni, xalq amaliy san’atini keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
shaxsiy kolleksiyalarda, xususan O.Sultonov, A. Umarov, Sh.Shoyoqubov, R.Sultonov kabi kolleksionerlarda saqlanayotgan Xorazm amaliy san’ati asarlariga oid kandakorlik, kulolchilik, yog‘och, ganch, tosh o‘ymakorligi san’ati namunalari va vohaning taniqli ustalari ijodi, faoliyatiga doir ma’lumotlardan amaliy san’at asarlari targ‘ibotida hamda Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining “Xorazmnoma” dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-maydagi 428-son ma’lumotnomasi). Natijada keng jamoatchilik orasida ilk bora shaxsiy kolleksionerlarda saqlanayotgan Xorazm amaliy san’ati namunalari va ustalari ijodi to’g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlarni yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish