Yuldasheva Gulhayo Ismoiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatidan oldin va kam vaznli tug‘ilgan chaqaloqlarning erta bolalik davridagi klinik-nevrologik xususiyatlari, terapevtik yondashuvni optimallashtirish», 14.00.13-Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2120.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Nargiza Nasriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuxrat Tashmirovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Fomina Mariya Yur`evna tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erta tug‘ilgan va kam vaznli yosh bolalarning klinik va nevrologik xususiyatlarini o‘rganish, natijalarni oldindan bashorat qilish va terapevtik yondashuvlarni optimallashtirish uchun keng qamrovli diagnostika dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda tug‘ilgandagi tana vazniga bog‘liq holda nevrologik kasalliklarni rivojlanish xavfini bashoratlovchi kompleks differensial yondashuv ishlab chiqilgan;
   muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda elektroensefalografiya tekshiruvida miya tuzilmalarining morfo-funksional etuk emasligi va neyrosonografiyada miya qorinchalari ichiga qon quyilishi 2 darajasi mavjudligining aniqlanishi, erta bolalik davrida og‘ir harakat tizimi buzilishlarining rivojlanishiga olib kelishi va aqliy, motor rivojlanish indekslari o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda erta bolalik davrida aqliy, motor va xulq-atvor rivojlanishini ortda qolishining aniq chegarasi, muddatiga etib tug‘ilgan tengdoshlariga nisbatan aniqlangan;
muddatidan oldin kam tana vazni bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda aniqlangan diagnostik va erta prognostik biomarkerlar asosida, olib borish tartibi va takomillashtirilgan komplekc davo chora-tadbirlari majmuasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Muddatidan avval va kam vaznli tug‘ilgan go‘daklarni erta bolalik davridagi keng qamrovli, dinamik kuzatuvlar hamda ilmiy tekshiruvlar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ilishning og‘irlik darajasi va erta bolalik davridagi nevrologik kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqligi Bayley II shkalasi bo‘yicha aniqlanishi, erta aralashuv va davolash kelajakda nevrologik asoratlarning kamayishiga olib kelishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan 2022 yil 30 may №8 n-r/564 - son bilan tasdiqlangan « Muddatidan oldin va kam tana vazni bilan tug‘ilgan bolalarda psixomotor va xulq-atvor buzilishlarini tashxislash usuli » nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 47-oilaviy poliklinikada 02.05.2023 yil 97-son buyrug‘i bilan, Namangan viloyati Uychi tumani tibbiyot birlashmasida 30.05.2023 yildagi 104-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyul` № 02/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarda chalalikning og‘irlik darajasi va Bayley II shkalasi bo‘yicha erta bolalik davrida yuzaga keluvchi nevrologik kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlanishi va unga ko‘ra erta tashxislash, birlamchi tibbiy yordam bo‘g‘inidagi shifokorlariga erta bolalik davrida xavf ostida bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: erta tug‘ilgan chaqaloqlarni ambulator sharoitida davolash har bir bolaga 518000 so‘m (1 kurs uchun) ni tashkil qiladi. Bayley II shkalasini qo‘llash natijasida bu miqdor 356450 so‘mga teng bo‘ldi: EEF=Sssl-Sskol=518500-356450=162050 so‘m. Shunday qilib, iqtisodiy samaradorlik 1 nafar erta tug‘ilgan bolaga 1 davolash kursi uchun 162050 so‘mni va 1 yil uchun 648200 so‘mni (4 davolash kursi) tashkil etdi. 56 bemor uchun bu miqdor 36299200 so‘mni tashkil etdi. Yillik iqtisodiy samaradorlik koeffisienti: KEF=EEF/Sskol =518500/356450=1,45. Xulosa: bolalardagi Bayley II shkalasining qo‘llanishi erta tug‘ilgan chaqaloqlarda asab kasalliklari rivojlanish xavf guruhini aniqlashga, har bir bemor uchun 162050 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda miya tuzilmalarining morfo-funksional etuk emasligi va NSGda QIQQ 2 darajasining mavjudligini aniqlash, asab tizimining turli xildagi buzilishlari xavfini kamaytirishi, shuningdek erta bolalik davrida og‘ir harakat tizimi buzilishlarining rivojlanishining oldini olishga yordam berishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan 2022 yil 30 may №8 n-r/564-son bilan tasdiqlangan « Muddatidan oldin va kam tana vazni bilan tug‘ilgan bolalarda psixomotor va xulq-atvor buzilishlarini tashxislash usuli » nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 47-oilaviy poliklinikada 02.05.2023 yil 97-son buyrug‘i bilan, Namangan viloyati Uychi tumani tibbiyot birlashmasida 30.05.2023 yildagi 104-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyul` № 02/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: neyrovizual va neyrofiziologik tekshiruvlari yordamida nevrologik kasalliklarni erta tashxislash, optimal davolashni samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda miyadagi patologik o‘zgarishlarni ko‘rsatadigan neyrovizual va neyrofiziologik usullaridan foydalanish, erta aralashuv va maqsadli optimal davolash samaradorligini oshirishga yordam beradi. Yuqoridagi usullardan foydalanish erta tashxis qo‘yish va optimal davolash taktikasini ta’minlaydi va 1 bola uchun 312000 so‘mni, iqtisodiy samaradorlik Eef = SSsl – Sskol = 518500 – 312000 = 206500 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: erta tug‘ilgan chaqaloqlarda miyaning funksional holatini aniqlash uchun neyrovizual va neyrofiziologik usullaridan foydalanish 1 bemor uchun 206500 so‘mni tejaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: Bayley II shkalasi bo‘yicha muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanish indeksi va harakat tizimi rivojlanish kechikishi, xulq-atvorni rivojlantirish indeksi va bolalarda xulq-atvor buzilishi tashxisi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish, erta tug‘ilgan chaqaloqlarda nevrologik asoratlarning rivojlanishini bashorat qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan 2022 yil 30 may №8 n-r/564-son bilan tasdiqlangan « Muddatidan oldin va kam tana vazni bilan tug‘ilgan bolalarda psixomotor va xulq-atvor buzilishlarini tashxislash usuli » nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 47-oilaviy poliklinikada 02.05.2023 yil 97-son buyruq bilan, Namangan viloyati Uychi tumani tibbiyot birlashmasi 30.05.2023 yil 104-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyul` № 02/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Bayley II shkalasidan foydalanish nevrologik asoratlarni oldindan aniqlashga yordam beradi va bolalarning o‘z tengdoshlaridan qancha vaqt orqada qolayotganligi haqida aniq tasavvur beradi, bu esa erta aralashuv va davolash choralarini amalga oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘z vaqtida aralashuv 1 nafar muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqni davolashning 1 kursi uchun iqtisodiy samaradorlikni 162050 so‘mga, 1 yil uchun (4 davolash kursi) — 648200 so‘mga oshiradi. Yillik tejash qiymati: Iyil = Iu – Shum = 2074000-1457800=616200 so‘m. Bu erda Iyil-kasallikning o‘rtacha yillik xarajatlari, Iu va Shum yil davomida asosiy va tavsiya etilgan variantlarda kasallikni tashxislash va davolash xarajatlari. Xulosa: erta tug‘ilgan chaqaloqlarda Bayley II shkalasidan foydalanish nevrologik asoratlarni bashorat qilish, salbiy oqibatlarning oldini olish va 1 nafar bemor hisobidan yiliga 616200 so‘mni tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta bolalik davrida (3 yoshgacha davr) nevrologik shikastlanish 2,2 baravar kamaydi. Tug‘ilgandagi vazni, nevrologik sindrom turlari, qonning biokimyoviy tahlili, neyrofiziologik, neyrovizual usullari va Bayley II shkalasi ko‘rsatkichlari asosida «Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni kuzatish algoritmi» elektron dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu me’zondan foydalanish nogironlikni kamaytirish va bolalarning hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelishi  bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashi tomonidan 2022 yil 30 may №8 n-r/564-son bilan tasdiqlangan «Muddatidan oldin va kam tana vazni bilan tug‘ilgan bolalarda psixomotor va xulq-atvor buzilishlarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 47-oilaviy poliklinikada 02.05.2023 yil 97-son buyrug‘i bilan, Namangan viloyati Uychi tumani tibbiyot birlashmasi 30.05.2023 yil 104-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 8 iyul` № 02/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: algoritm va optimal davolash erta tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llanishi tufayli nogironlik soni kamaydi va ularning hayot sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: erta tashxis qo‘yish va optimal davolash choralarini qo‘llash natijasida nogironlik 2,2 barobar kamaydi, har 1 nogiron bolaga 808000 so‘m nafaqa puli beriladi. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida nogironlikning pasayishi davlat hisobidan 1 bola uchun 14544000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Xulosa: ushbu ko‘rsatmalarda keltirilgan nevrologik o‘zgarishlar funksional tekshiruvning neyrovizual usullari yordamida olingan ma’lumotlarga ko‘ra aqliy va harakat tizimi sohalarining rivojlanish darajasini aniqlashga imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish