Qo‘ziev Otabek Jo‘raqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek populyasiyasi shaxslari dermatoglifikasining sud-tibbiy jihatlari” 14.00.24 – Sud tibbiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib 574.
Ilmiy maslahatchi: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/02.07.2024.Tib.122.02.
Rasmiy opponentlar: Eshbaev Erkin Abduhalimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Jumanov Ziyodulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Yuldashev Baxrom Sobirjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston respublikasi diplomdan keyingi tibbiy – ta’lim instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek populyasiyasiga mansub shaxslarda qo‘l barmoqlari dermatoglifikasining fenotipologiyasi asosida konstitusional informativ belgilarini aniqlash hamda sud-tibbiy dermatoglifik usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sud-tibbiyoti amaliyotida o‘zbek populyasiyasiga mansub shaxslarning qo‘l barmoqlari dermatoglifikasining shaxs identifikatsiyasi bilan bog‘liq jihatlarini tizimlashtirish asoslangan;
tirik shaxslarda barmoq andozalarini olishni bo‘yoqli usuli maxsus qurilma orqali takomillashtirilgan, murdalarda barmoq andozalarini bo‘yoqsiz usulda olinishi odatiy skaner yordamida takomillashtirilgan;
o‘zbek populyasiyasiga mansub shaxslarning qo‘l barmoq distal falangalarinidagi dermatoglifik alomatlarni: naqshlarning shakli, turi va xilining tug‘ma o‘zgarmaydigan, o‘zgaruvchan hamda ortirilgan belgilarini inobatga olgan holda dermatoglifik tasnif takomillashtirilgan;
qo‘l barmoq distal falangalarini papilyar chiziqlaridagi tojsimon qirralarning daktilloskopik  sanog‘ini avtomatlashtirish orqali 97% aniqlikda gender xususiyatlarini identifikatsiyalash isbotlangan;
barmoqlarning distal falangalari dematoglifik alomatlari asosida ishlab chiqilgan mezonlar, sud tibbiyoti soha vakillarini shaxsni – aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertizalarida qo‘llash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek populyasiyasiga mansub shaxslarda qo‘l barmoqlari dermatoglifikasining fenotipologiyasi asosida konstitusional informativ belgilarini aniqlash hamda sud-tibbiy dermatoglifik usullarni takomillashtirish mavzusi borasida erishilgan ilmiy natijalar sud tibbiyoti ekspertizasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 25 sentyabr, 2024 yildagi 6-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi bilan tasdiqlangan), (Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining uslubiy tavsiyanomani amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi 27 iyul` 2022 yildagi 18/AF/2022buyrug‘i bilan tasdiqlangan).
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sud-tibbiyoti amaliyotida o‘zbek populyasiyasiga mansub shaxslarning qo‘l barmoqlari dermatoglifikasining shaxs identifikatsiyasi bilan bog‘liq jihatlarini tizimlashtirish asoslangan. Tadqiqot natijalari sud tibbiyoti amaliyotiga, (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 25 sentyabr, 2024 yildagi 6-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi) jumladan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali (25 noyabr 2022-yildagi, 23-sonli buyruq), Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali (05 dekabr 2022-yildagi, 34-sonli buyruq), Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali (08 avgust 2022-yildagi, 26-sonli buyruq) hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo filiallarida (11 noyabr 2022-yildagi, 24-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:ommaviy baxtsiz halokatlarda, shaxsi noma’lum burdalangan  murdalarni biometrik saralashda hamda shaxs identifikatsiyasida ekspertiza sifati va aniqligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sud tibbiyoti amaliyotida shaxs identifikatsiyasi bilan bog‘liq ekspertizalarini o‘tkazish jarayonida sarf qilinadigan xom-ashyoni hamda sud-tibbiy ekspert vaqti va mablag‘ini tejalishiga olib keladi. Xulosa: olingan natijalar barmoq dermatoglifik andozalarini optik raqamli texnalogiyalar yordamida olinishi shaxsi noma’lum murdalar identifikatsiyasida ekspert xulosalarining sifatini oshirishga yordam bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: tirik shaxslarda barmoq andozalarini olishni bo‘yoqli usuli maxsus qurilma orqali takomillashtirilgan, murdalarda barmoq andozalarini bo‘yoqsiz usulda olinishi odatiy skaner yordamida takomillashtirilganligi bo‘yicha “Sud tibbiyotida daktiloskopik identifikatsiya samaradorligini oshirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va sud tibbiyoti amaliyotiga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 25 sentyabr, 2024 yildagi 6-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi),( Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialining 25 noyabr 2022-yildagi, 23-sonli buyrug‘i, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filialining 05 dekabr 2022-yildagi, 34-sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat:  ishlab chiqilgan tirik shaxslarda  qo‘l-barmoq andozalarini bo‘yoqli usulda olishga moslashtirilgan qurilma yordamida olingan andozalar tasviri an’anaviy usulda olingan tasvirlardan naqsh maydonining kengligi, chiziq detallarining aniqligi bilan ustun turishi  isbotlangan., bu esa o‘z navbatida shaxsi noma’lum murdalarni dermatoglifik identifikatsiyasida ekspert xulosalarining aniqligini va sifatini oshirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullar yordamida barmoq naqshlarini to‘laqonli tasvirini olishga erishilgan bo‘lib, o‘z navbatida tasvirlarni miqdoriy natijalari to‘g‘risida qisqa muddatda ma’lumot olish imkonini yartgan. Mazkur jarayonda ananaviy hamda ishlab chiqilgan usullar o‘rtasidagi Keff tafovuti 276,2 tashkil etib, bir xil natijaga erishish uchun kam xarajatni talab etilishi isbotlagan. Xulosa: sud tibbiyoti amliyotida takomillashtirilgan usullar mazkur soha ekspertizalari tashxisoti hamda xulosalari sifatini oshirgan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasiga mansub shaxslarning qo‘l barmoq distal falangalarinidagi dermatoglifik alomatlarni naqshlarning shakli, turi va xilining tug‘ma o‘zgarmaydigan hamd ortirilgan belgilarini inobatga olgan holda sud–tibbiy dermatoglifik tasnif takomillashtirilgan va sud tibbiyoti amaliyotiga (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 25 sentyabr, 2024 yildagi 6-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi), Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali (08 avgust 2022-yildagi, 26-sonli buyruq) hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo filiallarida (11 noyabr 2022-yildagi, 24-sonli buyruq) tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘zbek populyasiyasi shaxslari dermatoglifik jihatlarini tavsiflovchi mukammallashtirilga tasnif, ekspertiza xulosalari sifati va xolisligini ta’minlashga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mazkur dasturdan foydalanish orqali shaxs identifikatsiyasi bilan bog‘liq o‘tkaziladigan ekspertizalarda, ekspert vaqti hamda xom-ashyo sarfini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: o‘zbek populyasiyasi shaxslari dermatoglifik jihatlarini tavsiflovchi mukammallashtirilga tasnif, ekspertiza xulosalari sifati va xolisligini ta’minlashga yordam bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘l barmoq distal falangalarini papilyar chiziqlaridagi tojsimon qirralarning daktilloskopik  sanog‘ini avtomatlashtirish borasida “Kompyuter texnologiyasidan foydalangan holda barmoq izi tasvirini optik shakllantirish jarayonida barmoq va kaft dermatoglifikasini aniqligini oshirish usuli” uslubiy tavsiyalar sud tibbiy ekspertiza amaliyotiga (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 25 sentyabr, 2024 yildagi 6-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi), Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali (08 avgust 2022-yildagi, 26-sonli buyruq) hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo filiallarida (11 noyabr 2022-yildagi, 24-sonli buyruq) tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan dermatoglifik alomatlar hisobini olishni avtomatlashtirilgan usulini qo‘llash orqali 97% aniqlik bilan o‘zbek populyasiyasiga mansub shaxsi noma’lum insonlarning qo‘l barmoq distal falangalarinini  papilyar chiziqlarining sanog‘ini  gender xususiyatlarini inobatga olgan holda aniqlashga erishilgan. Barmoq andozalari tasvirlarni sifatli olish hamda tashxisiy ma’lumotlarni aniq talqin qilish natijalar orqali ekspert xulosalari sifatini oshirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikni aniqlash maqsadida tasxisiy testni sarf qilingan samaradorlikni hisoblash usulidan foydalanilgan (Jefferson T., 2003): Keff = Sost/Eff,  Cost – sarf yig‘indisi, Eff – samaradorlik (tashxisiy aniqlik, %). “Del`ta” dasturini qo‘llagan holda- Keff = 479,5 sarf-xarajat yig‘indisi 46800 so‘m va samaradorlik 97,6%. Ushbu holatda ananaviy usul hamda ishlab chiqilgan usul orasidagi Keff tafovuti 358,9 tashkil etgan. Ishlab chiqilgan usul bilan bir xil natijaga erishish sarf xarajatni kamayishiga olib kelgan. Xulosa: tadqiqot natijalari ekspertiza xulosalari sifati va xolisligini ta’minlashga yordam bergan.
 beshinchi ilmiy yangilik: barmoqlarning distal falangalari dematoglifik alomatlari asosida ishlab chiqilgan mezonlar, sud tibbiyoti soha vakillarini shaxsni – aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertizalarida qo‘llash asoslangan. O‘zbek populyasiyasi shaxslari dermatoglifik belgilari asosida noma’lum shaxsni bo‘y o‘lchami, jinsi va yoshga doir parametrlarni o‘z ichiga olgan mezonlar ishlab chiqilib (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 25 sentyabr, 2024 yildagi 6-sonli ilmiy-tadqiqot ishlari va natijalarini amliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasi), Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filiali (25 noyabr 2022-yildagi, 23-sonli buyruq), Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali (05 dekabr 2022-yildagi, 34-sonli buyruq), Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Farg‘ona filiali (08 avgust 2022-yildagi, 26-sonli buyruq) hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo filiallarida (11 noyabr 2022-yildagi, 24-sonli buyruq) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qo‘l barmoqlari distal falangalari papilyar chiziqlarining identifikatsion majmui ommaviy baxtiz halokatlarda murdalarni biometrik saralashda, burdalangan murdalarni shaxsini aniqlashda sud-tibbiy, kriminalistik va dermatoglifik  tekshiruvlarda shaxs identifikatsiyasiga  bog‘liq masalalarini echimida foydalaniladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Shaxs identifikatiyasi bilan bo‘liq ekspertizalarda, tekshiruv vaqti hamda sarf-xarajatni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ekspert xulosalari sifati va xolisligini ta’minlashga yordam bergan. Ishlab chiqilgan mezonlar orqali sarflangan sarf-xarajat yig‘indisi 46800 so‘m va samaradorlik 97,6%.tashkil qildi. Xulosa: tadqiqot natijalari shaxs identifikatiyasi bilan bo‘liq ekspertizalarda, tekshiruv vaqti hamda sarf-xarajatni kamaytirish orqali ekspert xulosalari sifati va xolisligini ta’minlashga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish