Allamuratova Venera Ziuatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, “8-9 sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotini takomillashtirish (Informatika va axborot texnologiyalari fani misolida)”
13.00.06 –Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped 8449.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sadikova Albina Venerovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktri (DSc); Eshimov Raxmanqul Rustamovich ,pedagogika fanlari nomzodi, (PhD) dosent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirish dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim ehtiyojlariga ko‘ra axborotni boshqarish, individuallashtirish, qo‘llab-quvvatlash va LMS(ta’limni boshqarish tizimlari) bilan integratsiyani ta’minlash, dasturli ta’minotlarni yaratishda hamda yondashuvlar va xususiyatlar hisobga olish, xorijiy tajribalarga asoslangan holda, dasturiy-metodik ta’minotining asosiy komponentlarini tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini joriy etish modeli o‘quv jarayonini individuallashtirishning axborot-integrativ yondashuv, didaktik, metodik, texnik talablariga moslashtirish, hamda jarayonli blokni “Leran informatics” model ta’lim platformasining mazmunini maqsadli modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini joriy etish metodikasi “Leran informatics” mobil ta’lim platformalarga XXI asr ko‘nikmalarining rivojlantirishga qaratilgan mazmuni, o‘qitishda individuallik, interaktivlik, 3-2-1 strategiyasi, aqliy hujum, so‘rovlarga asoslangan ta’lim metodlarni kiritish, o‘quv materiallarini tezkor yangilab borish, test topshiriqlar diagnostikasi raqamli monitoringini aniqlash o‘quvchilarning individuallashtirilgan ehtiyojlariga qaratilgan jarayonini loyihalash, kontentlar yaratish topshiriqlarni o‘quvchining tayyorgarlik darajasiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
8-9-sinf o‘quvchilarning axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotidan foydalanish samaradorligi o‘quvchi-mobil, o‘qituvchi mobil ilova, o‘qituvchi-o‘quvchi jarayonlarini bog‘liqligi va aloqadorlikni ta’minlash, o‘z-o‘zini naqarot qilish, o‘zlashtirilgan bilimlarning dinamik sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 8-9 sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy metodik ta’minotinini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini ta’lim ehtiyojlariga ko‘ra axborotni boshqarish, individuallashtirish, qo‘llab-quvvatlash va LMS(ta’limni boshqarish tizimlari) bilan integratsiyani ta’minlash, dasturli ta’minotlarni yaratishda hamda yondashuvlar va xususiyatlar hisobga olish, xorijiy tajribalarga asoslangan holda, dasturiy-metodik ta’minotining asosiy komponentlarini tasniflash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 28-dekabr 11-05-7572/04-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan.
8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini joriy etish modeli o‘quv jarayonini individuallashtirishning axborot-integrativ yondashuv, didaktik, metodik, texnik talablariga moslashtirish, hamda jarayonli blokni “Leran informatics” model ta’lim platformasining mazmunini maqsadli modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari talabalarning matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 28-dekabr 11-05-7572/04-sonli dalolatnomasi). Natijada axborot kompetensiyalarini rivojlantirish va dasturiy-metodik ta’minotini joriy etish modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotini joriy etish metodikasi “Leran informatics” mobil ta’lim platformalarga XXI asr ko‘nikmalarining rivojlantirishga qaratilgan mazmuni, o‘qitishda individuallik, interaktivlik, 3-2-1 strategiyasi, aqliy hujum, so‘rovlarga asoslangan ta’lim metodlarni kiritish, o‘quv materiallarini tezkor yangilab borish, test topshiriqlar diagnostikasi raqamli monitoringini aniqlash o‘quvchilarning individuallashtirilgan ehtiyojlariga qaratilgan jarayonini loyihalash, kontentlar yaratish topshiriqlarni o‘quvchining tayyorgarlik darajasiga moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 28-dekabr 11-05-7572/04-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotdan foydalanish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
8-9-sinf o‘quvchilarining axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotidan foydalanish samaradorligi o‘quvchi-mobil, o‘qituvchi mobil ilova, o‘qituvchi-o‘quvchi jarayonlarini bog‘liqligi va aloqadorlikni ta’minlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘zlashtirgan bilimlarning dinamik sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari talabalarning matematik kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 28-dekabr 11-05-7572/04-sonli dalolatnomasi).Natijada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini dasturiy-metodik ta’minotdan foydalanish samaradorligi oshgan.
8-9-sinf o‘quvchilarning axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-metodik ta’minotidan foydalanish samaradorligi o‘quvchi-mobil, o‘qituvchi mobil ilova, o‘qituvchi-o‘quvchi jarayonlarini bog‘liqligi va aloqadorlikni ta’minlash, o‘z-o‘zini naqarot qilish, o‘zlashtirilgan bilimlarning dinamik sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 28-dekabr 11-05-7572/04-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning axborot kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashga sharoit yaratilgan.