Botirova Adiba Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifasining funksional-sintaktik tahlili», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil 474.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Juliboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Madrahimov Ilxom Sobirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili so‘z turkumlari birlamchi va ikkilamchi vazifasining funksional-sintaktik tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til taraqqiyotida so‘z turkumlari paradigmasining o‘zgarishi, so‘z turkumlaridagi sintaktik vazifa, semantika va morfologik shaklning o‘zaro munosabati, turkiy tillardagi so‘z turkumlari paradigmasiga xos funksional-semantik xususiyatlar atroflicha asoslab berilgan;
olamning lisoniy tasviri va so‘zlarning funksional ixtisoslashuvi, lisoniy birlikda yuz bergan funksional-semantik o‘zgarishlar, so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifalari aniqlashtirilgan;
so‘zga mantiqiy va grammatik munosabat: farqlilik va mujassamlashuv omillari, so‘z turkumlarida tushuncha va so‘z munosabatining namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifalashuvida mantiqiy va lingvistik, derivatsion va shakl yasalishi omillarining o‘rni va roli masalalari yoritib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lisoniy birlikning funksional o‘zgarishlari, so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifalari, o‘zbek tilida so‘z turkumlari paradigmasi jihatlari, polifunksionalligi, gap bo‘laklariga munosabatining funksional-sintagmatik tabiatini tadqiq etish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
yasama so‘z va yasalgan so‘zni farqlash, so‘z turkumlari mohiyatini oydinlashtirish, derivatsion va shakl yasalishi omillari masalalari OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» (2007–2011) nomli fundamental tadqiqot loyihasida tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil 28 avgustdagi 89-04-1211-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish har bir so‘z yasash qolipi hosilasining qanday o‘rin egallashini aniq belgilab berishni farqlovchi omilni aniqlashga olib kelgan;
xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari asarlarida qo‘lanilgan so‘zlarning serma’noligini aniqlash va birlamchi hamda ikkilamchi ma’nolarni farqlash masalalari XT-F-2-004 raqamli «O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari» (2008–2010) nomli fundamental tadqiqot loyihasida tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 2018 yil 28 avgustdagi 89-04-1211-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida o‘qituvchilar kasbiyning notiqlik mahoratini oshirishga xizmat qilgan;
so‘zlarning birlamchi va ikkilamchi vazifasi bilan bog‘liq ma’nolardan amaliy va tasviriy san’at atamalarini shakllantirish masalalari YoA1-FQ-0-07289 raqamli «Milliy amaliy va tasviriy san’at atamalarining qisqacha o‘zbekcha, ruscha, inglizcha izohli lug‘ati» (2014–2016) nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil 28 avgustdagi 89-04-1211-son ma’lumotnomasi). Ishda olingan amaliy natijalarning qo‘llanilishi amaliy va tasviriy san’at atamalarini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilgan.