Mamutova Yulduz Reymbergenovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (qoraqalpoq sinflari misolida)», 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8235.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.12.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Babaniyazova Nargiza Polatovna, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini lingvokognitiv tamoyillar asosida orfoepik va strategik rivojlantirish, nutqiy faoliyatda bo‘gʻinlab o‘qish, ongli shaklda o‘qish, ifodali o‘qish va aniq qilib o‘qish ko‘niknalarini shaklantirishning lingvo-psixologik imloniyatlari aniqlashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qishdagi artikulyasion ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik-psixologik imkoniyatlarini idientiv uygʻunlashtirish, o‘qish faoliyatidagi lingvometodik imkoniyatlarini ratsional ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini (tezlik, aniqlik va tushunish) kognitiv rivojlantirish, o‘qish jarayonida vizual va fonemik idrokni bosqichma-bosqich kuchaytirish hamda o‘qish ko‘nikmalarini algoritmik izchillikda tashkiliu-lingvodidaktik jihatdan shakllantirishga qaratilgan komponentlarni geteroxronik rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarining didaktik modelini izchil rivojlantirish, o‘zlashtirish dinamikasini mazmunga ko‘ra yaxlitlash, murakkab matnlarni o‘qish jarayonida lingvodidaktik produktogenligini ta’minlash, o‘qish ko‘nikmalarini metodologik va didaktik talablariga muvofiq refleksiv va tezkor ravishda shakllantirishga doir lingvopragmatik shakllarini ratsional ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini lingvokognitiv tamoyillar asosida orfoepik va strategik rivojlantirish, nutqiy faoliyatda bo‘gʻinlab o‘qish, ongli shaklda o‘qish, ifodali o‘qish va aniq qilib o‘qish ko‘niknalarini shaklantirishning lingvo-psixologik imloniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Becoming a better reader” o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrugʻi asosida berilgan 611161-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik taʻminoti boyitilgan.
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qishdagi artikulyasion ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik-psixologik imkoniyatlarini idientiv uygʻunlashtirish, o‘qish faoliyatidagi lingvometodik imkoniyatlarini ratsional ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Boost your reading (with literature)” o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrugʻi asosida berilgan 277-180-son nashr ruxsatnomasi). Natijada ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini kognitiv rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan.
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini (tezlik, aniqlik va tushunish) kognitiv rivojlantirish, o‘qish jarayonida vizual va fonemik idrokni bosqichma-bosqich kuchaytirish hamda o‘qish ko‘nikmalarini algoritmik izchillikda tashkiliu-lingvodidaktik jihatdan shakllantirishga qaratilgan komponentlarni geteroxronik rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filialining 2024-yil 18 yanvardagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini kognitiv rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarining didaktik modelini izchil rivojlantirish, o‘zlashtirish dinamikasini mazmunga ko‘ra yaxlitlash, murakkab matnlarni o‘qish jarayonida lingvodidaktik produktogenligini ta’minlash, o‘qish ko‘nikmalarini metodologik va didaktik talablariga muvofiq refleksiv va tezkor ravishda shakllantirishga doir lingvopragmatik shakllarini ratsional ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasining “Xabar” axborot dasturida va radioeshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpogʻiston teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-dekabrdagi 05/22/645-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini kognitiv rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.