Djoldasov Rasul Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalashning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish (yuqori sinf o‘quvchilari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7327.
Ilmiy rahbar: Utepbergenova Amangeldi Qutlimuratovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori, professor v.b..
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  jismoniy tarbiya darslarida yuqori sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashning didaktik imkoniyatlarini oshirishning mazmuni va metodlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy tarbiya fani bilan bog‘liq estetik ong va madaniyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tayanch (etetik zavq, estetik tasavvur, estetik ehtiyoj, estetik qiziqish, estetik faoliyat, estetik idrok) kompetensiyalar tizimi aniqlashtirishtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyalanganlik darajasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar va turli sport o‘yinlarini tanlab olishni hamda darsning mazmuni va metodiga mosligini ta’minlovchi didaktik talablar (estetik mazmunni anglashga yo‘naltirish, yosh va gender xususiyatlari, tabaqalashtirilgan tarzda yondashish) takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida yuqori sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalash jarayonini ilmiy-pedagogik yondashuvlarga asoslangan holda zamonaviy didaktik vositalarni (an’anaviy, noan’anaviy, musobaqa, ko‘rgazmali, muammoli o‘qitish) qo‘llash mexanizmlari takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyasini shakllantirishga doir nazariy bilim hamda amaliy malakalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’limning jismoniy tarbiya darslarida yuqori sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalash yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik hamda amaliy takliflar asosida dissertatsiyaning asosiy natijalari:
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy tarbiya fani bilan bog‘liq estetik ong va madaniyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi tayanch (estetik zavq, estetik tasavvur, estetik ehtiyoj, estetik qiziqish, estetik faoliyat, estetik idrok) kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalarga suyangan holda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-son buyrug‘i, 232-187-raqamli nashr guvohnoma). Natijada, jismoniy tarbiya o‘quvchilarida estetik zavq uyg‘otish, ularda go’zallikni idrok qilish va o’ziga singdirishni, nafosat, ma’nodorlik, qaddu qomat hamda liboslar  bejirimligi ilg‘ash va yaratish tuyg‘usini shakllantirish va tayyorlashga asoslangan o‘quv jarayonida loyihalash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Yuqori sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyalanganlik darajasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar va turli sport o‘yinlarini tanlab olishni hamda darsning mazmuni va metodiga mosligini ta’minlovchi didaktik talablar (estetik mazmunni anglashga yo‘naltirish, yosh va gender xususiyatlari, tabaqalashtirilgan tarzda yondashish) takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekistonda  bajarilgan 297-I/Ch raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida sportchilarning masofani his qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi innovatsion trenajyorini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi bajarishda  foydalanilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 11-sentyabrdagi 11-05-4915/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyalanganlik darajasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Yuqori sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda jismoniy mashq va turli sport o‘yinlaridan foydalanishning mazmuni va metodlari ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etish yo‘llari, didaktik imkoniyatlari kompetensiyaviy yondashuv asosida jismoniy tarbiya fani bo‘yicha “Milliy o‘quv dasturi”ni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darsligining mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, 232-187 raqamli nashr guvohnoma).Natijada, jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash bilan birga har bir yosh kesimida ularning fiziologik rivojlanish darajasiga qarab jismoniy harakatlar me’yorlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish