Bazarbaeva Aygul Kuanishbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini sun’iy intellekt asosida baholash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7419.
Ilmiy rahbar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini baholash metodikasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba egallagan bilim darajasini sun’iy intellekt algoritmlari asosida baholashning lingvistik o‘zgaruvchi qiymatlarini tavsiflovchi to‘plamlarning a’zolik va displey funksiyalaridan foydalangan holda mavzu shkalasini universalga o‘tkazish algoritmi aniqlashtirilgan;
bilimlarni baholashda xolislik, xar qadamda ijobiy motivatsiyani shakllantirish va o‘zlashtirilgan bilimlarning samaradorligini oshirishni ta’minlovchi intellektuallashtirilgan test topshiriqlarini sun’iy intellektning Machine learning algoritmi asosida bilimlarni baholash dastur arxitekturasi va foydalanish mexanizmi takomillashtirilgan;
test savollarining qiyinchilik darajasiga qarab moslashuvchan ko‘p darajali o‘lchovlarni joriy qilish, bilimlarni baholash algoritmlaridan foydalanish mexanizmi va qat’iymas mantiq algoritmining lingvistik o‘zgaruvchilar qiymatlarini tavsiflovchi qat’iymas to‘plamlarning a’zolik funksiyasiga asoslangan bilimlarni baholash modeli takomillashtirilgan;
turli darajadagi murakkab vazifalarni bajaruvchi ko‘p bosqichli adaptiv o‘lchovlarni soddalashtirishga yo‘naltirilgan sun’iy intellektning piramidali strategiyasiga asoslangan talabalarning bilim darajasini baholashga mo‘ljallangan intellektuallashtirilgan testning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini sun’iy intellekt asosida baholash metodikasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqod ishlari doirasida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflarimiz asosida:
oliy ta’limda professor-o‘qituvchilar faoliyatining samaradorlik darajasining kredit modul tizimiga asoslangan standart diagrammasi va talaba yoshlarning bilimlarini baholashda qat’iymas matematik modellashtirish metodlari asosida bilimlar sifatini baholash modelini ishlab chiqishga qaratilgan takliflarimiz “Python programmalastırıw tili” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 199899-raqamli ruxsatnomasi). Natijada talabalar bilimini baholashni su’niy intellekt algortimlariga asoslangan test topshiriqlarini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
qat’iymas ma’lumotlarning ko‘pligi sharayotida OTM talabalarning leksiya, amaliy va seminar mashg‘ulotlaridan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish, talabalar bilimlarini sun’iy intellekt algoritmlari asosida baholash modelini, algoritmlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan, xorijiy tajiriybalarga asoslangan baholash mezonlari va texnologiyalaridan va su’niy intellekt algoritmlaridan foydalangan holda testlar tuzish asosida aniqlikni kuchaytirish dasturini loyihalashtirishga oid takliflardan “Evropa ham jamiyatining Erasmus plus ERASMUS-EDU-2022-101082242-raqamli “I2-PLEDGE”” (2023-2024 yy.) mavzusidagi xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-oktyabrdagi 11-05-6198/04-son dalolatnomasi). Natiyjada bilimlarni su’niy intellekt asosida baholash algoritmlarini takomillashtirish modelini ishlab chiqish samarodorligi oshirilgan va oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini sun’iy intellekt asosida baholash algoritmlarini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
OTM talabalarining bilim darajalarining samaradorligini aniqlashga qaratilgan, bilimlarni baholashga oid intellektuallashtirilgan testlar va takomillashtirilgan algoritmlar asosida dasturiy, metodik majmualar ishlab chiqishga oid takliflarimiz “Python programmalastırıw tili” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 199899 raqamli ruxsatnomasi). Natiyjada talabalarning bilimini baholashga doir sun’iy intellekt algortmlariga asoslangan intellektuallashtirilgan test dasturini ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirishga erishilgan.