Bayniyazova Gulbaxar Muratbaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8526
Ilmiy rahbar: Abilova Gulbaxar Jalgasbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari dotsimonologiya asosida madaniy va ma’rifatparvarlikka, o‘zaro aloqadorligiga bevosita bog‘liqligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish mexanizmi, ong va intellektni umummadaniy va individual ijodiy tarbiyalash orqali indifferentlik, zo‘ravonlik, tuyg‘ular va inson huquqlarining buzilishiga nisbatan ma’naviy xotirjamlik rivojlanishining oldini olish va aniqlash asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishning pedagogik tizimining rivojlanish modeli ilg‘or tajribalarni o‘tkazish, mifologik tushuntirish, muammoni ko‘rsatishning illyustrativ usuli, submadaniyati, o‘quvchilar bilimini tahlil va diagnostika qilish orqali antropologik, aksiologik va akmeologik komponentlarini qo‘llash va amalga oshirish asosida takomillashtirilgan;
maktab o‘quvchilarining vatanparvarlik madaniyatini rivojlantirishda gumanizm ijodiy yondashuv va hamkorlikda ishlash jarayonini ta’minlashga xizmat qiluvchi va bilim samaradorligini oshirishda pedagogik va ilmiy-metodik tavsiyalar integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)” bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari madaniy va ma’rifatparvarlikka, o‘zaro aloqadorligiga bevosita bog‘liqligini dotsimonologiya asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Umumiy psixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i) mavzularida o‘quvchilarga berilgan vazifalarni ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 26-sentyabr 11-05-2437/04-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqatli bo‘lishga tayorlashda indifferentlikning oldini olish, induksiya metodi asosida komfort, ma’naviy-ahloqiy hotirjamlik, faravonlik hamda o‘quvchilarning hayot faoliyatining umumiymadaniy va individual ijodiy rivojlanishini ta’minlashga oid xulosalar (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 25-oktyabrdagi 288-sonli ma’lumotnomasi) A1-XT-0-92997 raqmli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 26-sentyabr 11-05-2437/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchlarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishda xalq tushunchasiga moslashuv bilan aloqadorligini asoslashga erishilgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining submadaniyati asosida vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishda antropologik, aksiologik va akmeologik komponentlarini ilg‘or tajribalarga asoslangan holda takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy psixologiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i) mavzularida o‘quvchilarga berilgan vazifalarni ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 26-sentyabr 11-05-2437/04-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq xalqining milliy merosi, an'analari vositasida umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirish samaradorligi oshgan.
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirish jarayoni samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalarni pedagogik integratsiyani qo‘llash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 25-oktyabrdagi 288-sonli ma’lumotnomasi) A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 26-sentyabr 11-05-2437/04-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining vatanga sadoqat madaniyatini shakllantirishning texnologiyasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.