Yuldashev Izzat Ikramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek etnomadaniyatida sinkretizm: nazariya va amaliyot”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/San200.
Ilmiy rahbar: Alemasov Viktor Aleksandrovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘ychieva Sayyora Suyarkulovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Abdurasulov Shohruh Abdunaimovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinkretizmni nazariy, fenomenologik jihatdan ochib berish orqali, o‘zbek etnomadaniyatidagi sinkretik immanentlikni, etnomadaniy hodisalar uyg‘unligi va yaxlitligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek etnomadaniyatida sinkretizm etnosotsial munosabatlar murakkablashuvida salbiy va ijobiy holatlarni bir-biridan ajratib turishi, bir-biriga zidligini ifodalashi sababli eklektikadan insoniylashuv, ijtimoiylashuv va madaniylashuvga tomon intilishi va harakatlanishi bilan farqlanishi va qarama-qarshi bo‘lib kelishi aniqlangan;
o‘zbek etnomadaniy sinkretikligida ong-amaliyot tomonlama axloqiylik, estetiklik, tarbiyaviylik immanent xususiyatlari tarixiylik, og‘zakilik, jamoaviylik, ijodkorlik, an’anaviylik birligidagi ichki-generativ immanentlikka muvofiqlashuvi sababli yaxlitligi hamda
ierarxik-stixiyali jihatdan inkulturatsiya immanent xususiyati mavjudligi isbotlangan;
shovinizm va etnosentrizmlarning radikallashuviga, keng tarqalib ketishiga qarshi turishda etnomadaniyatdagi sof gumanizm, tolerantlik hamda xalqchillik g‘oya va qarashlarining etnoslararo va millatlararo ayirmachilikka, etnos va millatlarga qarata nafrat uyg‘otish va mensimaslikka zidligi, qarama-qarshiligi sababli moddiy va nomoddiy etnoartefaktlarda ifodalanilishi, qabul qilinishi va rivojlantirilishi dalillangan;
o‘zbek etnomadaniy sinkretizmining ichki-generativ, ong-amaliyot va ierarxik-stixiyali immanent xususiyatlari bir-biriga uyg‘unlashgan holda insoniylashuv va xalqona ruhiyat yaxlitligini ifoda etishi sababli uning milliy va umuminsoniy madaniyat darajasida etnoestetik, etnogumanistik va etnoaxloqiy namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek etnomadaniyatida sinkretizm: nazariya va amaliyot masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek etnomadaniyatida sinkretizm etnosotsial munosabatlar murakkablashuvida salbiy va ijobiy holatlarni bir-biridan ajratib turishi, bir-biriga zidligini ifodalashi sababli eklektikadan insoniylashuv, ijtimoiylashuv va madaniylashuvga tomon intilishi va harakatlanishi bilan farqlanishi va qarama-qarshi bo‘lib kelishini aniqlashga oid xulosa va takliflardan “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish” mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘iboti markazining 2023-yil 13-noyabrdagi ML 01/01-53-son dalolatnomasi). Natijada, etnomadaniy va nomoddiy madaniy merosni muhofaza etish, saqlab qolish va keng miqyosda targ‘ib qilishga manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek etnomadaniy sinkretikligida ong-amaliyot tomonlama axloqiylik, estetiklik, tarbiyaviylik immanent xususiyatlari tarixiylik, og‘zakilik, jamoaviylik, ijodkorlik, an’anaviylik birligidagi ichki-generativ immanentlikka muvofiqlashuvi sababli yaxlitligi hamda
ierarxik-stixiyali jihatdan inkulturatsiya immanent xususiyati mavjudligini aniqlashga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-2024-yillardagi madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 5-martdagi 01-12-17-1278-son dalolatnomasi). Natijada, yangi O‘zbekistonda etnomadaniy muhit, etnoqadriyat va etnoartefaktlarni saqlashga, rivojlantirishga qaratilgan madaniy tadbirlar, madaniy-ma’rifiy hamda madaniy-ta’limiy jarayonlar kuchaytirilishi, to‘g‘ri yo‘naltirilishida manba bo‘lib xizmat qilgan;
shovinizm va etnosentrizmlarning radikallashuviga, keng tarqalib ketishiga qarshi turishda etnomadaniyatdagi sof gumanizm, tolerantlik hamda xalqchillik g‘oya va qarashlarining etnoslararo va millatlararo ayirmachilikka, etnos va millatlarga qarata nafrat uyg‘otish va mensimaslikka zidligi, qarama-qarshiligi sababli moddiy va nomoddiy etnoartefaktlarda ifodalanilishi, qabul qilinishi va rivojlanishiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-2024-yillardagi nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish targ‘ibotiga qaratilgan faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 5-martdagi 01-12-17-1278-son dalolatnomasi). Natijada, xalq madaniyati va folklorda sof gumanizm g‘oyalari marosim, urf-odat va an’analar uyg‘unligi asosida ifodalanilishining targ‘ib qilinishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek etnomadaniy sinkretizmining ichki-generativ, ong-amaliyot va ierarxik-stixiyali immanent xususiyatlari bir-biriga uyg‘unlashgan holda insoniylashuv va xalqona ruhiyat yaxlitligini ifoda etishi sababli uning milliy va umuminsoniy madaniyat darajasida etnoestetik, etnogumanistik va etnoaxloqiy namoyon bo‘lishiga oida xulosa va takliflardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2022-2024-yillardagi madaniy-ma’rifiy ishlar targ‘iboti faoliyatida keng tatbiq etilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 11-dekabrdagi 01-04/80-214-son ma’lumotnoma). Natijada, xalqona musiqiy kuy-ohanglarni yangicha folkloriy ijrochilik namunalarini ishlab chiqishda etnomadaniyatdagi sof gumanizm g‘oyalarining etnomusiqiy kuy-ohanglar bilan uyg‘unlashuvi, bir-biridan ajralmasligi targ‘ib qilinishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan.