Mamarasulov Baxriddin Shakasimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy g‘oyaning substansional va institusional xususiyatlari», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari bo‘yicha).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal77.

Ilmiy rahbar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: milliy g‘oyaning substansionallashuvi va institusionallashuvi xususiyatlarini o‘rganishning jamiyat hayoti va istiqboli uchun muhim ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«milliy g‘oyaning substansional asosi» va «milliy g‘oyaning institusionallashuvi» tushunchalari yakkalik, xususiylik va umumiylik kabi dialektik kategoriyalar orqali ochib berilgan;

milliy g‘oyaning antisubstansionallashuv va noinstitusionallashuv jarayonlari asosida turli hududlar va sohalar uchun mafkuraviy tahdidlar xaritasi tuzish zarurligi asoslangan;

globallashuv sharoitida milliy g‘oyaning substansional asoslari ijtimoiy taraqqiyotda institusionalashishi aniqlangan;

milliy g‘oyaning substansional va institusional asoslarining fuqarolarni turli “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi mafkuraviy ta’sir va tajovuzlardan himoyalashning korrelyasion aloqadorligiga tayanadigan  miqdor va sifat o‘zgarishlari dinamikasi ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mamlakatimiz hayotida milliy g‘oyaning substansional va institusional xususiyatlarini tadqiq etish asosida:

“Milliy g‘oyaning substansionallashuvi” va “milliy g‘oyaning institu-sionallashuvi” tushunchalari, ta’riflari, ularning ijtimoiy-falsafiy mohiyati, umummetodologik asoslari va o‘ziga xos xususiyatlarining ochib berilishi, mamlakatimizning rivojlanish konsepsiyasi, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017 yilning II yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasining “Aniq, maqsadli yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash davr talabi” (23-band); “Yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan hamda milliy an’ana va qadriyatlarimizni ulug‘lashni targ‘ib qiluvchi ijtimoiy videoroliklarni yaratish va ularning keng namoyishini tashkil qilish” (106-band) bandlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 22 yanvardagi 04-13/264-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston yoshlarining vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning rivojlanishiga imkon yaratgan;

hududlarning mafkuraviy xaritasini tuzish va shu asosida u erda milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun substansional asos va institusional mexanizm tarzida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ijobiy tajribalarni umumlashtirish orqali uning inson va xalq manfaatlarini himoya qilish istiqbollarini prognozlashtirishga mutasaddi institutlar faoliyatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yilda amalga oshiriladigan ish rejasining 1.4, 1.16-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 6 yanvardagi 02/07-19-18-son ma’lumotnomasi). Bu milliy g‘oya va mafkurani rivojlantirish va targ‘ibot qilish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash yo‘llari va imkoniyatlariga oid ilmiy-nazariy g‘oyalar hamda amaliy tavsiyalardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2017 yilda mo‘ljallangan ish rejasini tuzish va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2018 yil 6 yanvardagi 01/05-684-son ma’lumotnomasi). Bu halqimiz mafkuraviy immunitetni shakllantirish, dinimizga hurmatni yanada oshirish, insonparvarlik va bag‘rikenglik mohiyatini keng tushunishga ijobiy ta’sir qilgan;

milliy g‘oyaning substansional va institusional asoslari fuqarolarni turli “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi salbiy mafkuraviy ta’sirlar va tajovuzlardan hamda g‘oyaviy tahdidlardan himoyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 26 dekabrda tasdiqlangan “Vazirlik tasarrufidagi muassasalarda ma’naviyat-ma’rifat yo‘nalishida va milliy g‘oya tamoyillarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha 2017 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi”ning 10–11-bandlaridagi “Yoshlarda tibbiyot sohasiga oid milliy qadriyatlarimizga xos tamoyillarni takomillashtirish, keng targ‘ib qilish (insof, diyonat, mehr-muruvvatlilik va boshqalar)”, “Yoshlarni axloqiy jihatdan o‘zgartirish, buzilishga olib keluvchi turli “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga qarshi milliy urf-odat, qadriyatlarni muntazam targ‘ib qilishning optimal variantlarni ishlab chiqishga oid belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 yanvardagi 8-9-8/10-son ma’lumotnomasi). Bu fuqarolarning ahloqiy buzilishlarining oldini olish va qayta tarbiyalash sifatiga samarali ta’sir ko‘rsatishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish