Eshbakova Komila Alibekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
(impakt-faktori tegishli darajada yuqori va ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallar asosida)
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tanlangan dorivor o‘simliklarning ikkilamchi metabolitlari va ularning biologik faolligi», 02.00.10 - Bioorganik kimyo.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/K53.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc. 02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: kimyo fanlari doktori, professor Burasheva Gauhar Shaxmanovna; kimyo fanlari doktori, professor Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich, kimyo fanlari doktori, professor Gafurov Maxmudjon Boqievich
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ferula samarkandica, Ferula lapidosa, Dracocephalum komarovi, Artemisia argy, Nardostachys jatamansi, Scutellaria schachristanica, Aconitum septentrionale, Rumex dentatus, Rumex nepalensis, Nardostachys jatamansi, Inula macrophylla, Pulicaria salviifolia, Pulicaria gnaphalodes, Dictamnus dasycarpus, Phellodendron amurense Rupr o‘simliklarining terpenoid va fenol moddalarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sistematik jihatdan 7 ta oilaga mansub, 14 tur o‘simliklarning ikkilamchi metabolitlari tadqiq qilingan. Glikozidli kumarinlar, terpenoidlar va fenol moddalarning kimyoviy tuzilishini aniqlashda 1H va 13C YaMR, 2D spektroskopiya ma'lumotlarini, massa spektrometriya natijalarini tizimli tahlil qilish yordamida ularning tuzilishini o‘rnatishga uslubiy yondashuv taklif etilgan.
birinchi marotaba Rumex dentatus va Rumex nepalensis o‘simliklarining kimyoviy tarkibi o‘rganilgan va ularning tarkibidan 11 ta yangi fenol birikmalari, 1 ta oldin tabiiy holda ajratilmagan modda va ushbu o‘simliklardan birinchi marta 25 ta fenol birikmalar ajratib olingan va ularning kimyoviy tuzilishi aniqlangan. Rumex nepalensis o‘simligi ildizidagi antraxinonlarning miqdoriy tahlili amalga oshirilgan;
Lamiaceae oilasiga mansub Scutellaria schachristanica o‘simligidan 1 ta yangi xrizin- 7-O-[α-L-arabinopiranozil(1→6)]-β-D—glyukopiranozid ajratib olingan va noyob o‘simlik Dracocephalum komarovi o‘simligidan 3 ta yangi va birinchi marta 1 ta ma’lum monoterpen glikozidi ajratib olingan;
Aconitum septentrionale o‘simligidan yangi fitosteroid 24S-ergost-4-en-3,6-dion ajratib olingan va uning kristall tuzilishi natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan va unga depozit raqami (CCDC 791025) olingan;
Asteraceae oilasidan Artemisia argyi va Inula macrophylla o‘simliklarining tarkibidan 8 ta flavonoid ajratilgan, jumladan, 1 ta yangi dimer seskviterpen lakton va 1 ta yangi eremofilan moddasi, 2 ta modda o‘simlikdan birinchi marta, hamda 9 ta ma’lum seskviterpenlar ajratib olingan.
Ferula samarkandica o‘simligidan ajratilgan seskviterpen kumarinlari uchun 1H YaMR 2D ikkiyoqlama rezonans ma’lumotlari tahlilidan foydalanib, ularning kimyoviy tuzilishini o'rnatish usuli taklif etildi va 9 ta yangi va birinchi marta 30 ta ma’lum seskviterpen kumarinlarning kimyoviy tuzilishi aniqlandi;
birinchi marta Ferula lapidosa o‘simligidan yangi brom saqlovchi glikozidli iridoid, shuningdek, birinchi marta 7 ta ma’lum glikozidli iridoidlar va 3 ta seskviterpen laktonlar ajratib olingan.
Dictamnus dasycarpus va Phellodendron amurense o'simliklaridan ajratib olingan, limonoidlar qatoriga kiruvchi, tetratsiklik triterpenoid obacunonning oshqozon osti bezi saratonini davolashda anti-PD-1 bilan birgalikda immunoterapiyasining ta'sirini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining asosiy tatbiqi olingan natijalarga, Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etilgan 544 dan ortiq mazkur sinf birikmalarini tuzilishi va biologik faolligini aniqlashdagi tadqiqotlarda, shuningdek sharh maqolalarda iqtibos keltirish orqali joriy qilingan:
Ferula samarkandica o‘simligining kimyoviy tarkibiga oid natijalardan yuqori impakt faktorli (IF, ResearchGate) 16 tadan ortiq ilmiy jurnallarda (Journal of Neuroinflammation, 2023, Vol. 20, Article №203, IF 9.3; International Journal of Biological Macromolecules, 2024, Vol. 269, Part 2, 132168, IF 7.7; Chinese Medicine, 2022, Article №83, IF 4.7; Phytochemistry, 2023, Vol. 210, 113664, IF 4.04; Antioxidants, 2024, 13 (7), IF 7.675; Translational cancer research, 2023, 12(4): 743–764, IF 1.5 va b.) foydalanilgan. Natijada soha mutaxassislari mazkur o‘simlik tarkibiga kiruvchi tabiiy birikmalar, ularning miqdori va tuzilishi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
Dracocephalum komarovi dan ajratilgan yangi monoterpen glyukozidlari va ularning yalligʻlanishga qarshi faolligi haqidagi ma’lumotlardan yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda (Molecules, 2023, 28(11), 4402; IF.4.2; Biochemical Systematics and Ecology, 20222, Vol. 102, 104422, IF.1.4; Natural Product Research, 2023, Vol. 37, Issue 13, IF 3.5; Aquaculture Research, 2022, Article №15829, IF 2.0) foydalanilgan. Natijada mazkur ma’lumotlar o‘simlikdan ajratib olingan moddalarning tuzilishini isbotlash va biologik faolligini aniqlash imkonini bergan.
Aconitum septentrionalea Koelle o‘simligidan ajratib olingan 24S-ergost-4-en-3,6-dionning kristaldagi tuzilishi va spektr ma’lumotlari yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda (RSC advances (Review Article), 2019, 9, 10184-10194, IF 3.9; Journal of Enzyme Inhibition and Medicinal Chemistry, 2016, Vol. 31, Issue 4, 640-644, IF 5.6; Chemistry and biodiversity, 2023, Vol. 20, Issue 8, e202300161, IF 2.745) foydalanilgan. Natijada mazkur dionning kimyoviy tuzilishi haqida to‘liq ma’lumotlar olishga muvaffaq bo‘lingan;
Aconitum septentrionalea Koelle o‘simligidan ajratilgan 24S-ergost-4-en-3,6-dionning va Inula macrophylla o‘simligidan olingan macrophyllidimer D moddasining rentgen tuzilish tahlili natijalari xalqaro Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC 791025, 2300333). Natijada bazaga kiritilgan yangi moddalar o‘xshash tabiiy birikmalar tuzilishini tavsiflash imkonini bergan.