Baxtiyorov Oybek Egamberdi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Turbay maydoni magmatik, metasomatik hosilalari va ularning ma’dandorligi (Sharqiy Bukantov)», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gm205.
Ilmiy rahbar: Amirov Elmurod Mansuriddin o‘g‘li, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.Gm.125.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karimova Feruza Baxtiyarovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turbay maydonidagi granitoid intruzivi va u bilan bog‘liq metasomatitlar hamda ma’danlashuvning moddiy tarkibini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magmatik va metasomatik hosilalarning petrografik, mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan va tadqiqot maydoni uchun birinchi marta magnezial va ohakli skarn turlari ajratilgan;
Turbay maydonida shakllangan metasomatik jinslarining petrokimyoviy xossalari ochib berilgan va metasomatit turlarining hosil bo‘lishi birlamchi tog‘ jinslarning kimyoviy tarkibiga muhim darajada bog‘liq ekanligi isbotlangan;
turli tarkibli magmatik va metasomatik hosilalarni petrogeokimyoviy tavsiflash orqali intruziv fazalarining asl- va nodir metalli ma’danlashuvlarga boʻlgan petrometallogenik ixtisoslashuvi aniqlangan, hamda asosiy ma’dan mujassam qiluvchi metasomatit turlari ajratilgan;
ma’dan-metasomatik hosilalarning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan va ular asosida tadqiqot maydonida yashirin oltin ma’danlarini qidirish uchun ilmiy asoslangan bashorat-qidiruvning petrometallogenik mezonlari majmuasi (magmatik, metasomatik, mineralogik, geokimyoviy) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turbay maydonida magmatik va metasomatik hosilalarning petrologik-petrogeokimyoviy, mineralogik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Turbay maydonidagi magmatik hosilalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan metasomatitlarning mineralogik-petrografik, petrogeokimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 08-3828-son maʼlumotnomasi). Natijada, magmatik va metasomatik tog‘ jinslarini tizimlashtirish va o‘zaro yoshi bo‘yicha ketma - ketlik munosabatlarini aniqlashga imkon bergan;
metasomatik hosilalarning hosil bo‘lish sharoitlari va mineral tarkibi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ning amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 08-3828-son maʼlumotnomasi). Natijada, metasomatik hosilalar mineral hosil bo‘lishining magmatik va postmagmatik bosqichlarida hosil bo‘lganligini tavsiflash, ma’dandorligini aniqlash imkonini bergan;
ma’danlarning mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 10 oktyabrdagi 08-3828-son maʼlumotnomasi). Natijada, kondagi oltin ma’danlarining turli tog‘ jinslari bo‘ylab rivojlangan metasomatik o‘zgarish zonalarida, kvars tomirlarida tarqalganligini aniqlashga va ulardan qidiruv-bashoratlash mezonlari sifatida foydalanish imkonini bergan.