Saipnazarov Jonibek Muxammadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kossera muhitidan iborat to‘lqin o‘tkazgichlarda garmonik to‘lqinlarni tarqalish xususiyatlari(Osobennosti rasprostraneniya garmonicheskix voln v volnovodax, sostoyashhix iz sredi Kosseri)”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM676
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibroximovich     fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mirzaev Ibraxim fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qovushqoq-elastik Kossera muhitidan iborat yarim tekislik, qatlam va ikki qatlamli to‘lqin o‘tkazgichlarda xos to‘lqin tarqalishi hamda so‘nishi, muhitning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va hosil bo‘ladigan rezonans holatini baholashga qaratilgan hisoblash metodikasi va dasturini ishlab chiqish, analitik va sonli hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta qovushqoq-elastik Kossera muhitidan iborat ko‘p qatlamli to‘lqin o‘tkazgichlarda to‘lqin tarqalishining  integro-differensial tenglamalari elastiklik nazariyasining  Nave va Lame tenglamalarini chiqarish usuliga asoslanib olindi va to‘lqin dinamikasi nazariyasining usullari yordamida echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
qovushqoq-elastik Kossera muhitidan iborat yarim tekislik sirtida Reley va ikki muhit kontaktida Stounli to‘lqinlarining tarqalish tezliklari va so‘nishini klassik muhitdan farqli chastotaga bog‘liqligi, ya’ni, yuqori chastotalar uchun kuchayib borishi samarasi  topilgan va solishtirma baho berilgan;
dissipativ bir jinsli bo‘lmagan ikki qatlamli qovushqoq - elastik Kossera muhitidan iborat uzun to‘lqin o‘tkazgichlarda kompleks faza tezligi modalarini  to‘lqin soniga nisbatan o‘zgarishi monoton bo‘lmagan funksiyalar orqali ifodalanishi  sonli natijalarni tahlili asosida topilgan va shunga ko‘ra to‘lqinning so‘nishini  ifodalovchi parametrga baho berilgan;
qovushqoq-elastik Kossera muhiti zaralarida ta’sir etadigan ichki kuchlanishlar va momentlarlarni hisobga olish, to‘lqin tarqalishida klassik elastik muhitdan farqli ikkita dispersion munosabat mavjud bo‘lishi to‘lqin nazariyasining usullari asosida topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kossera muhitidan iborat to‘lqin o‘tkazgichlarda garmonik to‘lqinlarni tarqalish xususiyatlari tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
qobiqdagi zo‘riqish momentlarini hisoblash metodikasi va algoritmidan Urganch davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-04(05) “Material nochiziqli evolyusion tenglamalarni echishni spektral usulini qo‘llash. Yurak tomir sistemasi biomexanikasi” mavzusidagi fundamental loyihasida (Urganch davlat universitetining 2024 yil 26 sentyabrdagi 04-04/01-11/4072-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, yupqa qovushqoq elastik qon tomirlardan suyuqlik oqishi tufayli devorlarda hosil bo‘ladigan moment kuchlanishlarini hisoblash imkoni yaratilgan;
quvur sirtida va muhitda hosil bo‘ladigan xos (erkin) to‘lqinning tarqalishida hosil bo‘ladigan rezonans sohalarini aniqlash usullaridan Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 raqamli “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental ilmiy-texnikaviy loyihada (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024 yil 14 sentyabrdagi № 1/04-2380-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada, ko‘p qatlamli kompozit muhitda to‘lqin tarqalishida rezonans sohalarini oldindan aniqlash va baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish