Tojieva Zulxumor Nazarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston Respublikasida demografik jarayonlar va ularning hududiy xususiyatlari», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/G1.
Ilmiy maslahatchi: [Soliev Abdusami Solievich], geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abduhakim Abduxamidovich, geografiya fanlari doktori, professor; Umurzaqov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Eseng‘ali Qurbanovich, geografiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: demografik jarayonlarning geografik xususiyatlarini aniqlash va mintaqalar demografik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror rivojlanishga ta’sir etuvchi demografik xavfsizlik indikatorlari va ularning hududlar miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari asoslangan;
ijtimoiy demografik rivojlanishdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda geodemografik va demogeografik tadqiqotlarning metodologiyasi demogeografik rayonlashtirish asosida takomillashtirilgan;
hududlarning demografik sig‘im (XDS) darajasi jami aholining yosh-jins tarkibi bo‘yicha ishlab chiqilgan, aholi punktlarini hududiy tashkil etish bilan aholi takror barpo bo‘lishining demogeografik xususiyatlari aniqlangan;
respublika aholisining o‘lim va o‘rtacha kutilayotgan umr davomiyligi de Muavr usuli bo‘yicha modellashtirish asosida ularning o‘zaro korrelyasiyasi va dinamikasi asoslangan;
demografiya, aholi bandligi va mehnat bozori masalalarida sohaga oid muammolarni hal etish hamda aholi bandligini ta’minlash dasturini monitoring qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
demografik rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlariga asoslangan demografik prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Demografik jarayonlardagi o‘zgarishlarning hududiy xususiyatlarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
qisqa va o‘rta muddatli demografik prognoz natijalari Iqtisodiyot vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Iqtisodiyot vazirligining 2010 yil 9 dekabrdagi 5-1/20-1825-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish O‘zbekiston Respublikasida demografik prognoz parametrlarini belgilash va 2011 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlash Dasturini monitoring qilish imkonini bergan;
demografik xavfsizlik indikatorlari tizimi va hudud demografik sig‘imi (HDS) darajasi bo‘yicha ishlanmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar institutida aholi turmushi sifat darajasini monitoring qilish tizimini shakllantirishda hamda «HDS darajasini hisoblash metodikasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Ijtimoiy tadqiqotlar institutining 2016 yil 8 noyabrdagi 01/04-322-con ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasi demografik xavfsizlikka e’tiborni yanada kuchaytirish, hududlarda yuqori darajadagi demografik sig‘im samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
respublikada yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarga va mehnat bozoriga tushayotgan demografik bosim ko‘rsatkichlari Mehnat vazirligi tizimida joriy etilgan (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2010 yil 4 noyabrdagi 158-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar demografiya, aholi bandligi va mehnat bozori masalalarida sohaga oid muammolarni hal etishga imkon yaratgan;
aholi va aholi punktlarini hududiy tashkil etishning demogeografik xususiyatlari, geodemografik va demogeografik tadqiqotlarning metodologik asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar 5140600 – Geografiya bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida «Aholi geografiyasi» fani bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari mazmuniga singdirilgan («O‘zstandart» agentligining 2016 yil 30 dekabrdagi 10/1584-son ma’lumotnomasi). Tatbiq etilgan materiallar demografiyaning asosiy yo‘nalishlari, vosita va usullarining tavsifini ochib berish imkonini beradi.