Samanov Shermuxammad Abdurasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning introgressiv tizmalarini populyasion tahlili asosida navlar yaratish”, 06.01.05- Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Qx284
Ilmiy maslahatchi: Amanov Baxtiyar Xushbakovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Abrorjon Yorkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Aliqulov Safar Menglikulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Juraev Sirojiddin Turdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning introGESsiv tizmalarining populyasiyasidagi biotiplarini morfo-xo‘jalik va sifat belgilari o‘rtasidagi muvozanatlik darajasi, korrelyativ bog‘liqligi hamda klaster tahlili asosida yangi navlar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba introgressiv tizmalarning geografik populatsiyasi tahlili asosida hosildor, ertapishar, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan biotiplar ajratib olingan;
ilk marotaba genomlararo introgressiv tizmalarning geografik populatsiyasi tahlili asosida hosildor, ertapishar, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan biotiplar ajratib olingan;
genomlararo introGESsiv T-5, T-8, T-13, T-14, T-41, T-24, T-142, T-138, T-141 tizmalarining biotiplarini morfobiologik va qimmatli xo‘jalik ko‘rsatkichlari ko‘p tarmoqli tahlil qilingan;
introgressiv tizmalar va ajratib olingan populyasiyalardagi biotiplarda qimmatli xo‘jalik va tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlarni tahlili natijasida 3 klaster guruhga ajralishi aniqlangan;
introgressiv tizmalardan ajratib olingan T-138/1, T-24/1 va T-142/1 biotiplarni ko‘saklarning ochilish sur’ati andoza S-6524 naviga nisbatan 2-13 kunga (o‘suv davri 108-110 kun) ertapisharligi hamda ushbu biotiplarning populyasiya tarkibida tezpisharlik imkoniyatlari yuqori ekanligi aniqlangan;
genomlararo introGESsiv T-138/1, T-24/1, T-142/1 tizmalarning morfo-xo‘jalik xususiyatlarining potensialigi barqarorlashtirilgan;
introgressiv tizmalarning geografik populatsiyasi tahlili asosida hosildor, ertapishar, tolasi uzun, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan biotiplarni qiyosiy baholab yangi o‘rta tolali «Genofond-3 (T-138/1)», «Shijoat (T-24/1)» va «Meros (T-142/1)» g‘o‘za navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zaning genomlararo introgressiv tizmalarining populyasiya ichida biotiplar bo‘yicha qimmatli xo‘jalik belgilarini baholash asosida nav olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
g‘o‘zaning ko‘p genomli turlari asosida tezpisharlik imkoniyatlari yuqori, ko‘saklarning ochilish sur’ati andoza navga nisbatan 2-13 kunga tez bo‘lgan T-138/1, T-24/1 va T-142/1 ntrogressiv tizmalari olingan va ulardan FA-F5-T024 «Gossypium L. turkumining polimorf turlarining turichi va turlararo bioxilma-xilliklarining filogenetik qarindoshlik darajasi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 31 oktyabrdagi №4/255-2430-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, introgressiv nav va tizmalarning qimmatli xo‘jalik belgilari va tolasining sifat ko‘rsatkichlari yuqori, qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga chidamli hamda zarakunandalardan oq pashsha, shira, o‘rgimchakkanaga va vilt patogeniga bardoshlilik xususiyatiga ega bo‘lgan boshlang‘ich manbalar yaratish imkonini bergan;
g‘o‘zaning genomlararo introgressiv tizmalari «G‘o‘za genofondi» noyob obektiga kiritilgan va genetika-seleksiya tadqiqotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024 yil 31 oktyabr №4/1255-2429-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, introgressiv tizmalar g‘o‘za kolleksiyasi fondini boyitish, g‘o‘zaning yovvoyi turlarini baholash, stress omillarga moslasha oladigan va genetik jihatdan boyitilgan namunalar bo‘yicha elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
G‘o‘zaning yangi “Shijoat” va “Genofond-3” navlari Sirdaryo viloyati Boyavut tumanidagi “Xasanboy Xusanboy” fermer xo‘jaligida “Shijoat” navi 15 ga, “Genofond-3” navi 18 ga, “Eliboev Azizbek” fermer xo‘jaligida “Shijoat” navi 20 ga, “Genofond-3” navi 21 ga, “Sardorbek Eldorbek Buyuk” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida “Shijoat” navi 23 ga, “Genofond-3” navi 28 ga maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 18 noyabrdagi №05/04-04-620-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, andoza navga nisbatan 5,0-10,0 s/ga yuqori qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
G‘o‘zaning yangi «Genofond-3», «Shijoat», navlari 2024 yilda institutning Zangiota ilmiy tajriba bazasida 1,0 gektar maydonda urug‘ ko‘paytirish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 18 noyabrdagi №05/04-04-620-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, navlarning original urug‘lari tayyorlanib, rayonlashgan navlarga nisbatan 8,0-12,0 s/ga yuqori hosil olishga erishilgan.