Hasanova Habiba Yorqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Turkistonda texnika sohasidagi yangiliklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri (1917-1924 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1047.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xaitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjar Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.; Shukrullaev Yunus Asrorovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. 1917–1924-yillarda Turkiston mintaqasida texnika sohasidagi o‘zgarishlar va yangiliklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’sirini tarixiy jihatdan tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1917–1924-yillarda Turkiston mintaqasiga yangi texnikalar kirib kelishiga to‘siq bo‘lgan omillar sovet hokimiyatining barcha mulklarni natsionalizatsiya qilishi, xususiy tadbirkorlikni cheklash, sanoat korxonalarining yopilishi, harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashishi, dehqonchilik tanazzulga ketib, ekin erlarining o‘z salohiyatini yo‘qotishi, ocharchilik va aholi qashshoqlashuvi, markazning buyuk davlatchilik siyosati dalillar va arxiv hujjatlari orqali aniqlashtirilgan.
Texnik yangiliklar va yangi texnikalar tarqalishi sohasida quruqlik transportida qishloq xo‘jaligiga ilk bor “Fordzan”, “Emerzon” kabi traktorlar kirib kelganligi, havo transportida fuqarolarni tashishga xizmat qiladigan “Yunkers” nemis samolyotlari qatnay boshlaganligi, suv flotida motorli, keng palubali kemalar sotib olinganligi, harbiy texnikalarning yangi turlari: bronetank, bronepoezd, 10 turdan ortiq harbiy samolyotlar, pulemyot va o‘qotar qurollarning 23 dan ortiq turlari, kuchli portlovchi porox va qo‘l granatalari tarqalishi omillari va sabablari ilmiy jihatdan asoslantirilgan.
Maishiy hayotda qo‘llaniladigan, madaniy-ma’rifiy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bosmaxonalarning takomillashgan namunalari, mashinkalarning nemis yangi nusxalari, fotoapparat, grammafon, gramplastinka va radio, ularning ehtiyot qismlari va boshqa texnikalarning yangi xilma-xil turlari joriy qilib borilganligi, radiostansiyalar faoliyati ochib berilgan.
Turkiston mintaqasida yangi texnikalar tarqalishi mahalliy texnik xodimlarga talabni kuchaytirganligi Turkiston ASSR, BXSR, XXSR hukumatlari texnik xodimlar tayyorlash maktablari ochganligi va tashkil etilganligi, zamonaviy texnik mutaxassislarni tayyorlash maqsadida yoshlarni xorijiy mamlakatlarga, asosan Rossiya, Germaniya, Turkiya, Yaponiyaga safarbar etilganligi, qaldirg‘och mahalliy texnik xodimlarining faoliyati, maishiy turmushi, tarixiy taqdirlari bilan bog‘liq jihatlar aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Turkistonda texnika sohasidagi yangiliklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri (1917–1924 yy.)” mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijalari va tavsiyalaridan:
1917–1924-yillarda Turkiston mintaqasiga yangi texnikalar kirib kelishiga to‘siq bo‘lgan omillar sovet hokimiyatining barcha mulklarni natsionalizatsiya qilishi, xususiy tadbirkorlikni cheklash, sanoat korxonalarining yopilishi, harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashishi, dehqonchilik tanazzulga ketib, ekin erlarining o‘z salohiyatini yo‘qotishi, ocharchilik va aholi qashshoqlashuvi, markazning buyuk davlatchilik siyosati dalillar va arxiv hujjatlari orqali aniqlashtirilganligi to‘gʻrisidagi natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 13-iyundagi 02-31-948-raqamli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarning Turkiston mintaqasida 1917–1924-yillarda sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasida yangi texnikalar kirib kelishiga to‘siq bo‘lgan omillar haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan.
Texnik yangiliklar va yangi texnikalar tarqalishi sohasida quruqlik transportida qishloq xo‘jaligiga ilk bor “Fordzan”, “Emerzon” kabi traktorlar kirib kelganligi, havo transportida fuqarolarni tashishga xizmat qiladigan “Yunkers” nemis samolyotlari qatnay boshlaganligi, suv flotida motorli, keng palubali kemalar sotib olinganligi, harbiy texnikalarning yangi turlari: bronetank, bronepoezd, 10 turdan ortiq harbiy samolyotlar, pulemyot va o‘qotar qurollarning 23 dan ortiq turlari, kuchli portlovchi porox va qo‘l granatalari tarqalishi omillari va sabablari ilmiy xulosa natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida taqdim etildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 13-iyundagi 02-31-948-raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv teletomoshabinlarning Turkistonda o‘rganilayotgan davrda quruqlik, suv, havo transporti va harbiy sohadagi texnik yangiliklar haqidagi tarixiy tasavvurlarni kengaytirishga xizmat qilgan;
Maishiy hayotda qo‘llaniladigan, madaniy-ma’rifiy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bosmaxonalarning takomillashgan namunalari, mashinkalarning nemis yangi nusxalari, fotoapparat, grammafon, gramplastinka va radio, ularning ehtiyot qismlari va boshqa texnikalarning yangi xilma-xil turlari joriy qilib borilganligi, radiostansiyalar faoliyati to‘g‘risidagi natijalardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi tizimidagi Tarix bo‘limi, Fayzulla Xo‘jaev uy-muzeyidagi ekspozisiyalarni, shuningdek, muzey-qo‘riqxona Hujjatlar fondini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 19-iyundagi 04-05/2300-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
Turkiston mintaqasida yangi texnikalar tarqalishi mahalliy texnik xodimlarga talabni kuchaytirganligi Turkiston ASSR, BXSR, XXSR hukumatlari texnik xodimlar tayyorlash maktablari ochganligi va tashkil etilganligi, zamonaviy texnik mutaxassislarni tayyorlash maqsadida yoshlarni xorijiy mamlakatlarga, asosan Rossiya, Germaniya, Turkiya, Yaponiyaga safarbar etilganligi, qaldirg‘och mahalliy texnik xodimlarining faoliyati, maishiy turmushi, tarixiy taqdirlari bilan bogliq jihatlar to‘g‘risidagi natijalardan Buxoro davlar muzey-qo‘riqxonasining ilmiy bo‘limida seminar-treninglar va davra suhbatlari kabi tadbirlarni
o‘tkazishga qaratilgan faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 19-iyundagi 04-05/2300-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasining ilmiy tadqiqotlarni keng jalb qilishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga imkon bergan.