Arziqulov Jamshid Xujaqulovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi yarmarka va ko‘rgazmalarning Turkiston mintaqasi iqtisodiy hayotiga ta’siri, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1019.
Ilmiy rahbarining: Haitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlar: Davletov Sanjar Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Atamuradova Dilafruz Rashidovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida uyushtirilgan yarmarka va ko‘rgazmalarning Turkiston mintaqasi iqtisodiy hayotiga ta’siri masalalarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkistonda ko‘rgazma va yarmarkalar Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan dastlabki yillaridanoq o‘tkazila boshlangani, ularni uyushtirish uchun Tashkiliy qo‘mita, maxsus Dastur (nizom) va “qoida”lar ishlab chiqilganligi, sanoat korxonasi egalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishgani, shuningdek, tovar va mahsulotlar, ularning narx-navosi, milliy hunarmandchilik tovarlarining namoyishi rastalardan joy olganligi aniqlashtirilgan.
Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o‘tkazilgan ko‘rgazma va yarmarkalar asosan Turkiston Qishloq Xo‘jalik Jamiyati (1885), Turkiston Qishloq Xo‘jalik Tajriba Stansiyasi (1898) kabilar o‘lkadagi tadbirkor va ishbilarmonlar, hukumat a’zolari tashkilotchiligi ostida o‘tkazilganligi, Turkistondagi ichki ko‘rgazma va yarmarkalardan tashqari Umumrossiya, jahon yarmarkalarida Turkiston vakillari ishtiroki amalga oshirilgani ilmiy jihatdan dalillangan.
Ko‘rgazma va yarmarkalarga taqdim etilgan buyumlar va tovarlar doirasi yillar davomida kengayib borganligi, Birinchi jahon urushi arafasida ular 21 ta bo‘limda namoyish etilgani, tadbirkorlarda Evropa millati vakillari qatorida o‘nlab tubjoy aholi orasidan chiqqan dehqon, bog‘bon, tadbirkor, kustor hunarmandchilik korxonalari egalari ham ishtirok etganligi, ular orasidan mukofot va medallarga sazovor bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar ochib berilgan.
Rossiya imperiyasi hukumatining ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishni rag‘batlantirishdan ko‘zlagan maqsadi Turkiston iqtisodiy imkoniyatidan yanada kengroq foydalanish, xomashyo va moddiy boyliklarni tashib ketishni ko‘paytirish, o‘lkada asrlar davomida o‘rnashib qolishdan iborat ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yarmarka va ko‘rgazmalarning Turkiston mintaqasi iqtisodiy hayotiga ta’sirini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
Turkistonda ko‘rgazma va yarmarkalar Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan dastlabki yillaridanoq o‘tkazila boshlangani, ularni uyushtirish uchun Tashkiliy qo‘mita, maxsus Dastur (nizom) va “qoida”lar ishlab chiqilganligi, sanoat korxonasi egalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishgani, shuningdek, tovar va mahsulotlar, ularning narx-navosi, milliy hunarmandchilik tovarlarining namoyishi rastalardan joy olganligi aniqlashtirilgan ma’lumot-lardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat muassasasi 2024-yil 15-fevral dagi 02-06-252-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Yurtimizda bo‘lgan dastlabki ko‘rgazmalar haqida, unda namoyish etilgan mahsulotlar haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qildi.
Ko‘rgazma va yarmarkalarga taqdim etilgan buyumlar va tovarlar doirasi yillar davomida kengayib borganligi, Birinchi jahon urushi arafasida ular 21 ta bo‘limda namoyish etilgani, tadbirkorlarda Evropa millati vakillari qatorida o‘nlab tubjoy aholi orasidan chiqqan dehqon, bog‘bon, tadbirkor, kustor hunarmandchilik korxonalari egalari ham ishtirok etganligi, ular orasidan mukofot va medallarga sazovor bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat muassasasi 2024-yil 15-fevral dagi 02-06-252-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rgazmalarda turli bo‘limlar orqali tovarlar namoyishi, xorijiy millat vakillari bilan birgalikda tubjoy ahali vakillari ham ishtiroki haqidagi tasavvurlarning kengayishiga xizmat qildi.
Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o‘tkazilgan ko‘rgazma va yarmarkalar asosan Turkiston Qishloq Xo‘jalik Jamiyati (1885), Turkiston Qishloq Xo‘jalik Tajriba Stansiyasi (1898) kabilar o‘lkadagi tadbirkor va ishbilarmonlar, hukumat a’zolari tashkilotchiligi ostida o‘tkazilganligi, Turkistondagi ichki ko‘rgazma va yarmarkalardan tashqari Umumrossiya, jahon yarmarkalarida Turkiston vakillari ishtiroki amalga oshirilgani ilmiy jihatdan dalillangani O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilganligini ma’lum qiladi. Natijada Savdo-sanoat palatasi ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazishda foydalaniladi.
Rossiya imperiyasi hukumatining ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishni rag‘batlantirishdan ko‘zlagan maqsadi Turkiston iqtisodiy imkoniyatidan yanada kengroq foydalanish, xomashyo va moddiy boyliklarni tashib ketishni ko‘paytirish, o‘lkada asrlar davomida o‘rnashib qolishdan iborat ekanligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilganligini ma’lum qiladi. Natijada Savdo-sanoat palatasi fondi ko‘rgazma va yarmarkalarni iqtisodiy hayotga ta’siri haqidagi ma’lumotlar bilan boyitildi.