Sultanov Sanjar O‘razalievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoati mashina va uskunalarini fizik-kimyoviy korroziyadan himoyalash uchun samarali resurstejamkor kompozision polimer materiallar va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/K201.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sadiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Babaev Tuyg‘un Mirzaaxmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tuxtaev Feruz Sadulloevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy vaamaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat sanoati mashina va uskunalarini fizik-kimyoviy korroziyadan himoyalash uchun samarali resurstejamkor kompozision polimer materiallar va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat ishlab chiqarish uskunalarini korroziyadan himoya qilish uchun antikorozion kompozision polimer qoplamalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan termodinamik jihatdan mos keladigan (epoksi-epoksipolimerlar) va mos kelmaydigan polimerlar (epoksipolietilen) orasida sodir bo‘ladigan reaksiya mexanizmlari asoslangan;
epoksi-epoksipolimer kompozision materiallardagi kimyoviy reaksiya mexanizmlarini asoslash orqali komponentlarning polimer matrisasiga sinergetik ta’siri va rezervuarlar, konteynerlar hamda boshqa oziq-ovqat uskunalarida qoplamani qo‘llash natijasida, ularning korroziyabardoshliligini 1,5 martaga oshirishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan antikorozion kompozision materiallarning fizik-kimyoviy, mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilanishi orqali sanoat uskunalarining ishlash muddatini uzayishi aniqlangan;
ingredientlarning turi, tarkibi va nisbati ta’sirini aniqlash orqali shakllantiruvchi antikorrozion kompozisiyaning «tarkib-tuzilish-xususiyat» kabi korrelyasion bog‘liqligi asoslangan;
rezervuarlar, idishlar va boshqa oziq-ovqat uskunalarini korroziyadan himoya qilish uchun korroziyaga qarshi qoplamaning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
kompozision polimer materiallar va ular asosida qoplamalar olishning ilmiy-uslubiy tamoyillari hamda epoksipolietilen va epoksi-epoksid kompozision polimer materiallar va ular asosida qoplamalar olishning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat sanoati mashina va uskunalarini fizik-kimyoviy ta’sir natijasida korroziyadan himoyalash uchun samarali resurstejamkor kompozision polimer materiallar va ulardan qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
antikorrozion kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarni olishning resurstejamkor texnologiyasi Sirdaryo viloyatidagi «Guliston ekstrakt-yog‘» AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moysanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 5 sentyabrdagi 13S/4-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chikilgan antikorrozion kompozision polimer materiallar va ular asosidagi koplamalarning fizik-kimyoviy, mexanik va korroziyabardoshlik xossasini 1,5 marta yaxshilash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan antikorrozion qoplamalar Sirdaryo viloyatidagi «Risqiboy-Mironshox» MChJ korxonasidagi uskunalarda antikorrozion qoplama sifatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moysanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 5 sentyabrdagi 13S/4-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada foydalaniladigan diarator baklari va metall konstruksiyalarining ishlash muddatini 2-2,5 marta oshirish imkonini bergan;
antikorrozion kompozision polimer koplamalar Sirdaryo viloyatidagi “Guliston ekstrakt - yog‘” AJ va “Riskiboy-Mironshox” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moysanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 5 sentyabrdagi 13S/4-311-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarda chigitni kayta ishlashda foydalaniladigan agressiv muxitda ishlaydigan bug kozonlarining va nasoslarning ishlash muddatini 1,5-2 baravarga oshirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish