Kodirova Zebiniso Nuridullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reproduktiv yoshdagi ayollar jinsiy a’zolarining takroriy yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash va davolashni takomillashtirish”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.1.PhD/Tib2352.
Ilmiy rahbar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollarda qin va bachadon bo‘yni takroriy yallig‘lanish kasalliklarini oldini olish, erta aniqlash, tashxislashni takomillashtirish va kasallik takrorlanishiga qarshi innovatsion davolash usullaridan foydalanishning klinik va patogenetik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qin va bachadon bo‘yni qaytalanuvchi yallig‘lanish kasalliklarining uchrash chastotasi ginekologik patologiyalarining 36,4%ni tashkil etishi, ular tarkibida 41,9% bakterial vaginoz, 23,6% genital kandidoz va 28,7% da BV va vaginitning birgalikda namoyon bo‘lishi, asosiy klinik belgilardan qindan ko‘p miqdorda hidli ajralmalar kelishi, 76% achishish, 54% jinsiy aloqa vaqtida og‘riqlar bilan kechishi isbotlangan;
takrorlanuvchi BV va vaginitli bemorlarning 94%da qin mikroflorasi mikrobiotsenozining buzilishi, 31,1%da shartli anaerob disbioz, 43%da anaerob disbioz va 20% da aralash disbioz turlarida kechishi aniqlangan, 80% ayollarda shartli patogen mikrofloraning (peptokokklar, stafilokokk, gemolitik va yashil streptokokklar, gardnerella, korinebakteriyalar) oshib borishi, lakta va bifidobakteriyalar miqdorining kamayishi xisobiga qin shillik qavati yuzasida 48%da antibakterial davoga chidamli bakterial plyonkalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
takrorlanuvchi BV va vaginitli bemorlarda yallig‘lanish, vaginal disbioz bilan birgalikda kechishida IFNγ (8,9%), TNFα (8,6%), IL-1β (24,6%), IL-8 (16,4%), IL-17A (8,3%) darajasining pasayishi va IL-10 ning (14,6%) ko‘tarilishi mahalliy immunitet faoliyatining buzilishi, hujayraviy, fagotsitar immun javobning pasayishi kasallikning surunkali kechishi va patologik qin ajralmalari sindromining rivojlanishi bilan isbotlangan;
patologik qin ajralmalari sindromi bo‘lgan bemorlar ayollarning hayot sifati va psixo-emotsional holatini Xanin-Spilbergerning takomillashtirilgan so‘rovnomasi asosida baholash natijasida ayollarning 40%da hayot sifatidan qoniqmaslik va 31-45 ball darajasida xavotirlik holatining rivojlanishi, ananaviy davolashdan so‘ng 12,8% ayollarda qin ajralmalari sindromi kursatkichlarining saqlanib qolishi bilan isbotlanagan;
takrorlanuvchi BV va vaginitli bemorlarni davolash uchun ishlab chiqilgan uch bosqichli kompleks antibakterial, disbiozga qarshi suppozitorlari va ul`ratovushli kavitatsiya davo usulini qo‘llash klinik ko‘rsatkichlarning 62% kamayishi, qin shilliq qavatlari mikrobiologik muxitining 95%, immunologik ko‘rsatkichlarning (p<0,01) me’yor ko‘rsatkichlari darajadasigacha tiklanishi va residivlar sonining 92% qisqarishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshdagi ayollar jinsiy a’zolarining takroriy yallig‘lanish kasalliklari tashxisi va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qin va bachadon bo‘yni qaytalanuvchi yallig‘lanish kasalliklarining uchrash chastotasi ginekologik patologiyalarining 36,4%ni tashkil etishi, ular tarkibida 41,9% bakterial vaginoz, 23,6% genital kandidoz va 28,7% da BV va vaginitning birgalikda namoyon bo‘lishi, asosiy klinik belgilardan qindan ko‘p miqdorda hidli ajralmalar kelishi, 76% achishish, 54% jinsiy aloqa vaqtida og‘riqlar bilan kechishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 09.08.2024 yildagi 118-sonli buyruq, Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika ginekologiya bo‘limida 20.08.2024 yildagi 1446-14-203-TV\2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/89-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Kasallik uzoq kechishi xavfi yuqori bo‘lgan ayollarni (3 yildan ortiq) ishlab chiqilgan xavf omillarining balli shkala orqali o‘z vaqtida aniqlash va patogenetik asoslangan shaxsiylashtirilgan kompleks davolash, menstrual va reproduktiv funksiyalarning asoratlarini minimallashtirishga va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qin va bachadon bo‘yni yallig‘lanish kasalliklarini surunkali kechishi va qaytalanishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni aniqlash, shakllantirishni amalga oshirish va patogenetik asoslangan harajatlarini va davolanish vaqtini qisqartirib, tashxislash va davolashga bo‘lgan yangicha yondashuvni joriy etish natijasida xarajatlar 1650000 so‘mni tashkil etgan, qaytalanishlar (yiliga 3-4 martadan ortiq) va takroriy davolash kurslarida bu xarajatlar 6600000 so‘mni tashkil etgan va 115 bemor uchun 189750000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: BV va vaginitning qaytalanishi, uzoq davom etishi, yuqori xavf guruhlarini shakllantirish uchun kasallikni aniqlash va so‘rovnomalardan foydalanish har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan 1720000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: takrorlanuvchi BV va vaginitli bemorlarning 94%da qin mikroflorasi mikrobiotsenozining buzilishi, 31,1%da shartli anaerob disbioz, 43%da anaerob disbioz va 20% da aralash disbioz turlarida kechishi aniqlangan, 80% ayollarda shartli patogen mikrofloraning (peptokokklar, stafilokokk, gemolitik va yashil streptokokklar, gardnerella, korinebakteriyalar) oshib borishi, lakta va bifidobakteriyalar miqdorining kamayishi xisobiga qin shillik qavati yuzasida 48%da antibakterial davoga chidamli bakterial plyonkalar hosil bo‘lishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 09.08.2024 yildagi 118-sonli buyruq, Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika ginekologiya bo‘limida 20.08.2024 yildagi 1446-14-203-TV\2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/89-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bakterial plyonkalarning turg‘unligiga hissa qo‘shadigan qin disbiozini o‘z vaqtida aniqlash, patogenetik asoslangan davolanishni amalga oshirishga va kasallikning takroriy kechishini oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: femoflor 16 PZR usulini joriy etish BV va vaginitning takrorlanuvchi shakllari yuzaga kelishining oldini olishda tekshiruv xarajatlari 115 nafar bemor uchun 59800000 so‘mni tashkil etgan, kech tashxis qo‘yish davolashda qo‘shimcha xarajatlar 209300000 so‘mni tashkil qilib, yangi tashxislash usulini joriy etish natijasida xarajatlarni 14900000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda qin kasalliklarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxislash natijasida 1 nafar bemor ayolga 1300000 so‘m miqdoridagi xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan:
uchinchi ilmiy yangilik: takrorlanuvchi BV va vaginitli bemorlarda yallig‘lanish, vaginal disbioz bilan birgalikda kechishida IFNγ (8,9%), TNFα (8,6%), IL-1β (24,6%), IL-8 (16,4%), IL-17A (8,3%) darajasining pasayishi va IL-10 ning (14,6%) ko‘tarilishi mahalliy immunitet faoliyatining buzilishi, hujayraviy, fagotsitar immun javobning pasayishi kasallikning surunkali kechishi va patologik qin ajralmalari sindromining rivojlanishi bilan isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 09.08.2024 yildagi 118-sonli buyruq, Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika ginekologiya bo‘limida 20.08.2024 yildagi 1446-14-203-TV\2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/89-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: kol`pit va servisitlarda mahalliy immunitet holatining xususiyatlarini aniqlash, o‘z navbatida mikrofloraning turg‘unligiga hissa qo‘shishi va kasallikning qayta rivojlanishiga imkon yaratadi, nomutanosiblik xolatlarini davolash kasalliklarning takrorlanishni bartaraf kilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tashqi jinsiy a’zolarning yuqumli va yallig‘lanish kasalliklarida mahalliy immunitet nomutanosiblik xolatlarini aniqlash usullarini qullash 115 nafar bemor uchun 569250000 so‘m tejashga imkon bergan. Xulosa: reproduktiv yoshdagi ayollarda tashqi jinsiy a’zolarning takrorlanuvchi yallig‘lanish kasalliklarida mahalliy immun tizimining faoliyati aniqlash usullarini qullash yallig‘lanish kasalliklarining takrorlanishini oldini olagan, bu esa har bir bemorga 720000 - 936000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: patologik qin ajralmalari sindromi bo‘lgan bemorlar ayollarning hayot sifati va psixo-emotsional holatini Xanin-Spilbergerning takomillashtirilgan so‘rovnomasi asosida baholash natijasida ayollarning 40%da hayot sifatidan qoniqmaslik va 31-45 ball darajasida xavotirlik holatining rivojlanishi, ananaviy davolashdan so‘ng 12,8% ayollarda qin ajralmalari sindromi kursatkichlarining saqlanib qolishi bilan isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 09.08.2024 yildagi 118-sonli buyruq, Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika ginekologiya bo‘limida 20.08.2024 yildagi 1446-14-203-TV\2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/89-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qin ajralmalari sindromi bo‘lgan bemorlar ayollarning o‘rganish asosida aniqlangan patologik o‘zgarishlarni bartaraf qilinishi bemorlarning turmush tarzining, xayot sifatining va davolash samaradorligini oshishiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tashqi jinsiy a’zolarning yallig‘lanish kasalliklarini davolashda kompleks hayot sifati va psixo-emotsional holatini aniqlash, davolash kompleksida ularni bartaraf etish, kasallikning qaytalanuvchi shakllarini kamayishiga va davolash samaradorligini oshishi bilan 115 nafar bemor uchun 569250000 so‘m tejashga imkon bergan. Xulosa: kompleks davolash yordamida BV va vaginitga chalingan ayollarni to‘liq davolash uchun har biri 1050000 so‘m o‘rniga 500000 so‘mdan 800000 so‘mgacha mablag‘ sarflangan, qin va bachadon bo‘yni takrorlanuvchi yallig‘lanish kasalliklariga chalingan ayollarni davolashda ishlab chiqilgan kompleks yondashuv xarajatlarni kamaytirdi va 1 bemor hisobidan 900000 so‘mdan 1150000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: takrorlanuvchi BV va vaginitli bemorlarni davolash uchun ishlab chiqilgan uch bosqichli kompleks antibakterial, disbiozga qarshi suppozitorlari va ul`ratovushli kavitatsiya davo usulini qo‘llash klinik ko‘rsatkichlarning 62% kamayishi, qin shilliq qavatlari mikrobiologik muxitining 95%, immunologik ko‘rsatkichlarning (p<0,01) me’yor ko‘rsatkichlari darajadasigacha tiklanishi va residivlar sonining 92% qisqarishi bilan isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bo‘yicha 09.08.2024 yildagi 118-sonli buyruq, Yashnobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika ginekologiya bo‘limida 20.08.2024 yildagi 1446-14-203-TV\2024-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/89-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: davolashda ul`tratovushli kavitatsiya usulidan foydalanish qin mikrobiomasidagi bakterial plenkalarni batamom yo‘q qilishi natijasida, kasallikning takrorlanishi bartaraf qilinishi, reproduktiv yoshdagi ayollarda ijtimoiy, sotsiologik jihatdan hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: takrorlanuvchi BV va vaginitli ayollarda ishlab chiqilgan tashxislash va davolash usulidan foydalangan holda olib borish, kasallik takrorlanishining yiliga 4-5 marotaba kamayishiga olib kelgan, bu esa o‘z navbatida 115 bemor uchun 7682000000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: takrorlanuvchi BV va vaginitli reproduktiv yoshdagi ayollarda ishlab chiqilgan tashxislash va davolash usullarini qo‘llash 1 bemor uchun 1780000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.