Rahmatov Alizot Axtam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali virusli gepatit B fonida kechuvchi o‘tkir o‘rta otitlarning klinik kechish xususiyatlari»,14.00.04– Otorinolaringologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD /Tib3498.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, professor Narzullaev Nuriddin Umarovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Xushvakova Nilufar Jo‘raqulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Jahongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatit V bilan kasallangan bolalarda o‘tkir o‘rta otitlarning klinik kechishi xususiyatlarini va immunitet sistemasining holatini o‘rganish, tashxislash, immun tizimi buzilishlarini bartaraf etish va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda surunkali virusli gepatit V kechishi og‘irligining turli darajalarida o‘tkir o‘rta otit klinik alomatlari aniqlangan;
quloqdan ajralayotgan mikrofloraning tarkibini hamda qonda jigarning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish va o‘tkir o‘rta yiringli otit rivojlanishida asosiy kasallikning axamiyati aniqlangan;
ilk bor, surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bo‘lgan bemor bolalarda immun statusining holatini o‘rganish hamda bemorlarda hujayra immun va sitokin ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor, immunoterapiyaning ratsional sxemalarini ishlab chiqish va immunokorrigirlovchi dori vositasining surunkali virusli gepatit V fonidagi o‘tkir o‘rta otit bilan kasallangan bolalarda immunitet etishmasligini davolashga ta’sir etishini baholash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 26 avgustdagi 05/07 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda surunkali virusli gepatit V kechishi og‘irligining turli darajalarida o‘tkir o‘rta otit klinik alomatlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otitlarni turli og‘irlik darajalaridagi kilinik alomatlarini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024 y.; №58), Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.06.2024 y.; №53 TV\1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: curunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan kasallangan bolalarning immun va sitokin profili holati immunokorreksiyadan keyin asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemor bolalarning tezroq sog‘ayib ketishi,bemor bolalarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bolalarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: curunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan zararlangan bolalarda kopleks terapiyaning qo‘llanilishi klinik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy funksiyalarning barqarorlashishiga va immun tizimini oshishiga yordam bergan. Bu esa bemorlarning statsionar davolash muddatini 3,9 kunga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: asosiy kasallikning o‘rtacha ogirlikda kechishiga ega bo‘lgan bemorlarning ustunligiga qaramay, asosiy kasallikning og‘ir kechishiga ega bo‘lgan barcha bemorlarda o‘tkir o‘rta otit eng yaqqol klinik belgilari va dispeptik belgilar kuzatildi, bu ko‘rsatkichlarning sezilarli farqlarini va tadqiqotning ishonchliligini ko‘rsatgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: quloqdan ajralayotgan mikrofloraning tarkibini hamda qonda jigarning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish va o‘tkir o‘rta yiringli iotit rivojlanishida asosiy kasallikning roli aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otitlarni turli og‘irlik darajalaridagi kilinik alomatlarini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangiligi amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024 y.; №58), Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.06.2024 y.; №53 TV\1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan kasallangan bolalarning immun va sitokin profili holati immunokorreksiyadan keyin asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemor bolalarning tezroq sog‘ayib ketishi,bemor bolalarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bolalarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan zararlangan bolalarda kopleks terapiyaning qo‘llanilishi klinik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy funksiyalarning barqarorlashishiga va immun tizimini oshishiga yordam bergan. Bu esa bemorlarning statsionar davolash muddatini 3,9 kunga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: surunkali virusli gepatit V fonida o‘tkir o‘rta otit bilan og‘rigan bemorlarning qulog‘idan olingan yiringning mikrobiologik tahlili qo‘zg‘atuvchilarning tur tarkibi bo‘yicha farq qilgan.Biroq, tadqiqotning ikkala guruhida ham patogen qo‘zg‘atuvchi St. aureus ustunlik qilgan, bu bolaning o‘zi tomonidan infeksiya yuqtirilganligini, natijada gigiena qoidalariga rioya qilinmaganligini ko‘rsatgan;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba, surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bo‘lgan bemor bolalarda immun statusining holatini o‘rganish hamda bemorlarda hujayra immun va sitokin ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlik isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otitlarni turli og‘irlik darajalaridagi kilinik alomatlarini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024 y.; №58), Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.06.2024 y.; №53 TV\1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan kasallangan bolalarning immun va sitokin profili holati immunokorreksiyadan keyin asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemor bolalarning tezroq sog‘ayib ketishi,bemor bolalarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bolalarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan zararlangan bolalarda kopleks terapiyaning qo‘llanilishi klinik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy funksiyalarning barqarorlashishiga va immun tizimini oshishiga yordam bergan. Bu esa bemorlarning statsionar davolash muddatini 3,9 kunga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: bolalarda immun statusining holatini o‘rganishda immun tizimining hujayraviy,gumoral va sitokin ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlik borligi o‘z isbotini topgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba, immunoterapiyaning ratsional sxemalarini ishlab chiqish va immunokorrigirlovchi dori vositasining surunkali virusli gepatit V fonidagi o‘tkir o‘rta otitga uchragan bolalarda immunitet etishmasligini tuzatishga ta’sir etishini baholash va algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otitlarni turli og‘irlik darajalaridagi kilinik alomatlarini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (25.06.2024 y.; №58), Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (22.06.2024 y.; №53 TV\1) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan kasallangan bolalarning immun va sitokin profili holati immunokorreksiyadan keyin asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemor bolalarning tezroq sog‘ayib ketishi,bemor bolalarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bolalarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali virusli gepatit V fonida rivojlangan o‘tkir o‘rta otit bilan zararlangan bolalarda kopleks terapiyaning qo‘llanilishi klinik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy funksiyalarning barqarorlashishiga va immun tizimini oshishiga yordam bergan. Bu esa bemorlarning statsionar davolash muddatini 3,9 kunga kamayishiga olib kelgan. Xulosa: bir kunlik statsionar davolanish narxi 320000 ni tashkil qiladi, bemorlarda yotok kunining kisqarishi hisobidan har bir bemordan 1248000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.