Suleymanova Ramziya Marsilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo'lajak informatika o'qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning raqamli-didaktik ta'minotini takomillashtirish”, 13.00.06 –Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8473.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Elmurzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning raqamli didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish vositalari sifatida qo‘llanadigan raqamli didaktik ta’minotni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari google.com, baidu.com, yandex.ru, ssyoutube.com raqamli axborot resurslari, Bandicam, Prezi, BookWidges, Wordwall, Simpleshow, Padlet rivojlantiruvchi maydon, Stepik, Skillbox, Gesourse, WebTutor raqamli ta’lim muhiti omillarining ta’limiy maqsadlarga mosligini tahliliy tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish samaradorligi raqamli didaktik ta’minotga integratsiyalangan model Stepik platformasidagi SAMR, IFRAME texnologiyalari, LTI protokoli va OAuth2 protokoli orqali shaxsiy axborot almashishning xavfsiz usullar mazmunini kengaytirish hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan kontentni yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi Wordwall, pazl-mozaika, video viktorina, «Pozisiyani egalla», «SIPOC», «Basket» interfaol metodlarini qo‘llash, axborotlarni qabul qilish, saqlash va uzatish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim subektlari ijodiy hamkorligini izchil rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli didaktik ta’minot asosida rivojlantirish samaradorligi kognitiv, axborotga-yo‘naltirilgan, innovatsion-rag‘batlovchi, raqamlashtirilgan-ijodiy mezonlar integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash, baholash ko‘rsatkichlarini tahliliy aniqlash hamda nazariy va amaliy jihatdan tayyorlanganlik mazmunini intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning raqamli didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish vositalari sifatida qo‘llanadigan raqamli didaktik ta’minotni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari google.com, baidu.com, yandex.ru, ssyoutube.com raqamli axborot resurslari, Bandicam, Prezi, BookWidges, Wordwall, Simpleshow, Padlet rivojlantiruvchi maydon, Stepik, Skillbox, Gesourse, WebTutor raqamli ta’lim muhiti omillarining ta’limiy maqsadlarga mosligini tahliliy tasniflash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Raqamli fotografiya” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-oktyabrdagi 11-05-5835/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish samaradorligi raqamli didaktik ta’minotga integratsiyalangan model Stepik platformasidagi SAMR, IFRAME texnologiyalari, LTI protokoli va OAuth2 protokoli orqali shaxsiy axborot almashishning xavfsiz usullar mazmunini kengaytirish hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan kontentni yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatika va raqamli texnologiyalar” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-oktyabrdagi 11-05-5835/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, raqamli platforma asosida kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi Wordwall, pazl-mozaika, video viktorina, «Pozisiyani egalla», «SIPOC», «Basket» interfaol metodlarini qo‘llash, axborotlarni qabul qilish, saqlash va uzatish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ta’lim subektlari ijodiy hamkorligini izchil rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Informatika va raqamli texnologiyalar” darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-oktyabrdagi 11-05-5835/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, talabalarning raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha raqamli va metodik ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini raqamli didaktik ta’minot asosida rivojlantirish samaradorligi kognitiv, axborotga-yo‘naltirilgan, innovatsion-rag‘batlovchi, raqamlashtirilgan-ijodiy mezonlar integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash, baholash ko‘rsatkichlarini tahliliy aniqlash hamda nazariy va amaliy jihatdan tayyorlanganlik mazmunini intensivlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Kompyuter grafikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-oktyabrdagi 11-05-5835/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga muvaffaq bo‘lingan.