Aytieva Sevara Allaberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etishning kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanish”, 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4606.
Ilmiy rahbari: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etishning kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiyotda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish” tushunchasini mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti, tadbirkorlik va aholi iqtisodiy manfaatlarining o‘zaro muvofiqligidan kelib chiqqan holda namoyon bo‘luvchi yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha talabga tez moslashuvchanligi xususiyatiga ko‘ra kichik biznesni transportning samarali tarkibiy qismini tashkil etishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
avtotransport xizmatlari bozorining beqarorligi va o‘zgaruvchanligi tavsifidan kelib chiqqan holda transport kompaniyalari faoliyati va bozor talablari o‘rtasidagi muvofiqlikk erishish, tashqi muhitga moslashtirish, yo‘lovchi va yuk tashish imkoniyatlarini hisobga olish va optimal foyda hajmini ta’minlash orqali kichik biznes toifasiga kiruvchi avtotransport korxonasi faoliyatining samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etishda kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanish darajasini oshirishda mazkur toifaga mansub bo‘lgan avtotransport korxonalarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish zarurligi asoslangan;
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yo‘lovchi va yuk tashish hajmlari 2030 yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishni tashkil etishning kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiyotda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etish” tushunchasini mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti, tadbirkorlik va aholi iqtisodiy manfaatlarining o‘zaro muvofiqligidan kelib chiqqan holda namoyon bo‘luvchi yuk tashish xizmatlari bo‘yicha talabga tez moslashuvchanligi xususiyatiga ko‘ra kichik biznesni transportning samarali tarkibiy qismini tashkil etishi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznesni baholash” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-avgustdagi 272-sonli buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha bozor talabiga tez moslashuvchanligi xususiyatiga ko‘ra kichik biznesni transportning samarali tarkibiy qismini tashkil etishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan iqtisodiyotda yuk tashishni tashkil etish tushunchasidan tarmoq va korxonalar faoliyat konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanish imkoni yaratilgan.
avtotransport xizmatlari bozorining beqarorligi va o‘zgaruvchanligi tavsifidan kelib chiqqan holda transport kompaniyalari faoliyati va bozor talablari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish, tashqi muhitga moslashtirish, yuk va yo‘lovchi tashish imkoniyatlarini hisobga olish va optimal foyda hajmini ta’minlash orqali kichik biznes toifasiga kiruvchi avtotransport korxonasi faoliyatining samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi avtotransport korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 16-yanvardagi 02-10-33-515-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik transport korxonalari faoliyatini bozor talablariga ko‘ra muvofiqlikka erishish, tashqi muhitga moslashtirish, yuk tashish imkoniyatlarini hisobga olish va optimal foyda hajmini ta’minlash orqali faoliyat samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.
O‘zbekistonda yuk va yo‘lovchi tashishni tashkil etishda kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanish darajasini oshirishda mazkur toifaga mansub bo‘lgan avtotransport korxonalarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish zarurligini asoslashga oid taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi avtotransport korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 16-yanvardagi 02-10-33-515-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik transport korxonalarida kichik tadbirkorlik shakllaridan foydalanish darajasini oshirishni ko‘zda tutish orqali avtotransport korxonalarini rivojlantirish strategiyalarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda optimistik, pessimistik va inersion ssenariylar asosida kichik biznes sub’ektlari tomonidan yuk hamda yo‘lovchi tashishning 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tarkibiga kiruvchi avtotransport korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 16-yanvardagi 02-10-33-515-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes sub’ektlari tomonidan yuk hamda yo‘lovchi tashish bo‘yicha uzoq istiqboldagi ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.