Muxamedov Qobiljon G‘ofurovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo asosida flokulyant va plostifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish, qo‘llash hamda xossalarini o‘rganish»,  02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T202.

Ilmiy maslahatchi: Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraximov   Saidakbar Abduraxmonovich, texnika  fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikromovich,  kimyo fanlari doktori, professor; Normetova Gul`nara Ro‘ziqulovna, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida flokulyant va plastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish, qo‘llash hamda xossalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«K-9» va «KO-1» poliektrolitlarini furanmetillash  yordamida aniq flokullash xossalarini namoyon etuvchi yangi «FEAP» ko‘p funksional amfoter flokulyantlar olingan;

yangi «FEAP» seriyali flokulyantlarni gal`vanik ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqava suvlarini og‘ir metall ionlari va mualliq zarrachalardan samarali tozalab suvning aylanma harakati yaratilgan;

furfurol ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan kub qoldiqlari va furfuril spirtini polikondensasiyalab yangi «VPFS» seriyali sirt-faol moddalar sintez qilinib, ularning tarkibi va plastifikatsiyalash xususiyatlari aniqlangan;

«VPFS» seriyali sirt-faol moddalarni bo‘r, gil tuproq, kremnezem va sement aralashmalarining suvli suspenziyalarining reologik parametrlari, agregativ barqarorligi va elektrokinetik xususiyatlarini optimal sharoitlari aniqlangan;

sintez qilingan  «VPFS» seriyali sirt-faol moddalarini mineral suspenziyalariga kiritilishi, immobillangan suvning ajralishi bilan cho‘kmani peptizatsiyalanishiga olib kelishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish va sanoat oqava suvlarini tozalash uchun sirt-faol moddalar hamda flokulyantlarning sintez texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

oqava suvlarini og‘ir metall ionlaridan tozalash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 03738, 2005 y.) Natijada oqava suv tarkibidagi Cr+6ni Cr+3gacha tiklash va flokulyantlar yordamida og‘ir metall gidrooksidlaridan tozalash imkoniyati yaratilgan;

kal`sinatsiyalangan soda olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04203, 2007 y.). Natijada talab me’yorlari asosida kal`sinatsiyalangan soda olish imkoniyati yaratilgan;

sanoat oqava suvlarini tozalash va yumshatish uchun sintez qilingan «FEAP» seriyali flokulyantlar «Qo‘ng‘irot soda zavodi» UKda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 30 avgustdagi 03-03/1-3808-son ma’lumotnomasi). Natijada flokulyantlar yordamida tarkibida og‘ir metall gidroksidlari bo‘lgan oqava suvlarning tozalash samaradorligini 85–92%gacha etkazish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish